ma’lum darajaga yetadi va o‘sish sur’ati deyarli o‘zgarmas bo‘lib qoladi. Aynan shu “OK”
nuqta deyiladi.
“OK” platformasida jarayon sekin kechishiga misol qilib dunyoning eng tezkor odami
Huseyn Bolt (Usain Bolt)ning gapini keltirsak bo‘ladi: “Mening 100 metrga yugurishdagi
vaqtimni 10 soniyadan 9 soniyagacha tushirish uchun 4 yil vaqtim ketdi”.
Komfort zonadan chiqish yo‘llari
1. “Kelajakdagi o‘zimni sevish”
Deylik, siz talabasiz. Sizga qaysidir fandan ertagacha
mustaqil ish yozish vazifasi
topshirilgan. Siz esa yozish o‘rniga YouTubeda video ko‘rib o‘tiribsiz. Agar shu zaylda
o‘tiraversangiz, ikki xil holat yuz beradi: yo siz tuni bilan uxlamasdan vazifani yozib
chiqasiz, yoki yozmaysiz va shu fandan past baho olasiz. Shunda o‘zingizga o‘zingiz ovoz
chiqarib shunday deng: “Kel, Hasan, shu mustaqil ishni o‘zimiz uchun emas, kechqurun
uyqusidan kechib yozib chiqadigan “Hasan” uchun bajarib qo‘yaylik,
unga rahmimiz
kelsin”. Yoki xonani yig‘ishtirish borasida “Kel, Hasan, o‘zimiz uchun emas, kechki payt
darsdan charchab keladigan “Hasan” uchun shu xonani hozir yig‘ishtirib ketaylik”. Biz
avval aytganimizdek, kelajakdagi o‘zimizga ortiqcha baho berib yuboramiz. Buning o‘rniga
kelajakdagi o‘zingizga yordam berish haqida o‘ylash sizga foyda keltiradi.
2. Ideomotor mashg‘ulotlar
Bu bilan ko‘pchiligimiz maktab davrlarida shug‘ullanganmiz. Siz kinoda qaysidir
qahramonni ko‘rasiz va uning boshqalardan ajralib turadigan qobiliyatlariga
juda havas
qilasiz. Shunda o‘zingizni ham xuddi o‘sha qahramon deb tasavvur qilgan holda u qilgan
ishlarni takrorlashga urinasiz, ya’ni taqlid qilasiz. Mana shu taqlid qilib o‘rganish
ideomotor mashg‘ulotlarga kiradi. Ulg‘aygan insonlarning katta qismi turli omillar tufayli
taqlidchilikni tashlab qo‘yadi. Ammo bu usul o‘zingizda mavjud bo‘lmagan
narsalarni
tezroq o‘rganishning eng samarali usullaridan biri. Buning uchun siz qaysidir yo‘nalishda
o‘zingizga yoqqan shaxsni tanlaysiz va xuddi shu shaxs kabi harakat qilishga urinasiz.
46
Misol uchun, sahnada turib gapirish bo‘lsin. Shunda birorta kuchli notiqning sahnada turib
gapirishi, qo‘l harakatlari, ohangini takrorlashga urinishingiz sizda ham notiqlik mahoratini
o‘stiradi. Agar siz o‘zingizni “Yakkaman, hech kimga taqlid qilmaganman, qilmayman
ham” desangiz, xato qilayotgan bo‘lasiz. Bilishingiz kerakki, har bir inson aslida taqlidchi.
Hammamiz eng sodda narsalarni ham birovlarga taqlid qilib o‘rganganmiz, so‘ngra esa
boshqalardan o‘rgangan narsalarimizni o‘zimizga moslashtirgan holda o‘zligimizni
yaratganmiz. Demak, siz o‘zingiz uchun taqlid qilmoqchi bo‘lgan insonlarni tanlab oling,
o‘sha ish bilan shug‘ullangan vaqtingizda tanlagan insoningizni xayolingizda ushlab turing
va unga o‘xshab harakatlanishga urining.
Dostları ilə paylaş: