Annotatsiya



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə57/81
tarix11.05.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#57513
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   81
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a

Pedagogik texnologiya– «ishlab chiqarish» natijasi «mahsuloti» - ma’lum malakaga ega bo‘lgan mutaxassis tayyorlash uchun ilmiy asoslangan didaktik jarayonni amalga oshirish, ya’ni o‘qitish jarayonini qo‘yilgan maqsadga ko‘ra izchil ketma-ketlikda turli vosita, metodlarni qo‘llash orqali samarali ta’lim natijasiga erishishning ishonchliligini ta’minlovchi, kafolatlovchi pedagogik faoliyat.

Pedagogik faoliyat – ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatning alohida turi.

Tarbiya – 1. Bolani boqib, ta’lim berib katta qilish, voyaga yetkazish uchun qilinadigan mehnat va g‘amxo‘rlik.

2. Ish-hunar, odob-axloq o‘rgatishga va umuman kishining g‘oyaviy va ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan ta’lim tizimi.

3. Parvarish, qarov: 1) tarbiyalab katta qilmoq, voyaga yetkazmoq, o‘stirmoq, ulg‘aytirmoq; 2) ilm-hunar bermoq, odob-axloq o‘rgatmoq, tarbiyalab biror xislat-fazilatni singdirmoq; 3) parvarish qilmoq.

Ta’lim – 1) shaxsning jismoniy va ma’naviy shakllanishining yagona jarayoni, ijtimoiy etalonlarning ijtimoiy ong sifatida u yoki bu darajada qayd qilingan, tarixan shartlangan ideal timsollarga ongli yo‘naltirilgan ijtimoiylashish jarayoni;

2) muayyan bilimlarni egallash g‘oyaviy-axloqiy, qadr, malaka, ko‘nikma, axloq meyorlariga qaratilgan jamiyat a’zolarining ta’lim va tarbiyasi vazifasini bajaradigan nisbiy mustaqil tizim;



3) o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin