Annotasiyasi


Muammoning o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə8/29
tarix17.09.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#144666
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
yulduz dessertatsiya ohir

Muammoning o‘rganilganlik darajasi
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib, ta’limning samaradorligni ko‘tarishga xorij tajribalariga tayangan holda ta’lim samaradorligiga erish yo‘llariga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilganda pedagoglar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib,tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. Pedagog bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoityaratadi. Shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchi vazifasini bajaradi. Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim-tarbiya tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslarga aylanadi. Shuning uchun ham maktabgcha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari-interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotida barcha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorgarlik monitoringi, o‘sib kelayotgan yosh avlod bilimli va yetuk malakaga egaligini ta’minlaydi. Respublikamizda bu vazifalarni hal qilish borasida bir qator ilmiy-tadqiqot o‘quv-pedagogik, uslubiy va dasturiy ishlar amalga oshirilgan, N.N.Azizxo‘jayeva, J.G‘.Yo‘ldoshev, R.Ishmuhamedov, G.M.Kodjaspirova, A.K.Klarin, T.P.Salnikova, N.Saidahmedov, U.Tolipov, M.Usmonboyeva, E.Yu.Yusupov, M.M.Xayrullayev, M.G.Davletshin, A.Q.Munavvarov, M.O.Ochilov, O.Musurmonova, O.T.To‘rayeva, K.H.Xoshimov, .X.Temurova, O.Xasanboyeva, U.Mahkamov, T.Qurbonov. M.X.Umarova maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda innovatsion texnologiyalar ustida ko‘plab ishlar olib brogan.M.Ochilov, K.Hoshimov, R.H.Jo‘raev, O.Musurmonova, S.Nishonova, U.I.Mahkamov, M.Inomova, M.Quronov, S.Ochilov, N.O.Ortiqov, SH.T.Xalilova, N.M.Egamberdieva, SH.S.SHodmonova, Q.Quronboev, SH.Olimov, G.Maxmutova, N.N.Djamilova kabi olimlar ta’limning turli bosqichlarida tarbiyalashning pedagogik asoslarini, P.Yusupova, R.M.Qodirova, D.Abduraҳimova, X.B.Tulenova, D.R.Boboeva, V.I.Loginova, P.R.Samorukova, V.I.Yadeshko, F.A.Soxina, G.X.Jumasheva, X.I.Kasqmova, M.SH.Rasulova, M.A.Solihova, K.S.SHodieva, SH.A.Sodiqova va boshqalar tomonidan maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatining mazmuni, maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy, jismoniy va psixologik jihatdan tarbiyalash, ularda muomala madaniyati va nutq ko‘nikmalarini hosil qilish, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash muammolari tahlil etilgan. Maktabgacha ta’lim jarayoni sifat va samaradorligining o‘zi ham maxsus tadqiq qilinmagan. O‘tgan asrning 90- yillari T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITIning ilmiy hodimlari O.L. Rnyazeva, M.Rasulova, R.B. Stirkina, E.G. Yudinaning Maktabgacha ta’lim standartiini, so‘ngra maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan ishlari e’lon qilingan bo‘lib, sifat ta’lim jarayonida tadbiq qilinishi bola rivojlanishini ta’minlaydigan psixologik- pedagogic shart- sharoit va talablar konteksida ko‘rib chiqilgan. Mualliflar bunday shartlarga ta’lim dasturlari pedagogning chuqur bilimga ega ekanliklari, birinchi navbatda uning bolalar, predmet- rivojlantieruvchi muhit bilan shaxsiy- mo‘ljalli o‘zaro munosabatlarini kiritganlar. Keyinroq bir qator olimlar ( T.I. Aliyev, K.O. Beliy,L.A. Paramonov, M. Rasulova va boshqalar ) maktabgacha ta’lim sifatini uning protsessual va natijaviy tarkiblari birinchi marotaba va keng tushunishga asoslangan chiqishlari e’lon qilindi. 2008- yilda esa P.R. Qodirova, R.M.5 Qodirova F.N.Vohobovalar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim konsepsiyasi” ishlab chiqildi. Barcha mualliflar maktabgacha ta’lim sifatini faqatgina uning psixologik- pedagogic nuqtaiy nazaridan ko‘rib chishganlarini qayd etish qiyin emaski, bu u haqdagi tushunchani yaxshi shakllantirish uchun yetarli emas. Unga nafaqat psixiologiya, pedagogika, falsafa, satsialogiyaa, boshqaruv fanlariga oid fanlarning integratsiyalashuviga asoslangan fanlararo yondashuviga sharoitida erishish mumkin.Shu jihatlarni e’tiborga olgan holda biz magistrlik tadqiqot ishimizni “Maktabgacha ta’lim tizmida ta’lim samaradorligini oshirishda xorijiy tajribalarini o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish” deb oldik.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin