110
haq olmaydigan xodimlarini; 4) jamoa mulkdorlar (kooperativlar, shirkatlar kabi)
a’zolarini birlashtiradi.
Tarixdan ma’lumki, mehnatga layoqatli yosh chegarasi ijtimoiy-iqtisodiy
sabablarga ko‘ra huquqiy asosda o‘zgarib turgan. Chunonchi, 1929-1933 yillarda
14 yosh – mehnatga layoqatli yoshning quyi chegarasi bo‘lgan, 1937 yilga kelib, u
15 yoshgacha ko‘tarildi. Urush yillarida ushbu yosh chegarasi yana 14
yoshga
tushdi, urushdan keyin u 16 yoshga ko‘tarildi va hozirgacha amal qilib kelmoqda.
Hozirgi vaqtda «mehnatga layoqatli yosh»ning yuqori chegarasi erkaklar uchun 59
yosh va ayollar uchun 54 yosh hisoblanadi.
Erkaklar 60 yoshga, ayollar 55 yoshga yetgandan so‘ng ular pensiya olish
huquqiga ega. Biroq bu qoidada ham istisno bor. Organizmga yuksak ruhiy
fiziologik bosimlar bilan bog‘liq kasb faoliyatining ayrim turlari uchun pensiya
chizig‘i 5-10 yilga, ba’zan undan ham ko‘proq qisqaradi. Bunda imtiyozli
shartlarda qarilik pensiyasi tizimi amal qiladi. Ayollar uchun pensiya yosh
chegarasi erkaklarnikidan pastroq bo‘lsa-da, erkaklarning o‘rtacha umr ko‘rishi
ayollarga nisbatan sezilarli ravishda kamroqdir.
Iqtisodiyotda hozirgi paytda “mehnat resurslari” tushunchasi bilan bir qatorda
«ishchi kuchi» atamasi ham ko‘p qo‘llanilmoqda. Ishchi kuchi – mehnat jarayonida
inson foydalanadigan uning jismoniy va ma’naviy qobiliyatlar majmuasi bo‘lib,
xorijiy adabiyotlarda u ko‘pincha «iqtisodiy faol aholi» tushunchasining sinonimi
sifatida qo‘llaniladi. «Ishchi kuchi» atamasi ko‘p hollarda uch ma’noni anglatadi:
• organizm, tirik inson shaxsi ega bo‘lgan va har safar u qandaydir iste’mol
qiymatini yaratish chog‘ida ishga soladigan jismoniy va ma’naviy qobiliyatlar
majmui sifatida;
• aholining ish bilan band bo‘lgan yoki ish izlayotgan qismi – iqtisodiy faol
aholining sinonimi sifatida;
• umuman ishlovchilar yoki muayyan bir korxona ishchilari (kundalik
turmushda odatda shunday foydalaniladigan tushuncha) sifatida.
Shunday qilib, mehnat resurslari tushunchasiga iqtisodiyotda ish bilan band
bo‘lgan
xodimlar; band bo‘lmasa-da, mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan odamlar,
ya’ni haqiqiy hamda potensial xodimlar kiritiladi. Boshqacha aytganda, mehnat
resurslari mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli fuqarolar hamda
mehnatga layoqatli yoshdan kichikroq fuqarolar (ishlaydigan o‘smirlar) va
mehnatga layoqatli yoshdan kattaroq yoshdagi fuqarolar (ishlaydigan pensionerlar)
dan iborat bo‘ladi.
Ish bilan band aholini va ish izlayotgan ishsizlarni anglatadigan «iqtisodiy
faol aholi» – mehnat resurslari haqidagi tasavvurlarni aks ettiradigan yana bir
boshqa tushunchadir. Bu tushuncha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda anchadan
buyon ishlatilib kelinmoqda. Xalqaro andozalarga muvofiq, «iqtisodiy faol aholi»
tushunchasi BMT milliy hisob varaqalar va balanslar tizimlariga kiritilgan tovarlar
va xizmatlar, ishlab chiqarish uchun muayyan vaqt mobaynida o‘z mehnatini taklif
etadigan har ikki jinsga mansub shaxslarni o‘z ichiga oladi. Bu tushunchani
aniqlaydigan ikkita ko‘rsatkich mavjud: odatda «faol aholi» deb uzoq davom
etadigan vaqtga, masalan, yilga tatbiqan; «hozirgi paytda faol aholi» deb qisqa vaqt
bo‘lagiga, masalan, hafta yoki kunga nisbatan aytiladi.
111
Iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi toifasiga o‘quv yurtlarida kunduzi o‘qiydigan
o‘quvchilar,
talabalar, kursantlar; pensiya oluvchi shaxslar; uy xo‘jaligi bilan
shug‘ullanuvchilar; ish qidirmay qo‘ygan shaxslar; ishlashga zaruriyati bo‘lmagan
shaxslar kiritiladi. Ko‘rinib turibdiki, «mehnat resurslari» va «iqtisodiy faol aholi»
atamalari bir-biridan farq qiladi. «Iqtisodiy faol aholi» tushunchasi «mehnat
resurslari» tushunchasidan o‘z mazmuni bo‘yicha torroqdir.
Aholisi 30 mln kishiga yaqinlashgan O‘zbekiston qudratli mehnat
salohiyatiga ega. Mehnat resurslari mamlakat barcha aholisining 60 foizdan
ko‘prog‘ini tashkil etadi. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek, ishlashni xohlovchilarning hammasini ish
bilan ta’minlabgina
qolmasdan, eng maqbul, ijtimoiy yo‘naltirilgan ish bilan
bandlikni vujudga keltirish uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida mukammal
mehnat bozorini shakllantirish, ishga joylashishga muhtoj bo‘lgan shaxslarni to‘la
hisobga olish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi
1
. Ushbu muammolarni hal etishda
mehnat resurslarini shakllantirish va taqsimlashning ishga joylashish borasidagi
real ehtiyojni aniqlash imkonini beruvchi balans usulidan foydalanib, aholi
bandligini hisobga olishni takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 31 yanvardagi 42-sonli «Aholining
ish bilan bandligini hisobga olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Qarori
qabul qilindi. Bu Qarorda oliy va o‘rta maxsus ta’lim
muassasala-rida mehnat
resurslari balansini tuzish hamda ishga joylashishga muhtoj shaxslarni aniqlash
uslubiyatini o‘rgatish nazarda tutilgan.
Mehnat resurslari balansini tuzish hamda ishga joylashishga muhtoj
shaxslarni aniqlash chog‘ida asosiy axborot manbalari davlat statistikasi (mehnat
va aholi bo‘yicha) ma’lumotlari, ma’muriy hisobga olish (masalan, mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari, uy-xo‘jaliklari, personal ro‘yxatlar)
ning har xil turlari, shuningdek, ish bilan bandlik masalalari yuzasidan ishchi
kuchini tanlab tekshirishdan iborat bo‘ladi. Ushbu
xilma-xil manbalar ulardagi
axborotning xususiyati va mazmuni, ma’lumotlarni to‘plash shakllari va usullari
bo‘yicha bir-biridan farq qilishi mumkin.
Mehnat resurslarining hisobot balansi har qaysi yil yakunlariga qarab
O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahri bo‘yicha tuziladi, shahar va qishloq aholisiga bo‘linadi (1-jadval).
1-jadval
Dostları ilə paylaş: