Animatsion lavhalar yaratish


Virtual (виртуальный, virtual)



Yüklə 48,11 Kb.
səhifə16/18
tarix09.04.2023
ölçüsü48,11 Kb.
#95217
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Animatsion lavhalar yaratish

Virtual (виртуальный, virtual) - voqeiy bo’lib ko’ringan, biroq vazifalari boshqa moslamalar tomonidan bajariladigan funktsional moslama ta’rifi.
Web - server (web- сервер, web-server)
Web – hujjat (web- документ, web-dokument) - 1. Odatda, maxsus murojaat HTML (Hypertext Markup Language) tilidagi hujjat. Web - hujjat Umumjaxon tarmog’i asosini tashkil qiladi. Ular gipermatndan iborat bo’lib, foydalanuvchiga ajratib ko’rsatilgan so’z yoki jumlaga qaratib, ma’lumotlarni o’qish, hujjatning boshqa qismiga yoki ayni hujjat bilan gipermurojaat yordamida bog’langan boshqa web – hujjatga o’tish imkonini beradi. Web -hujjat, shuningdek, matn, tasvir, tovushlarni mujassamlovchi gipermuhit ma’lumotni ham o’z ichiga olishi mumkin. web –hujjatni ochish, ularni o’qish yoki aks ettirish Internet brauzerlari yordamida amalga oshiriladi. Web - hujjat tushunchasi « web-sahifalar» va « web-saytlar» tushunchalari bilan chambarchas bog’liq.
Web - sayt statistikasi (статистика web сайта , web) - saytlar egalariga saytda tashrifchilar soni, qaysi bo’limlar eng ko’p mashhur bo’lgan va boshqa narsalarni bilish imkonini beradi.
Web -sahifa nomi (название web-страницы, webpage title) - web – sahifani aynanlashtiruvchi tavsiflovchi matn. Ochiq sahifa nomi web - brauzeri oynasining sarlavha qatorida aks etiriladi.
Web-dastur (Web- приложения, Web-program) - Web-serverlarda ayrim amallarni avtomatlashtirish maqsadida qo’llaniladigan dasturiy vositalar. Dasturlar mijozserver arxitekturasida yaratiladi. Bunday dasturlarga: ISAPI, CGI, ASP, JSP, WAPlarni kiritish mumkin.
Web-interfeys (web- интерфейс, web-interface) - foydalanuvchiga web - brauzer orqali turli dasturlar bilan o’zaro ishlash imkonini beruvchi interfeys (masalan, o’z buyurtmasini boshqarish Internet do’konida yoki tarmoq printerini sozlash). Web - interfeyslarining qulayligi shundaki, ular bitta ofisda joylashmagan xodimlarga birgalikda ish yuritish imkonini beradi. Masalan, web - interfeyslar turli ma’lumotlar bazalarini to’ldirish yoki Internet OAV da materiallarni chop etish uchun ishlatiladi.

Yüklə 48,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin