Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat va uning o`ziga xosliklari
ijtimoiy adaptatsiya deyiladi. Muayyan mikro ijtimoiy muhitda (ish, oila va
boshqalar) insonda u yoki bu ijtimoiy sharoitlarga adekvat yurish-turish
jihatlari paydo b o ’ladi. Ijtimoiy adaptatsiyada eng muhim rolni miya po’stlog'i
bajaradi.
Ijtimoiy adaptatsiyadagi ruhiy faoliyatning kuchayib ketishi yoki odativ
yurish-turish shakllarini o ’zgartirish zaruriyati yuzaga kelgan qizg’inlik
sabablari hisoblanadi. Ijtimoiy adaptatsiyaning muvaffaqqiyatli kechishi uchun
markaziy nerv tizimi hujayralarining chidamlilik darajasi, nerv jarayonlarininq
kuchi muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiy adaptatsiya imkoniyatlari faqatgina tu g ’ilgandan so'ng rivojlanadi, oliy nerv faoliyati tizimi rivojidan ajralmas hisoblanadi.
B o la dunyoga kelgach, inson tomonidan yaratilgan muhitga tushadi
Kattalarning ta ’siri va shaxsiy faoliyat natijasiga bolada shu muhitga nms
tushuvchi yurish-turish reaktsiyalari paydo b o ’ladi. Turli yosh davrlariiln
bolalar va o ’smirlar mikro ijtimoiy muhit o ’zgarishlariga duchor kelishadi vn
bu o ’zgarishlar ularning yurish-turishiga ta ’sir k o ’rsatadi.
Ijtimoiy pedagogning bolalar uyidagi faoliyati bolani ijtimoiy munosabatlarga q o ’shish va uning boshqalar muomalasini kengaytirish, insoniy munosabatlarga kirishish qobiliyatini rivojlantirishga y o ’naltirilgan bo’lishi kerak. Ijtimoiy pedagog go’daklar uyi tarbiyachilari va boshqa xodimlari bilan yaqin hamkorlik yuritib, bolalarda ijtimoiy adaptatsiya qobiliyatini rivojlantirishning metodlarini bilishi lozim.
Go’daklar uylarida tarbiyalanayotgan bolalar o’z adaptatsion mexanizmlari bilan mashg’ulot o ’tkazish uchun kamroq imkoniyatlarga egalar,demak ularda ijtimoiy k o ’nikish darajasi ham ancha past. SHuning uchun o ’zgargan sharoitlarga o ’tish ular uchun qiyin omil hisoblanadi. Ustiga ustak g o ’daklar uyi bolalari og’irlashgan biologik va ijtimoiy anamnezga egalar,ularning rivojlanishi va so g ’Iigi k o ’rsatkichlari ham doimo optimal emas. Bu jihatlar ham markaziy nerv tizimi ishchanligini tushiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar funktsional tizimning ko’pgina tarkibiy
qismlarining xomligi xarakterli bo’lib, bu ularda adaptatsion mexanizmlar
tizimida qizg’inlik holatlarini tez paydo b o ’lishiga sabab bo’ladi. Go’daklar uyi bolalari esa ruhiy stress holatiga juda oson tushishadi.
Adaptatsiyaning barcha shakllarini o ’rganish bolaning yangi muhit
sharoitlariga k o ’nikishi bosqichlarini, shuningdek adaptatsion bosqichning
murakkabligi darajasini belgilovchi omillarni aniqlash imkonini berdi.