Annotatsiyasi: O’simliklar dunyosining xar bir turi vakillarida bo’lganidek, qishloq ekini bodiringning xam zararkunanda, kasallik va begona o’tlardan ximoya qilish dolzarb mavzu xisoblanadi



Yüklə 216 Kb.
səhifə3/5
tarix22.09.2023
ölçüsü216 Kb.
#147009
1   2   3   4   5
BODIRINGNING ZARARLI ORGANIZMLARIGA QARSHI

Anatatsiya: Qishloq xo’jalik ekinlarini himoya qilish sohasida katta yutuqlarga erishilganligiga qaramay hali ham hosilni zararkunanda va kasalliklar ta’siridan ko’p qismi nobud bo’lmoqda. Jahon adabiyotdagi ma’lumotlarga ko’ra qishloq xo’jalik ekinlarida 70 mingdan ortiq turdagi hasharot va kanalar turkumiga mansub zararkunanda organizmlar uchraydi. shuningdek, sabzavot ekinlarida ham zararli organizmlarni yuzlab turlari uchrashi aniqlangan. Bulardan o’simlik bitlari, o’rgimchakkanalar, oqqanotlar, ashaddiy zararkunandalar hisoblanadi va o’simliklarga zararning asosiy qismini shular keltiradi.
Respublikamiz issiqxonalarida keyingi yillari bodring o’simligida bir necha turdagi zararli hasharotlar rivojlanib yetishtirilayotgan hosilning miqdori va sifatiga katta salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Ularning tur tarkibi va tarqalishi hamma issiqxonalarda bir xil emas. Ba’zi issiqxonalarda karadrina tarqalgan bo’ lsa, aksincha boshqa yerlarda oqqanot, shira hamda o’rgimchakkana tarqalgan. Zarakunandalarning zararlash darajasini ortishini oldini olishda, uning miqdorini ekinlar hosiliga putr yetkazmaydigan holatda saqlab turadigan omillardan biri va eng asosiysi, u tarqalgan yoki tarqalish xavfi bo’ lgan maydonlarda ularning turlarini bilish muhim ahamiyatga ega.
O’simlik bitlari(Aphididae) issiqxonalardagi sabzavot ekinlarining asosiy zararkunandalaridan hisoblanadi. Ko’p yillik tadqiqotlarga asoson issiqxonalarda 4 turdagi: Aphis craccivora Koch., A.gossypii Glow., Hyalopterus pruni F., Myzus persicae Sulz. o’simlik bitlari uchrashi aniqlangan. Issiqxonalarda o’simlik bitlarining zarari bodring ekinida boshqa ekinlarga nisbatan yuqori bo’ lganligi kuzatilgan. Bodringda Aphis craccivora Koch va A.gossypii Glow turlari dominant hisoblangan O’simlik bitlari barglar shirasini so’radi buning oqibatida poya va ildizlardagi uglevodlar miqdori keskin kamayib ketgan. Qattiq zararlangan barglarning shakli o’zgargan va buralib qolgan. Bundan tashqari barglarda hosil bo’lgan shiralarda saprofit zamburug’ lar rivojlanib o’simliklar rivojlanishini susaytirgan, ba’zi hollarda esa o’simlik butunlay qurib ham qolgan. Zararlangan o’simliklardagi hosil 30-51% gacha kamayishi mumkin.
O’simlik bitlari chala o’zgarish yo’ li bilan rivojlanuvchi hasharot bo’ lib, butun mavsum davomida tirik lichinka tug’ ib ko’payadi. Faqat qishlashda tuxumlik fazasida (poliz yoki g’o’za bitidan tashqari) bo’ ladi. Bu zararkunandalar ochiq sharoitda, bir yilda 26 martagacha nasl beradi. Havo haroratiga qarab bitlarinig bir avlodi rivojlanishi uchun 3-20 kun kerak bo’ladi. Har bir urg’ochi bit o’z hayotida 150 tagacha lichinka tug’adi.
Issiqxonalarda o’simlik bitlariga qarshi kurashish uchun biologik himoya vositalaridan oltinko’z va yirtqich gallisaning ahamiyati kattadir. Ularni laboratoriyada ko’paytirish va qo’llash bo’yicha Rossiyada bir qancha ilmiy ishlar bajarilgan. Respublikamizda o’simlk bitlariga qarshi yirtqich gallisa Aphidoletos aphidimyza Rond. qo’ llash bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar oxirigacha yetkazilmagan. Oltinko’z entomafagini issiqxonalarda shiralarga qarshi qo’ llash bo’yicha tadqiqotlar umuman olib borilmagan. Yuqoridagilarni e’tiborga olib biz o’simlik bitlariga qarshi issiqxonalarda bodring o’simligida Aphidoletos aphidimyza Rond. ni hamda oltinko’z Chrysoperla carnea Sterh. ni qo’llashni istiqbollari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini o’rganishni maqsad qilib oldik.

Yüklə 216 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin