Animatsion lavhalar yaratish



Yüklə 48,11 Kb.
səhifə14/18
tarix09.04.2023
ölçüsü48,11 Kb.
#95217
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Animatsion lavhalar yaratish

Modul (Модуль, Module) - biror o’quv materialini tashkil qiluvchi tarkibiy bo’laklar.
Monitor (Монитор, Monitor) yoki Displey (Displey, Display) – ekranda tasvirni aks ettiruvchi ixtiyoriy qurilma. Tasvir ekranda nuqtalarning yoritilishidan hosil qilinadi.
Offlayn (Оффлайн, Off-line) - tarmoqqa ulanmagan (avtonom) holatda ishlash tartibi.
Offlayn texnologiyalari (оффлайновые технологии, offline technologies) - ma’lumotlar va xabarlar almashuvida, sezilarli asinxronlikka yo’l qo’yadigan, axborot makonidagi xabarlar kommunikatsiyasi vositalari: tarqatish ro’yxatlari, yangiliklar guruhi, web-forumlar va h.q.
Onlayn (онлайн, online) - 1. On-line. Sizning Kompyuteringiz xost - tizim bilan ulangan marom, hamda Kompyuteringiz FTP-server, WWW-server, BBS va boshqa umumiy foydalanish mumkin bo’lgan tizim bilan ulanganda bevosita xizmatni taqdim qilish. O’zgacha qilib aytganda, foydalanuvchi bilan bevosita o’zaro aloqada ishlash maromi (foydalanuvchi talabnomalarini paket ishlash tizimlaridan farqli). 2. On-line (sifat). - elektron, tarmoqli nashrlarga, ma’lumotlar bazalariga nisbatan. Masalan, online magazine - tarmoq jurnali; - online documentation – tarmoq dasturining ichiga o’rnatilgan elektron shakldagi hujjatlar; online help – ichiga o’rnatilgan aytib turish.
Onlayn (Онлайн, On-line) - tarmoqqa ulangan holatda ishlash tartibi.
Onlayn texnologiyalar (онлайновые технологии, online technologies) - tarmoq axborot fazosida, haqiqiy vaqtda axborotni sinxron almashuvini ta’minlab beruvchi, xabarlarni kommunikattsiya vositalari: «suhbat kanallari» (chatlar), audio- va videokonferentsiyalar va boshqalar.
Oyna (Окно, Window) - ekranning to’g’ri to’rtburchak shaklida chegaralangan qismi bo’lib, unda dasturlarning ishlashi yoki jarayonlarning borishi ifoda etiladi. Windows operatsion tizimi muhitida bir vaqtda bir qancha oynalar bilan ishlash mumkin. Oyna bilan bajarish mumkin bo’lgan amallarga oynani yopish, bir joydan boshqa joyga ko’chirish, o’lchamini o’zgartirish, yig’ishtirish kabilarni kiritish mumkin.

Yüklə 48,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin