Aralash Fungsiyali Birikmalar


Xinazolon-4 va uning 2-karboksimetilaminohosilasini



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə21/22
tarix30.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#151255
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
aRALASH FUNGSIYALI BIRIKMALAR

3.5. Xinazolon-4 va uning 2-karboksimetilaminohosilasini
Cu(II) tuzlari bilan aralash ligandli kompleks birikmalari sintezi


Cu(Xz)(KMAX).H2O - kompleks birikmasini sintez qilish uchun CuNO3.Xz.2H2O kompleks birikmasining ustiga xinazolonni kaliyli tuzini spirtdagi eritmasidan oz-ozdan tomchilatib qo’shib, aralashtirganimizda Cu(Xz)2.3H2O tarkibli kompleksi hosil bo’ladi. Ya’ni kompleks tarkibidagi atsedoligand (NO3-) yana bitta xinazolon molekulasini almashtirayapdi. Biz bu imkoniyatdan foydalanib, CuNO3.Xz.2H2O kompleksini ustiga KXz emas, balki uning hosilasi bo’lgan katta KMAX ni kaliyli tuzini spirtdagi eritmasidan oz-ozdan aralashtirib qo’yganimizda, och yashil rangli cho’kma hosil bo’ladi. Biz bu cho’kmani filtrlab, suv va spirt aralashmasi bilan yuvdik. Xona haroratida massasi o’zgarmay qolguncha quritdik. Reaksiya unumi-84%. T0suyuq.= 2150C.


XULOSA

Olingan ma’lumotlarga asoslangan holda, quyidagi xulosalarga kelindi:


1. Xinazolon-4 ni mis tuzlari bilan 1:1, 1:2 va 1:3 tarkibli kompleks birikmalar hosil qilishi elementga analiz UB- va IQ-spektroskopiyasi yordamida o’rganildi.
2. Xinazolon-4 markaziy ion bilan 3-holatdagi azot va to’rtinchi holatdagi kislorod orqali to’rt xalqali metallosikl hosil qilgan holda bidentat koordinatsiyaga uchrashi aniqlandi.
3. CuNO3.Xz.2H2O kompleks birikmasi tarkibidagi NO3- ioni xinazolon-4 ga yoki uning hosilalariga almasha olishi aniqlandi va aralash ligandli kompleks birikmalar sintez qilindi.
4. Aralash ligandli kompleks birikmalar sintez qilish jarayonida xinazolon-4 o’zining qolgan hosilalaridan faolroq ekanligi aniqlandi.
5. Aralash ligandli kompleks birikmalarda 2-oksoxinazolon-4 hamda 2- tioksoxinazolon-4 lar mis ioni bilan uchinchi holatdagi azot va to’rtinchi holatdagi kislorod orqali to’rt xalqali metallosikl hosil qilgan holda bidentat koordinatsiyaga uchrashi o’rganildi.
6. Sintez qilingan kompleks birikmalarning eruvchanligi tekshirilib; spirt, DMSO, DMFA va suvda ligandga nisbatan yaxshi erishi kuzatildi.
7. CuNO3.Xz.2H2O kompleks birikmasidagi kislota qoldig’i xinazolon-4 yoki uning hosilalariga almasha olish mumkinligidan foydalangan holda, Cu(Xz)(OXz).2H2O, Cu(Xz)(AXz).H2O, Cu(Xz).(TPP).H2O, Cu(Xz)(AAXz).H2O va Cu(Xz)(KMAXz).H2O tarkibli aralash ligandli kompleks birikmalari sintez qilindi.
8. Olingan natijalarga asoslangan holda, sintez qilingan koordinatsion birikmalarning struktura formulalari taklif etildi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin