Mehribonlik uylari - yetim va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalar uchun davlat tomonidan ochilgan ta’lim tarbiya muassasasi. Yetim yoki qonuniy vasiylar qaramog’ida bo’lmagan bolalar, ota-onalari sud hukmi bilan otaonalik huquqidan mahrum qilingan, otaonalari voz kechgan bolalar uchun tashkil qilingan. Mehribonlik uylarida 3 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan sog’lom bolalar yashashi va tarbiyalanishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi. Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilarni o’qitish va boqish to’la davlat ta’minoti asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Mehribonlik uylari 3—7 yoshli bolalar uchun bolalar botasi tartibida, 7—16 yoshli bolalar uchun umumiy o’rta ta’lim maktabi tartibida ishlaydi hamda maktab ta’limtarbiyaviy dasturiga muvofiq ish olib boradi. Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilarning maktab o’quv dasturini to’liq o’zlashtirishlari, ularning mehnat ko’nikmalarini shakllantirish va mustahkamlash, jismoniy kamol topishlari, axloqiy hamda estetik tarbiya olgan barkamol shaxslar bo’lib yetishishlari ta’minlanadi. Shuningdek, yuqoridagi maqsadlarga qaratilgan ma’naviy ma’rifiy, madaniy-ommaviy tadbirlar olib boriladi.
Mehribonlik uylari O‘zbekistonda dastlab 1918 yil yetimxonalar asosida bolalar uyi nomi bilan tashkil etilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida jangchilarning bolalari uchun maxsus bolalar uylari ochilib, ularda Ukraina, Belorussiya, Litva, Latviya, Estoniya, Moskva, Leningrad va boshqa shaharlardan keltirilgan bolalar tarbiyalandi. Mustaqillik yillarida Xalq ta'limi vazirligi tomonidan "Bolalar uylari" Mehribonlik uylari deb nomlana boshlandi. 2002 yil O‘zbekistonda 27 Mehribonlik uylari ishladi, ularda 3650 bola tarbiyalandi. O'zbekiston Respublikasi Farg'ona viloyati Marg'ilon shahrida joylashgan 1-sonli Mehribonlik uyi ham 1924 yilda tashkil topgan
Kurs ishining maqsadi:Mеn o`z kurs ishimda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchlari bilan olib boriladigan pedagogik faoliyat va uning o`ziga xosliklari haqida umumiy tushuncha bеrishni va pedagogikani chuqurroq o`rganishni o`z oldimga maqasad qilib qo`yaman.