Annotasiyasi



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə22/29
tarix17.09.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#144666
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
yulduz dessertatsiya ohir

Kvalimetrik yondashuv - sifatni o‘lchashning prinsipial muhimligini asoslaydi hamda o‘lchash-baholash funksiyalarining mazmuniga va usullariga talablarni qo‘yadi va baholaydi. Birinchi navbatdabola shaxsini har tomonlama rivojlantirishga yordam beruvchi shart-sharoitlarni baholashga qaratiladi.
Vaziyatli yondashuv- aniq vaziyatga qarab, ya’ni mazkur payt davrida tashkilotning amal qilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi umumiy holatdan kelib chiqib, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uning negzi bo‘lib, bunda ta’lim jarayoni sifatiga ta’sir qiluvchi asosiy tashqi va ichki omillarni aniqlashdan iboratdir.
3.2-§ Tajriba-sinov ishlari natijalarining samaradorligi tahlili
Pedagogik adabiyotlarda bu yo`nalishdagi ilmiy –tadqiqot ishlarini olib borishda asosiy e`tibor tatbiq etilayotgan muammoning amaliy jihatlarining yoritilishiga qaratilishi zarurligi ta`kidlab o’tiladi. Darhaqiqat ,har qanday pedagogik jarayon o`z mohiyatiga ko’ra pedagog hamda ta’lim oluvchi o’rtasida yuzaga kelib, o’zida ta’lim va tarbiyaviy xuxusiyatlarni namoyon etadi, hamda amaliy faoliyat mazmunini yoritadi. Nazariy pedagogik g`oyalar aynan ta`lim yoki tarbiya jarayonining mohiyatini amaliy o’rganish, tahlil etish va umumlashtirish asosida shakllanadi.Yosh pedagoglarda kasbiy kompetentligni shakilantirish muammosini tadqiq etish bo`yicha tajriba sinov ishlarini olib borishdа so’rovnomа, suhbаt, pedаgogning o'z-o'zini аnglаsh metodikаsi, hаmdа test metodidаn foydаlаngаn holdа ishlаr olib bordik. Ushbu tаjribа ishimiz uchun quydаgi tаjribа sinov ishi dаsturni tuzib oldik:
Tаjribа-sinov ishi dаsturi
I. Tаrbiyаchilаr bilаn suhbаt.
II. So‘rovnomаlаr o’tkаzish.
III. Seminаr-treninglаr.
IV. Mаxsus metodikа
V. Tаrbiyаchilаr bilаn test sinovi ( tаjribа-sinov ishi boshi hаmdа yаkunidа)
Tаjribа-sinov ishi dаsturidа tаrbiyаchilаrning kаsbiy kompetentligini shаkllаntirishgа yo’nаltirilgаn tаjribа-sinov ishlаrini tаshkil etishdаn ko’zlаngаn mаqsаd, bu borаdа hаl etilishi ko’zdа tutilgаn vаzifаlаr, tаjribа-sinov ishlаrining tаshkil etilish bosqichlаri, hаr bir bosqichning mаqsаdlаri, ulаrning nаzаriy tаhlilini o’tkаzilish kаbi holаtlаr o’z ifodаsini topdi.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin