Arapbayeva damegul kurbanovna norkulova nargiza tashpulatovna oilaviy munosabatlar psixologiyasining nazariy va amaliy masalalari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə11/15
tarix08.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#126736
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
ARAPBAYEVA DAMEGUL KURBANOVNA NORKULOVA NARGIZA TASHPULATOVNA

bosqich. Aksariyat olimlar oiladagi hayot tsikli ikki yoshning uzoq muddatga ahdu-paymon qilib nikohga kirishga qaror qilgan onlaridanoq boshlanishini ta’kidlaydilar. Boshqa mualliflaming fikricha, oilaning boshlang‘ich nuqtasi ikki shaxs rasman nikohga kirgan vaqt, ko‘pchilikning guvohligida o‘tkazilgan tantanalar bilan izohlanadi.

  • bosqich. Ikki yoshning intim qovushishi oqibatida zurriyodning paydo bo‘lishi. Satiming fikricha, zurriyodning paydo bo‘lishi, tug‘ilishi er va xotinning asl munosabatlarini sinovdan o‘tkazadi va ular o‘ziga xos yangicha munosabatlar davrini boshdan kechira boshlaydilar. Bu davrga asosiy mazmun va ma’no beruvchi voqea - bu er va xotinga yangi rollaming berilishi, anchagina katta ijtimoiy mas’uliyatni o‘ziga qamrab olgan ota-onalik rollarining boshlanishidir. Ko‘plab xalqlarda, ayniqsa, o‘zbeklarda bolaning dunyoga kelishi juda katta quvonchli marosimlar bilan boshlanib, ular qadriyat sifatida asrlar osha saqlab kelinmoqda. Masalan, bola tug‘ilishi bilan bog‘liq suyunchi marosimlari, aqiqa, beshik soldi, sunnat va beshik to‘ylari kabilar shular jumlasidandir. Shunga qaramay, ayrim xalqlarda, masalan, yevropa xalqlarida oilada farzandning tug‘ilishi muayyan tashvishlar, ruhiy tarangliklar, ayniqsa, ona boshidan kechiradigan emotsional hayajonlar,

    1. 0‘zingiz hurmat qilgan (siz uchun ahamiyatli bo‘lgan) odamni ko‘z oldingizga keltiring va u Sizga qanday baho berishi mumkinligini tasavvur qiling. lOta javobni qayd eting.

    2. 1- va 2-qismdagi javoblami solishtiring.

    Topshiriq bajarilgach, tinglovchilar o‘z javoblari bilan tanishtirishadi.
    TRENING №3 “Oilada ayollik menejmenti” treningi
    Ayollaming menejmenti erkaklamikidan farqlanadi. Ayollarda juda ko‘p hissiyotlar, qo‘rquv va tashvishlar bor, lekin ayollaming erkaklardan ko‘ra yaqinlariga yordam so‘rab murojaat qilishlari osonroq va ko‘proq kuzatilar ekan. Sizga maslahatimiz Gollivudning taniqli aktrisasi Sandra Jesika Parker ishtirokidagi “Ya ne znayu как ona delayet eto” filmini tomosha qilib ko‘ring. Bu filmni ko‘rgan ko‘pgina ayollar bosh qahramon rolida, albatta, o‘zlarini tasavvur etib ko‘radilar, erkaklar esa yo xotini, yo singlisi, yo onasining hayotini, albatta, his etib ko‘rishga majbur bo‘ladi.
    Hamma narsaga ulgurish mahorati - zamonaviy inson uchun eng muhim qobiliyatlardan biridir. Ayniqsa, onalar uchun. Quyida hamma ishga vaqt topish va ulgurish haqida maslahatlar berib o‘tamiz. Hamma ishga ulgurishning asosiy printsiplari bu:

    1. Hech qachon, hech qayerga shoshilmaslik kerakligi qo‘yilgan vazifani qanchalik bosiqlik bilan bajarsangiz, uni shunchalik tez tugallay olasiz.

    2. Ulgurmayman, deb qo‘rqmang. Vaqtni cho‘zish va qo‘rquv uchun biz haddan tashqari ko‘p vaqt sarflaymiz, shuning uchun, biron bir ishni bajarishga qaror qilgan bo‘lsangiz, bajaring, bajarmaslikka qaror qilgan bo‘lsangiz, boshlamang ham.

    3. Majburiyatlaringizni taqsimlang. Yaqinlaringizdan yordam so‘rang. Tegishli tashkilotlar yoki xususiy kishilar xizmatlaridan foydalaning.

    Trening boshlanishida flipga olma daraxtining rasmi chiziladi, ishtirokchilarga olma shaklidagi stikerlarga treningdan kutishlami yozib berishlari so‘raladi va ushbu olma daraxtiga yopishtirilib chiqiladi. Mashq so‘nggida esa ishtirokchilaming kutishlari oqlanganini aniqlash uchun har bir stiker qaytadan o‘qib chiqiladi va tasdiqlanganlari maxsus savatchaga solinadi.

    1. Trening ishtirokchilari bilan tanishuv

    Kerakli o‘guv aurollari: stikerlar, ransli markerlar, A4 gos ‘ozlar
    “Ism va ismiga mos bir sifat” “Qordan kurra yasash” tanishuv usullari

    1. variant

    Har bir ishtirokchi o‘z ismini va ismining bosh harfiga o‘ziga tegishli bo‘lgan bir sifatni aytadi, keyingi ishtirokchi esa avval qo‘shnisinikini qaytarib so‘ng o‘zinikini qo‘shadi, shu yo‘sinda qor ko‘chkisi singari barcha aylana tarzida bir-birini ismini va unga tegishli sifatni qaytarib chiqadi

    1. variant

    Har bir ishtirokchi ketma-ket o‘z ismini va bir harakatni amalga oshiradi, bu harakatni butun guruh sinxron qaytaradi
    Modul №2 Asosiy qism “Ayol xulqi va vazifalari” treningi 5. 0‘zini baholash
    Men - haqiqiy” mashqi
    Kerakli о ‘guv aurollari:, A4 gos ‘ozlar va ruchkalar
    Mashqdan ko‘zlangan maqsad - o‘zini-o‘zi o‘rganish va o‘zi haqidagi tasavvumi kengaytirish imkoniyatlarini ochish.
    Tinglovchilarga quyidagi topshiriq beriladi:

    1. 0‘zingizga “Men kimman?” savolini bering va xayolingizga kelgan birinchi lOtajavobni yozib oling.

    yaqinlariga ijtimoiy va moliyaviy tashvishlami keltirib chiqaradiki, bu ham ba’zan oilaviy munosabatlardagi tarangliklarda aks etadi. Oila va farzand oldidagi bunday mas’uliyatlar ayrim hollarda er-xotin munosabatlarining darz ketishiga, ba’zan ajrimlarga, bizning sharoitimizda quda-andachilik munosabatlaridagi
    kelishmovchiliklarga ham sabab bo‘ladi.


    1. Yüklə 0,73 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin