112
1. Ish bilan bandlar
Shulardan:
Rasmiy sektorda
Norasmiy sektorda
2. Ish bilan band bo‘lmagan, ishga joylashishga muhtoj
shaxslar
Shulardan:
Rasman ro‘yxatdan o‘tgan ishchilar
Mehnat organlarida ish izlayotgan sifatida hisobda turuvchilar
Mehnat organlarida ro‘yxatdan o‘tmasdan mustaqil ravishda ish
qidirayotganlar
II.2. Iqtisodiy nofaol aholi
shu jumladan:
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan shaxslar
Yoshi bo‘yicha imtiyozli shartlarda pensiya olayotgan shaxslar,
nogironlar
Ko‘p bolali onalar, bolasi 3 yoshga to‘lgunga qadar parvarish qilib
ishlamayotgan ayollar
Ixtiyoriy ravishda ishlamayotgan va ishlashni hohlamaydigan
boshqa shaxslar, shu jumladan uy mehnati
Izoh: 1 va 2 guruh nogironlar
Mehnat resurslarining miqdori mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli
aholi soni bilan mehnat yoshidan kichik va katta bo‘lib, ishlayotgan shaxslar
sonining yig‘indisi sifatida aniqlanadi:
MR = MYoM + IO‘P
bunda:
MR – mehnat resurslari;
MYoM – mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli aholi;
IO‘P – ishlayotgan o‘smirlar va pensionerlar.
MYoM soni mehnat yoshidagi aholi sonidan (16 yoshdan 60 yoshgacha
bo‘lgan erkaklar va 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar sonidan) har ikki
jinsga mansub mehnat yoshidagi ishlamayotgan I va II guruh nogironlari hamda
imtiyozli shartlar asosida pensiya olayotgan ishlama yotgan pensionerlar sonini
chegirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi:
MYoM = E
(16-60)
+ A
(16-55)
– Nog,
bunda: E
(16-60)
– 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar;
A
(16-55)
– 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar;
Nog – mehnat yoshida bo‘lib, ishlamayotgan I va II guruh nogironlari hamda
imtiyozli shartlar asosida pensiya olayotgan ishlamaydigan pensionerlar
Axborot olish manbai:
E
(16-60)
, A
(16-55)
– aholining jins va yosh tarkibi bo‘yicha statistika
ma’lumotlari;
Nog – Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat
yoshidagi nogironlar soni hamda imtiyozli shartlar asosida pensiya olayotgan
pensionerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlari;
IO‘P – korxonalarning 16 yoshga to‘lmagan ishlayotgan o‘smirlar va
pensionerlar haqidagi statistika hisobotlari.
Iqtisodiy faol aholi soni quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
IF = IB + II,
113
bunda: IF – iqtisodiy faol aholi qismi;
IB – ish bilan bandlar;
II – ish bilan band bo‘lmagan, ishga joylashishga muhtoj shaxslar.
Hisobot davrida ish bilan bandlar soni quyidagi formula bo‘yicha hisoblab
chiqariladi:
IB = Ir + Idx + Inr
bunda: Ir – iqtisodiyot rasmiy sektorida (korxonalar, tashkilotlar, muassasalarda)
ish bilan band bo‘lganlar.
Idx – dehqon xo‘jaliklarida ish bilan band bo‘lganlar.
Dostları ilə paylaş: