Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


N-ma’lum davrdagi tug‘ilganlar soni; M



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə12/52
tarix02.11.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#67142
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52
249bbaf14d244688fa8eb7ce104c896e AHOLI GEOGRAFIYASI VA DEMOGRAFIYA ASOSLARI

N-ma’lum davrdagi tug‘ilganlar soni;
M-ma’lum davrdagi o‘lganlar soni;
Masalan O‘zbekiston respublikasida aholi tabiiy o‘sishini 2007 yil uchun yuqorida keltrilgan formula yordamida aniqlaymiz
N2007 - 608,9 ming
M2007 -137,4 ming
∆P2007 =608,9-137,4=471,5 ming.
Demak, O‘zbekiston aholisi 2007 yilda tabiiy harakat asosida 471,5 mingga ko‘paygan. Aholining absolyut tabiiy o‘sishi 471,5 ming kishini tashkil etgan.
Aholi tabiiy o‘sishini dunyo hududlari, davlatlar, alohida viloyat, tumanlar bo‘yicha taqqoslashda uning nisbiy ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Absolyut ko‘rsatkich asosida, hududlarni taqqoslab bo‘lmaydi, chunki har bir hudud aholisining soni turlicha bo‘lib, ulardagi tug‘ilganlar, o‘lganlar soni ham aholi umumiy soniga bog‘liq bo‘ladi. Aholi tabiiy o‘sishining nisbiy ko‘rsatkichi aholi tabiiy o‘sish koeffisenti (K) orqali aniqlanadi.


Δ Ptab
K = * 1000
P̅T
Δ Ptab – aholi tabiiy o‘sishining absolyut miqdoridagi ifodasi
P̅– ma’lum davrdagi aholinig o‘rtacha soni1
T – davr, sana ifodasi. Mazkur formula yordamida O‘zbekistonda 2007 yilda aholi tabiiy o‘sishi koeffisientini aniqlaymiz. 2007 yil o‘zbekistonda aholini tabiiy o‘sishi (Δ Ptab) 471,5 ming kishini, aholining o‘rtacha soni esa (R2007) 26867 ming kishini tashkil etgan.
K2007 =   * 1000 = 17,5 K2007 = 17,5 ‰2
Demak, 2007 yil O‘zbekistonda har 1000 kishi hisobiga tabiiy o‘sish koeffisenti 17,5 kishiga teng bo‘lgan.
Aholining tabiiy harakati qator omillar ta’sirida sodir bo‘ladi. Ushbu omillar shartli uch guruhga ajratiladi.
Ijtimoiy- iqtisodiy omillar: ishlab chiqarish munosabatlarining xususiyatlari, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, aholining turmush tarzi, ma’lumotlilik va madaniyat darajasi, ayollarning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni, bandligi, din, urf odat va qadriyatlar.
Tabiiy-biologik omillar: tabiiiy sharoit, tabiiy ofatlar, erkak va ayol organizmining tashqi muhitga moslashish darajasi, iqlim va uning jinsiy yetuklikka, farzand ko‘rish davriga, turli epidemiya va kasalliklarga ta’siri.
Demografik omillar: aholining yosh-jinsiy tarkibi, nikoh va ajralish jarayonlari. Agar aholi tarkibida yoshlar salmog‘i yuqori va jinsiy mutanosiblik bo‘lsa, nikohga kirish, ya’ni oilalar paydo bo‘lishi uchun demografik imkoniyat mavjuddir. Bu hol o‘z navbatida tug‘ilishga ijobiy ta’sir etadi. Aksincha, aholi tarkibida qariyalar salmog‘i yuqori bo‘lsa, tug‘ilish kamayib, o‘lim hollari ko‘payadi.
Aholining takror barpo bo‘lishi , ya’ni avlodlar almashinish jarayoni jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida, davlatlarda, millatlarda o‘ziga xos xususiyatga egadir. Ana shu xususiyatlarni aniq bilish uchun aholi takror barpo bo‘lishini ifodalovchi maxsus ko‘rsatkichlar, ya’ni koeffisentlardan foydalaniladi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin