119
ma’naviy boylikni iste’mol qilishi va uchinchisi o‘z-o‘zidan ko‘payishidir. Oldingi
ikki funksiya aholini sosial-iqtisodiy kategoriya ekanligini, so‘nggisi esa uni
biososial yoki demografik kategoriya sifatida tavsiflaydi.
Yer sharidagi har bir alohida hudud aholi va aholi punktlapi tarixiy, tabiiy
shart-sharoit va etnografik jihatlaridan kelib chiqib xilma-xil o‘ziga xos
ko‘rinishlarga ega. Jumladan, tabiiy shart-sharoit aholi punktlapi joylashuviga ham
bevosita, ham bilvosita ta’sir etadi. Qachonki, aholi punktlapi uchun joy
tanlanayotganda bevosita tabiiy sharoit bilan (rel’ef, suv bo‘yi, shamol yo‘li,
seysmik, eroziya va boshqalar) hisoblashmaslikning iloji yo‘q. Agarda aholi
punktlapi ishlab chiqarish faoliyati nuqtai-nazardan vujudga kelsa, tabiiy sharoit
bilvosita ta’sir ko‘rsatadi.
Har qanday aholi punktlapini geografik jihatdan majmuali tadqiq etishda
avvalo unda yashovchilarning soni va tarkibi, bandligi, mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy hayotidagi tutgan mavqeyi, (madaniy, iqtisodiy va siyosiy) boshqa aholi
punktlapi bilan aloqasini mukammal bilish talab etiladi va o‘z navbatida yuqorida
keltirilgan tarixiy, tabiiy va etnografik tomonlarini ham hisobga olish muhim
ahamiyatga kasb etadi.
Aholi punktlapi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillardan yana biri bu
ijtimoiy-iqtisodiy omillardir. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar tufayli vujudga kelgan
aholi punktlapi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yuksalgan sayin rivojlanib boraveradi.
Masalan, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi undagi mavjud turli xil aholi
punktlapining ham eniga, ham bo‘yiga o‘sishiga olib keladi. Bir vaqtlar Sirdaryo,
Jizzax va Navoiy viloyatlari respublika viloyatlari tarkibida umuman bo‘lmagan
bo‘lsa, keyinchalik, yuqoridagi sanab o‘tilayotgan omillar tufayli kichik-kichik
qishloqlar o‘rnida yoki umuman aholi yashamaydigan joylarda yangidan yangi
aholi punktlapi barpo qilindi va ular bugungi kunda bir necha o‘nlab aholi
punktlapini o‘zida mujassamlashtirgan yirik viloyatlarga aylandi.
Aholi va aholi punktlapining joylanishi shakllari xilma-xil bo‘lganligi bois
ularni yirik ikkita tipga ajratishadi, tarqoq (dispers) va guruhlangan shakllari.
Tarqoq joylashgan aholi punktlapi – yakka holda qurilgan yashash joyi
bo‘lib, ular ko‘proq xizmat yuzasidan (fermerlar) tashkil qilinib, bir-biridan
ma’lum bir masofadagi uzoqlikda joylashadi.
Guruhlashgan holda joylashgan aholi punktlapi – turli xil kattalikdagi
shahar va qishloq aholi punktlapi ko‘rinishda bo‘ladi. Shu boisdan ham bunday
guruh ko‘rinishidagi aholi punktlapi ikkita – shahar va qishloq aholi punktlapiga
bo‘linadi. “Qishloq, odatda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda shaharga nisbatan
passiv, zaifroq aholi punkti hisoblanadi. Shaharlarning ko‘p funksiyaligi, kattaligi,
innovasiya, investisiya va infratuzilma salohiyatining kuchliligi, iqtisodiyotning
ko‘p tarmoqliligi va yuqori darajada rivojlanganligi, aholi yashashi, o‘qishi,
davolanishi, ishlashi uchun imkoniyatlarning keng ekanligi, ularning ta’sirchanligi
hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizim yoki majmualarda yetakchi rol o‘ynashini
ta’minlab beradi.
Qishloq shaharga ma’lum darajada bo‘ysinadi, uni qishloq xo‘jaligi xom
ashyosi bilan, aholisini toza havo, suv, iqtisodiyotini ishchi kuchi bilan ta’minlab
turadi. Shahar esa qishloqqa malakali kadrlar, qishloq xo‘jaligiga mashina, asbob-
120
uskunalar, mineral o‘g‘itlar, qurilish materiallari, zamonaviy servis xizmatini
yetkazib beradi”
1
.
Shahar va qishloq aholi punktlapi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib,
ular o‘rtasida aniq chegara o‘tkazib bo‘lmaydi. Sababi, shahar-qishloq oralig‘ida
ham qator aholi punktlapi mavjudki, ular biri ikkinchisi bilan tutashib ketgan.
Ammo, shunga qaramasdan, shahar va qishloqni bir-biridan ajratuvchi maxsus
mezonlar ham borki, bu mezonlar turli davlatlarda o‘ziga xos xususiyatlarga ega
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: