Forum (Форум, Forum) - saytda suhbatlashish uchun uskuna. Forumdagi xabarlar pochta xabarlariga nimasi bilandir o’xshash, ularning har biri muallifga, mavzuga va xususiy mazmunga ega. Ammo xabarni forumga yuborish uchun hech qanday qo’shimcha dastur kerak emas, shunchaki saytda tegishli shaklni to’ldirish kifoya.
Foydalanuvchi (Пользователь, User)- Kompyuterdan foydalanuvchi shaxs. Agar Kompyuter tarmoqqa ulangan bo’lsa, unga nisbatan tarmoq foydalanuvchisi termini ishlatiladi.
Foydalanuvchi profili (Профиль пользователя, Structure of the user) - Kompyuter foydalanuvchisi kiritgan parametrlarni saqlovchi fayl. Bu parametrga ishchi stolni va tarmoqni sozlovchi ma’lumotlarni, dasturlarning shaxsiy parametrlarini kiritish mumkin.
Foydalanuvchining lokal shakli (Локальный профиль пользователя, Local structure of the user)- foydalanuvchi tomonidan birinchi marta ishchi stantsiyaga yoki serverga murojaat qilinganda Kompyuter tomonidan avtomatik tarzda hosil qilinadigan avtorlashtirilgan yozuv.
HTML tili (Язык NTML, Language HTML)- Web-sahifalarni yaratishda keng qo’llaniladigan til.
Infraqizil nur (Инфракрасный луч, Infra-red beam) - qizil yorug’likning to’lqin uzunligidan katta to’lqin uzunlikka ega bo’lgan nur. Bu nur qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilmalar yordamida tarqatiladi va qabul qilinadi.
Lokal foydalanuvchi (Локальный пользователь, Local user)– tarmoqqa ulanmagan Kompyuter foydalanuvchisi. Ko’p holatlarda lokal foydalanuvchi deyilganada uyda Kompyuter bilan ishlovchilar tushuniladi.
Lokal Kompyuter (Локальный компьютер, Local computer) – foydalanuvchi tomonidan tizimga ortiqcha cheklashlarsiz (masalan, lokal tarmoqqa yoki global tarmoqqa kirish) kirish mumkin bo’lgan Kompyuter. Bu Kompyuterga xos xususiyat unda kommunikatsion liniya, modem yoki tarmoq kartasi ishlatilmaydi.
LMS (Learning management system)Ўқитишни бошқарувчи тизим (ЎБТ) - Веб муҳитида ўқув жараёнини ташкиллаштириш, бошқариш имкониятини берувчи вебга йўналтирилган дастурий мажмуа ҳисобланади. (Moodle, BlackBoard, eStudy ва бошқа тизимлар)
tekshirish uchun foydalaniladigan jarayon. Masalan, olingan ma’lumotlarning yuborilgan ma’lumotlar bilan bir xilligini tekshirish; dasturning virusdan zararlanmaganligini tekshirish.