2.8. Cu(Xz)(AAXz).H2O va Cu(Xz).(KMAX).H2O kompleks birikmalarining IQ hamda UB spektrlari
Sintez qilingan aralash ligandli kompleks birikmalarning IQ-spektrida ligandlarning spektrida namoyon bo’layotgan ν(NH)3 va ν(C=O)4 guruhlarga tegishli yutilish chiziqlari 3060 va 1965 sm-1 sohada kuzatilmadi. 3410 sm-1 sohada ν(NH)1 gruppalarga tegishli yutilish chiziqlar namoyon bo’ldi. U liganddagiga nisbatan (15 sm-1) pastki sohaga siljigan. ν(C=N) va aramatik halqaga tegishli keng chiziqlar 1595-1620 sm-1 oblastida kuzatildi. 1390 va 835 sm-1 sohada netrat ionlarining ν2 va ν3 valent tebranishlariga tegishli yutilish chiziqlari esa, 1345 sm-1 sohada kuzatildi.
Suv molekulalariga tegishli bo’lgan ν(OH), 3450-3500 sm-1 sohada keng yutilish chiziqlari tarzida namoyon bo’ldi. Cu(Xz)(AAXz).H2O va Cu(Xz).(KMAX).H2O komplekslarini elektron spektrini o’rganish uchun kompleks birikmalarni dimetil sulfooksid (DMSO) dagi eritmasini KFK-3 da to’lqin uzunligi (λ) 315 nm dan 900 nm gacha bo’lgan sohada tekshirib ko’rildi.
Tekshirish natijalari shuni ko’rsatdiki, kompleks birikmasining elektron spektrini 340 nm va 680 nm sohalarda nur yutilishi kuzatildi. Ligandga tegishli bo’lgan nur yutilish chiziqlari pastki sohada (290-300 nm) namoyon bo’lishi adabiyotlardan ma’lum [19], [24]. Demak, kompleks birikmaning elektron spektrida 340 nm sohada namoyon bo’layotgan yutilish chiziqlari ligandni mis metali bilan birikishi natijasida yuqori sohaga (290 nm dan 340 nm gacha) siljiyotganini ko’rsatadi, ya’ni L→Me [8].
Kompleks birikmalarning 680 nm sohada chiqayotgan nur yutilish chiziqlari esa, 2B1g→2B2g elektron o’tishga to’g’ri keladi va kompleks birikmalarning kvadratli peramida tuzilishga ega ekanligidan dalolat beradi.
Agar 550 nm, 580 nm va 710 nm larda nur yutilish chiziqlari chiqganda edi, unga kompleks birikmalarni 1A1g→1B1g, 1A1g→1A2g va 1A1g→1E1g o’tishlariga to’g’ri keluvchi yassi kvadratli tuzilishga ega deyish mumkin edi [8].
Lekin kompleks birikmaning elektron spektrida faqat bitta 680 nm dagi nur yutilish chizig’i namoyon bo’ldi. 750 nm va 710 nm sohalardagi nur yutilish chiziqlari kuzatilmadi.
Olingan natijalar (IQ, UB-spektrlari) ga asoslanib kompleks birikmaning tuzilish formulasini quyidagicha taklif etish mumkin:
Mis (II) tuzlarini elektron spektrlari esa, yuqori sohada (700, 775, 800 nm larda) namoyon bo’lishi kuzatildi.