Annotasiyasi



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə20/29
tarix17.09.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#144666
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
yulduz dessertatsiya ohir

Kibernetik yondashuv- obyektning vaqt makonida turli holatlarda mavjud bo‘lishi holatiga asoslangan, bu uni dinamik aspektda ko‘rib chiqishga imkonberadi.
Tizimiy yondashuv - murakkab obyektlarni bilishning aniq-ilmiy texnologiyaologiyasi sifatida namoyon bo‘lishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayoni sifati va samaradorligi muammosiga tatbiqan tizimiy yondashuv quyidagilarni keltirib chiqaradi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim jarayonini murakkab tizim sifatida tadqiq qilish; uning tarkibidan ajratish; uning tuzilmasini tashkil qiluvchi ichki aloqalarni, tashqi muhit bilan o‘zaro hamjihatligining xususiyatlarini belgilash; unga xos bo‘lgan fazilatlarni aniqlash va uning aniq bahosini belgilashni ta’minlash darajasigacha qayta tuzish; uni tashkil qiluvchi xususiyatlarni baholash va aksincha, xususiyatlar bahosini uning yaxlit tavsifi orqali ko‘rib chiqish. Ta’lim jarayonini uning shakllanishi va rivojlanishi sharoitlari kontekstida bilish, bu maktabgacha ta’lim tashkilotining sifatni ta’minlovchi tashkilot sifatidagi salohiyatini tasniflashdir.
Sifatni takomillashtirishni ochiq tizim sifatida kо’rib chiqish, u tashqi muhit bilan o‘zaro hamjihatlikda bo‘ladi; ta’lim sifatiga erishish vazifalarini hal qilish uchun zarur bo‘lgan o‘zaro bog‘liq va boshqaruv jarayonini tashkil qiluvchi harakatlarning (funksiyalarning) mavjudligi bilan ifodalanadi;
Tizimiy-genetik yondashuv - tizimning rivojlanishidagi uzviylik mexanizmlarini ko‘rsatib beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim jarayoni sifati va samaradorligi muammolarini tadqiq qilishda tizimiy-genetik yondashuvning quyidagi qoidalari alohida ahamiyatga molikdir: Tashkil etish va boshqarishning dualligi qonunida aks o‘tgan tizimning evolyusiyasidagi (barqarorlik va o‘zgaruvchanlik) lkki tomonlama mexanizmni e’tirof qilishdir.
Sinergetik yondashuv- tashkil etilishi murakkab bo‘lgan dinamik tizimlarning o‘zini-o‘zi tashkil etish va rivojlantirish qonuniyatlar asoslanadi. Bunday yondashuv ochiq tizimlarning (jumladan, ijtimoiy-pedagogik tizim sifatida inson, maktabgacha ta’lim tashkilotining) hayotiy faoliyati mohiyatini ochib beradi, o‘zini-o‘zi tashkil etishi hisobidan tashqi muhit bilan ularning faol hamkorlik qilishida yuzaga chiqadi.Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim sifatini takomillashtirish mexanizmini tushunish uchun maktabgacha ta’lim tizimlari faoliyat ko‘rsatishining o‘ziga xosligini hisobga olib, aniqlashtirilgan sinergetik yondashuning qoidalari ham muhim asosga egadir.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin