yozilgan topshiriqlarni bajarish vaqti kelganida ularni birinchi betlarga olib qo‘yasiz.
Topshiriqni bajarib bo‘lishingiz bilan stikerni olib tashlaysiz va keyingi topshiriq yozilgan
stikerni
birinchi betga yopishtirib, bajarishda davom etasiz.
Birorta topshiriqni bajarib
bo‘lganingizdan keyin bloknotning orqa tarafiga yopishtirib qo‘yib,
kechqurun ularni
sarhisob qilishingiz, nechta topshiriq bajarganingizni belgilab olishingiz mumkin.
Avvalroq
aytganimizdek, biz bu yerda energiyani markaziylashtirib olyapmiz. Shu
bois siz topshiriqlaringizga vaqt belgilashingiz yoki ketma-ketlikda
yozishingiz shart
bo‘lmaydi. O‘zingizning fiziologik holatingizdan kelib chiqqan
holda topshiriqlardan
birortasini tanlab, bajarishni boshlaysiz. Endi topshiriqlarni qanday qilib to‘g‘ri
yozish
haqida gaplashamiz.
Dostları ilə paylaş: