Ekranda tungi va o‘qish
rejimi
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
2 daqiqa hech narsa qilmaslik
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
Qarmoqlar metodini bajarish
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
Topshiriqlarni tuzish
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
Loyihalar ro‘yxatini ko‘rib
chiqish
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
Telefonni olishdan oldin yashil
topshiriq
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
41
A
m
al
iy
o
tl
ar
IV BOB
Diqqatni kuchaytirish usullari
2015-yil Microsoft korporatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot
29
natijalariga
qaraganda, hozirgi davr odami 8 soniyadan ortiq diqqatini bir narsaga uzluksiz qaratib tura
olmas ekan. 2000-yilda
30
bu ko‘rsatkich 12 soniyani tashkil etgan.
Raqamli dunyoning
turmush tarziga tobora chuqurlashib borishi diqqatning susayishiga olib kelmoqda. Siz
kitob o‘qiyotganingizda yoki yangi so‘zlarni yodlayotganingizda birdan boshqa narsalar
haqida o‘ylab ketasiz. Muammo diqqatingiz qaysi payt bo‘linganini bilmay qolishingizda.
Agar siz diqqatingiz bo‘lingan vaqtni payqashni o‘rgansangiz, uni qaytarishni ham o‘rganib
olasiz.
Aslini olganda, diqqat bo‘linishi bu insondagi tabiiy mexanizm hisoblanadi, shuning
uchun uni 100% kuchaytirishning imkoni yo‘q. Atrofingizdagi oddiy tovushlarning ham
sizni chalg‘itishiga reflekslaringiz sababchi bo‘ladi. Shunga qaramasdan,
diqqatni
shug‘ullantirish orqali bir joyga jamlab turishni o‘rganish mumkin.
Diqqatni shug‘ullantirish ham ko‘nikmali jarayonga kiradi,
ammo bunda biroz
muammolar mavjud. Biz avvalgi bobda bilib olganimizdek, ko‘nikma shakllantirishda unga
qancha ko‘p kuch bersak va vaqt ajratsak, u shunchalik tez rivojlanadi. Ammo diqqatni
shug‘ullantirish mashqlarida ma’lum chegaradan keyin sarflangan kuchning ta’siri bo‘lmay
qoladi. Go‘yoki bir stakan suv to‘lgach, unga ortiq suv quyish imkonsiz bo‘lib qolganidek.
Dostları ilə paylaş: