3.3. Cu(Xz).(TPP).H2O tarkibli aralash ligandli kompleks
birikmasi sintezi
Cu(Xz).(TPP).H2O tarkibli aralash ligandli kompleks birikmasini sintezlash ham yuqorida bayon etilgan usul kabi amalga oshiriladi. Buning uchun 0,242 gr (1mmol) Cu(NO3)2.3H2O tuzini metanoldagi eritmasida 0,183 gramm (1mmol) KXz ni 5 ml metanoldagi eritmasini tomchilatib aralashtirgan holda qo‘shganimizda to‘q yashil cho‘kma ya’ni CuNO3.Xz.2CH3OH kompleks birikmasi hosil bo‘ladi. CuNO3.Xz.2CH3OH kompleks birikmasining ustiga 0,244 gramm (1mmol) KTPP 5ml metanoldagi eritmasini oz-ozdan qo‘shganimizda dastlabki to‘q yashil cho‘kma erib ketadi va asta-sekin kul rang cho‘kma, ya’ni Cu(Xz)(TPP).H2O kompleks birikmasi hosil bo‘ladi. Cho‘kma filtrlanib, suvli spirt bilan bir necha marta yuviladi va quritiladi. Reaksiya unumi-69%. T0suyuq.=2240C.
3.4. Xinazolon-4 va uning 2-asetilaminohosilasini Cu(II) tuzlari bilan aralash ligandli kompleks birikmalari sintezi
Cu(Xz).(AAXz).H2O - kompleks birikmasini sintez qilish uchun 0,334 gr (1 mmol) CuNO3.Xz.2CH3OH kompleks birikmasini 10 ml spirtdagi suspenziyasiga 0,277 gr (1 mmol) 2-asetilaminoxinazolon-4 ning kaliyli tuzi (KAAXz) ni 5 ml spirtdagi eritmasini tomchilatib qo’shganimizda havo rangli kompleks birikma hosil bo;lishi kuzatildi. Hosil bo’lgan kompleks birikmani fil’trlab, suv va etanol aralashmasi bilan yuvdik. Fil’trda qolgan kompleks birikmani xona haroratida quritdik. Reaksiya unumi – 86%. Suyuqlanish temperaturasini tekshirganimizda 2720C da parchalanishi aniqlandi.
Dostları ilə paylaş: |