Antidangasalik


“Pomodoro” texnikasining ishlash algoritmi



Yüklə 346,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/29
tarix14.12.2023
ölçüsü346,18 Kb.
#179520
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Antidangasalik

“Pomodoro” texnikasining ishlash algoritmi 
Tashqi omillarni yo‘qotish
Deylik, siz ingliz tili bilan shug‘ullanmoqchisiz. Ishni boshlashdan oldin imkon bo‘lsa,
alohida bo‘sh xonaga o‘tish talab qilinadi. Agar imkon bo‘lmasa, atrofdagilarni sizga xalal
bermasliklari haqida ogohlantiring. Faqatgina o‘zingiz shug‘ullanmoqchi bo‘lgan darsliklar
bilan qoling. Barcha chalg‘ituvchi vositalar (telefon, televizor va h. k.)dan uzoqlashing. 
O‘zingiz bilan bitta taymer oling. Nega tashqi omillarni yo‘qotish bunchalik muhim,
deyishingiz mumkin. Kaliforniya Irvayn universitetida
28
o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga
qarasak, inson ma’lum ish bilan shug‘ullanayotgan vaqtda uni bir marta chalg‘itishsa, u
yana shu ishga fikrini jamlashi uchun taxminan 23 daqiqa-yu 15 soniya vaqt kerak bo‘lar
ekan. Shu bois sizda chalg‘ituvchi vositalar va multitasking bo‘lmasligi zarur.
Ishni rejalashtirish
Ishni boshlashingiz uchun hamma narsani tayyor qilib qo‘yasiz.
Taymerni 25 daqiqaga yoqish
Taymerni 25 daqiqaga sozlaysiz. Keyin o‘zingizga ovoz chiqarib aytasiz: “Men hozir
25 daqiqa ishlayman va dam olaman”. Taymerni bosishingiz bilanoq rejalashtirgan
ishingizni bajarishga kirishasiz. Bor diqqatingizni bajarayotgan ishingizga qaratishga
harakat qilasiz. Taymer orqaga ketayotganini ko‘rib turganingiz yaxshi. Sababi, orqaga
ketuvchi vaqt inson psixologiyasi sababli sizni tezroq harakatlantirishga undaydi.
37 


Taymer signaligicha to‘xtamay ishlash
5 daqiqa dam olish
Taymer signalidan so‘ng siz taymerni bu safar 5 daqiqaga sozlab, dam olishni
boshlaysiz. Dam olish jarayonida yuqorida aytib o‘tilgan chalg‘ituvchi vositalarning
birortasidan ham foydalanmaslik talab qilinadi. Bu jarayonda miyangiz yo‘qotilgan
energiyani to‘plashi zarur. Shuning uchun hech narsa qilmasdan, shunchaki o‘tirish yoki
yotish talab qilinadi.

Yüklə 346,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin