2008 yilda dunyoning yirik mintaqalarida mehnatga yaroqli yoshdagi aholi Yirik mintaqalar nomi
jami aholiga nisbatan % da
Dunyo bo‘yicha 65 Shimoliy Afrika
62
G‘arbiy Afrika
53
Sharqiy Afrika
53
Markaziy Afrika
52
Karib rayoni
64
Janubiy Amerika
65
G‘arbiy Osiyo
62
Markaziy va Janubiy Osiyo
63
Janubi-Sharqiy Osiyo
65
Sharqiy Osiyo
71
Shimoliy Yevropa
66
G‘arbiy Yevropa
66
Sharqiy Yevropa
70
Janubiy Yevropa
67
Avstraliya va Okeaniya
66
Aksincha, Sharqiy Osiyo (71%) aholi tarkibida mehnat resurslari ulushini
yuqoriligi bilan ajralib turadi. Mazkur mintaqada aholi soniga ko‘ra dunyoda
birinchi o‘rinni egallovchi Xitoyning joylashganligi va unda tug‘ilishni cheklash
yuzasidan olib borilayotgan faol demografik siyosat natijalari buning sababidir.
Bundan tashqari, Fors ko‘rfazida joylashgan davlatlar – Baxrayn (76%), Quvayt
(75%), Katar (82%), BAA (80%) da ham mehnat resurslari salmog‘i katta. Hozirgi
paytda jahon bozorida uglevodorod resurslariga bo‘lgan talabning ortishi
iqtisodiyoti neft qazib chiqarishga ixtisoslashgan ushbu mamlakatlarning gullab-
yashnashiga olib keldi. Iqtisodiy va demografik rivojlanish teskari mutanosiblikda
ekanligi bizlarga yaxshi ma’lum. Shunga ko‘ra, mazkur davlatlarda tug‘ilish
darajasi yil sayin pasayib bormoqda.
Iqtisodiy o‘sish jarayonlari jamiyatdagi bir qator miqdor va sifat o‘zgarishlar
orqali ro‘y beradi. Bular orasida aholi bandligi bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari
tarkibidagi o‘zgarish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyoti tez yuksalayotgan
mamlakatlar uchun bandlik va yalpi mahsulot ishlab chiqarish tarkibida qishloq
xo‘jaligi salmog‘ining pasayishi xosdir. Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, AQShda
1920 yilda 70 foiz ishchi kuchi qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritgan, 1940 yilda 20
foizga tushib qolgan, 2000 yildan u 3 foiz atrofida. Yaponiyada qishloq xo‘jaligida
band bo‘lgan ishchi kuchi salmog‘i 1879 yildagi 72 foiz o‘rniga, 1930 yilda 30
foizga, 1990-yillarda 8 foizga tushdi. Belgiyada 1846 yilda qishloq xo‘jaligida 51
foiz ishchi kuchi band bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1947 yilda 12,5 foizni, 1970
yilda 7 foizni tashkil etdi. Bu raqamlar shuni ko‘rsatadiki, mamlakat iqtisodiy
117
rivojlanish darajasi u yerdagi aholi bandligining tarmoq tarkibi bilan uzviy bog‘liq.
Bu fikrlarni quyidagi jadval ma’lumotlari ham tasdiqlaydi (3-jadval).
3-jadval