5)
o‘zini refleksiyalash (o‘z ruhiy holatini tahlil qilish) ehtiyojining bo‘lishi;
6)
axborotni qabul qilish, tanlash, saqlash, qayta tiklash, taqdim etish usullarini, uni
o‘zgartirish, uzatish va integratsiyalash madaniyatini o‘zlashtirish.
Pedagog-olim V. K. Selevko esa o‘qituvchining kompyuter savodxonligini
kompyuterli texnologiya mazmunining muhim qismi deb hisoblaydi va uning
tarkibiga quyidagilarni kiritadi:
informatika va hisoblash texnikasining asosiy tushunchalarini bilish;
kompyuterli texnikaning umumiy tuzilishi va funksional imkoniyatlarini
bilish;
zamonaviy operatsion tizimlarni bilish;
3
umumiy vazifa bajaradigan zamonaviy dasturning qobiqlar va operatsion
vositalarini (Norton Commander, Windows va boshqalarini) bilish
hamda ularning vazifalarini o‘zlashtirish;
hech bo‘lmaganda bir matn redaktorini o‘zlashtirganlik;
dasturlashtirish algoritmlari, tillari va paketlari haqidagi boshlang‘ich
tasavvurlarining bo‘lishi;
utilitar (amaliy foyda beradigan) vazifalarini bajaradigan amaliy
dasturlaridan foydalanishning boshlang‘ich tajribasi.
Axborot texnologiyalarining asbob-uskuna va dasturiy vositalarining juda jadallik
bilan rivojlanib borishi, masalan, yangi avlod kompyuterlarining, yangi
dasturlarining chiqishi, turli ta’limiy vazifalarni hal etish qulay texnikafiy
imkoniyatlar
ochib
beradi.
Biroq
ilmiy
izlanishlar
o‘quv maqsadida
foydalaniladigan axborot tizimlari o‘z didaktik sifatlariga ko‘ra hali ham qoniqarsiz
darajada ekanligini ko‘rsatadi. Buning sababi shundaki, axborot texnologiyalarini
o‘qitish maqsadlarida foydalanishning metodik (pedagogik) vositalari
axborotlashtirishning texnikaviy vositalari rivojlanishidan ancha orqada qolib
ketyapti. Kompyuterning imkoniyatlari juda katta, biroq pedagogik maqsadlarda u
yetarli darajada foydalanilmayapti. O‘qitish maqsadidagi axborot uni
loyihalashtirish bosqichida kiritiladi. Xususan, axborot — avtomatlashtirilgan
o‘qitish tizimlarining ma’lumotlar bazasini yaratishda, elektron darsliklarni tuzish
uchun o‘quv materialini tayyorlashda, modellashtiriuvchi turdagi kompyuter
tizimlari bilan o‘quv ishlarining ssenariylarini, masalalar va mashqlar, test
topshiriqlari tuzishda kiritiladi. Axborot texnologiyalari bir yo‘la bir necha fan
sohalariga informatika, matematika, kibernetika, psixologiya, pedagogika kabi
fanlarga oid ma’lumotlarni birlashtiradi. Biroq bu uyg‘unlikda psixologik-
pedagogik asos yetakchi o‘rin tutadi. Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va
o‘qitish jarayoniga joriy qilish muhim o‘rin egallaydi. Yangi axborot texnologiyalari
o‘quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlari uchun katta ahamiyatga ega. Odatdagi
ta’limiy texnologiyalardan farqli ravishda, axborot texnologiyalarida mehnat
4
predmeti va uning natijasi sifatida axborot, mehnat quroli bo‘lib esa
axborotlashtirishning texnikaviy vositalari xizmat qiladi. Kompyuter vositalari
o‘quv-tarbiya jarayonining turli bosqichlarida:
o‘quvchilarga o‘quv materiallarini taqdim etish bosqichida;
kompyuter bilan interfaol o‘zaro birgalashib, harakat qilish jarayonida
o‘quv materialini o‘zlashtirishda;
o‘zlashtirilgan bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni takrorlash va
mustahkamlashda;
o‘qitishda erishilgan natijalarni oraliq va yakuniy nazorat qilish va o‘z-
o‘zini nazorat qilish bosqichida;
o‘quv materialini qismlarga bo‘lish, uni klassifikatsiyalash va
tizimlashtirishni takomillashtirish orqali o‘qitish jarayoniga va uning
natijalariga tuzatishlar kiritish bosqichida foydalanilishi mumkin.
Oqilona tuzilgan kompyuterli o‘qitish dasturlari axborotni o‘quvchi tomonidan
o‘zlashtirilishining psixologik va pedagogik qoidalari e’tiborga olingan taqdirda
o‘qitishni individuallashtirish va differensiyalashtirishga, bolalarning qiziqishlari va
o‘qishdagi mustaqil faoliyatini rag‘batlantirishga imkon beradi. Maktab pedagogik
jarayonida kompyuter o‘qituvchi, ishchi qurol, o‘qitish obyekti, hamkorlik qiluvchi
jamoa, bo‘sh vaqt (o‘yin) muhiti xizmatlarini bajarishi mumkin (G. K. Selefko).
Kompyuter o‘qituvchi sifatida — o‘qituvchini va kitobni qisman yoki to‘liq o‘rnini
bosadigan o‘quv axboroti manbai; multimediya va telekomunikatsiya imkoniyatlari
bilan tamoman yangi sifat darajasidagi ko‘rgazmali vosita; individual va axborot
muhiti; trenajyor; o‘quvchilar bilimni tashhislash va nazorat qilishning vositasi
vazifalarini bajaradi. Ishchi qurol sifatida kompyuter — matnlarni tayyorlash va
ularni saqlash matn redaktori; grafikaviy redaktor va katta imkoniyatlarga ega
hisoblash mashinasi vazifalarini bajaradi. O‘qitish obyekti sifatidagi xizmatini
kompyuter-dasturlashtirish; dasturli mahsulotlarni tayyorlash; har turli axborot
muhitlarini qo‘llash moboynida bajaradi. Hamkorlik qiluvchi jamoa — keng
auditoriya bilan muloqot qilish, Internetda bog‘lanish orqali vujudga keltiriladi.
5
Bo‘sh vaqt (o‘yin) muhiti o‘yin dasturlari, tarmoq bo‘yicha kompyuterli o‘yinlar,
kompyuterli video yordamida tashkil qilinadi. Axborot muhiti zamonaviy darajadagi
axborot bazalari, gipermatn va multimediya, imitatsion o‘qitish, elektron
kommunikatsiyalar, ekspert tizimlarini kiritadi. Hozirgi kunda kompyuter
o‘qitishning qudratli vositasiga aylangan. Kompyuterli texnologiyada o‘qituvchinng
ishi, V. K. Selefko ta’kidlaganidek, quyidagilardan iborat:
1.
a)
butun sinf o‘quv predmeti darajasida o‘quv jarayonini tashkillashtirish
(o‘quv jarayoni grafigi, sirtqi tashhis, yakuniy nazorat);
2.
b)
sinf ichida o‘quvchilarni faollashtirish va ularning ishini muvofiqlashtirish,
ish o‘rinlarini joylashtirish, yo‘riqnoma berish, sinf ichkarisidagi tarmoqni
boshqarish kabilar;
3.
v)
o‘quvchilarni individual kuzatish, individual yordam ko‘rsatish, bolalar
bilan individual «insoniy» munosabat. Kompyuter yordamida individual
o‘qitishning ko‘rish va eshitish obrazlarini foydalanuvchi mukammal
variantiga erishiladi;
4.
g)
axborot muhiti tarkibiy qismlarini tayyorlash, ularning ma’lum bir o‘quv
fani mazmuni bilan bog‘liqligidan iborat.
Xususan, multimediya texnologiyalaridan foydalanib interfaol darslarni o‘tkazish
yaxshi samara beradi. Odatdagi darsda o‘qituvchi dars mavzusi mazmunini bayon
qiladi, o‘quvchilar esa tinglab, ko‘rib, eslab qoladilar, kerakli yozuvlarni daftarlariga
yozadilar. Ular har qanday ma’lumotni tayyor holda qabul qiladilar. Aksincha, inter-
faollik o‘quvchilarga o‘qitish jarayoniga faol kirishishga imkon beradi. Bolalar
shunchaki tinglamaydilar. Ular savollar berib, o‘z fikrlarini bildiradilar, o‘quv
materialining tushunarsiz qismlarini batafsilroq anglab olishga intiladilar,
baxslashadilar, o‘zlari to‘g‘risida xulosalarga va yechimlarga keladilar.
Interfaollikda har ikki tomon: o‘qituvchi ham, o‘quvchilar ham faollik ko‘rsatadi,
birgalashib, hamkorlikda darsda qo‘yilgan maqsadlarga erishadilar. Biron bir
o‘quvchi darsdagi asosiy ishdan chekkada qolmaydi. Hamma o‘qiydi, hamma bir —
birini o‘qitadi.
6
Interfaol dars o‘qituvchi boshchiligi bilan amalga oshiriladigan an’anaviy o‘qitish
usullarining va yakka tartibdagi kompyuterli o‘qitishning yaxshi tomonlarini
birlashtiradi. Kompyuter o‘qituvchining faol yordamchisiga aylanadi. Kompyuter
slaydlarini foydalanish evaziga interfaol darslar bilishga taqdim etiladigan axborot
mazmuni bilan birga, ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Dars mavzusini bayon
qilishda o‘qituvchi illyustratsiya sifatida slaydlardagi axborotni kerak joylarda
taqdim etib boradi. Rasmlar, grafiklar, jadvallar, diagrammalar, formulalar ovoz
jo‘rligida, multiplikatsiya elementlari hamkorligida taqdim etilib, o‘qituvchining
izohlari bilan beriladi.
Dostları ilə paylaş: |