Mahorat- shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati. Biror sohadagi moslashuvchan ko‘nikma va ijodkorlik asosida hosil bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalarning yuqori darajasi, kasbiy mohirlik. Biror faoliyat sohasidagi yuqori darajada egallangan bilim, ko‘nikma, malakalarni amaliyotda yuqori sifat va samaradorlik bilan qo‘llash.
Muammoli vaziyat – hayotdagi yoki o‘quv jarayonidagi vaziyat bo‘lib, u mashaqqat bilan hal qilinadigan masala tufayli yuzaga keladi.
Odat – kishining ma’lum e’tiqodlar, qadriyatlar yoki axloqiy meyorlardan kelib chiqib, amalga oshiradigan ongli faoliyati.