Asosiy qism.
O‘zbekiston Respublikasida internet rivoji bevosita mamlakat taraqqiyoti bilan
uzviy bog‘lanadi. U o‘zida zamonaviy davlat va aholi turmush tarziga xos barcha
bosqichlarni aks ettiradi. O‘zbekistonda Internet rivojini quyidagi asosiy davrlarga
bo‘lish mumkin:
1990-yillar boshi. UUCP ma’lumotlar uzatish tizimida elektron pochta orqali
ma’lumot almashish imkoni paydo bo‘ldi. Foydalanuvchilar analog modemlar
yordamida Moskvaga yoki boshqa shaharlararo qo‘ng‘iroqni amalga oshira
boshladilar. Ma’lumotlar uzatish tezligi 1200-2400 bod (bit/s)ni tashkil qilgan.
1992-1995 yillarda UUCP mahalliy provayderi faoliyatini boshlagan. U tomonidan
ko‘rsatilayotgan xizmatlar tezligi 9600-14400 bod (bit/s)ni tashkil qilgan. Shundan
so‘ng BCC (Biznes Aloqalar Markazi), CCC va PERDCA (Silk.org) provayderlari
tashkil etilgan. SONET elektron tijorat tarmoqlariga ulanish boshlangan.
FidoNet matnli ma’lumotlarni jo‘natish global tarmog‘i ishga tushdi. Relcom – ilk
elektron pochta tarmog‘i ishga tushdi. Ma’lumot uzatish tezligi 9600 dan 14400
bodgacha bo‘lgan analog modemlar orqali Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati
tug‘ildi. Mazkur xizmatlar Naytov, BCC hamda Silknet (PERDCA) provayderlari
tomonidan ko‘rsatilgan. 1995 yil 29 aprelda «UZ»domeniga asos solindi.
7
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining ma’lumotlarini banklararo uzatish
tarmog‘iga asos solindi.
1996 yil. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida BMTning
O‘zbekistonda Internetni rivojlantirish loyihasi tashkil etildi. Keyinchalik bu UzNet
nomi bilan tanilgan. Telekommunikatsiya bozorida UzPAK kompaniyasi faoliyatini
boshladi.
1997-1999 yillar. Internetning misli ko‘rilmagan rivojlanish davri. Har bir provayder
xalqaro Internet tarmog‘ida o‘zining mustaqil kanaliga ega bo‘ldi. Ba’zi birlarida
Moskvaga qadar modemlari, boshqalarida asinxron sputnik kanallari mavjud
bo‘lgan. O‘zbekistonning ilmiy-ta’lim tarmog‘i UzSciNet faoliyatini boshladi.
Yangi internet provayderlari tashkil etildi. Internetdan bir soat foydalanish bahosi
600 so‘m (shu davrda Markaziy bank kursi bo‘yicha bu o‘rtacha 4 dollarga teng
mablag‘) bo‘lgan. Muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha texnologiyalar analogdan raqamli
shaklga o‘ta boshladi. Naytov hamda UzNet provayderlari faqatgina yuridik
shaxslar uchun raqamli modemlar orqali Internet xizmatlarini ko‘rsata boshladi.
Internetdan foydalanish tariflarini trafikka binoan belgilash amaliyoti boshlandi.
Internet tarmog‘i orqali ovozli aloqa o‘rnatish tajribasi qo‘llandi. Sarkor Telecom
provayderi Radio Ethernet simsiz tarmoq texnologiyasini joriy qildi. Trans-Osiyo-
Yevropa (TAYe) optik aloqa ma’lumotlar uzatish tarmog‘idan foydalanila
boshlandi.
1999 yil. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №52-son qarori
imzolandi. Qarorga muvofiq xalqaro ma’lumotlar uzatish, shuningdek Internet
tarmog‘iga ulanish O‘zAAA dan xalqaro tarmoqqa chiqishga huquq beruvchi
litsenziyani olib, O‘zbekiston Respublikasi ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari
operatorlari (provayderlari)ning respublika va xalqaro kompyuter tarmoqlaridan,
shu jumladan Internetdan faqat «UzPAK» ma’lumotlarni uzatish davlat tarmog‘ini
rivojlantirish va undan foydalanish korxonasining va Ma’lumotlarni uzatish milliy
tarmog‘ining texnik vositalari orqali foydalanishiga oid belgilangan tartib
belgilandi. “Iskra” hukumat aloqa tarmog‘i va boshqa bir qator ma’lumotlar uzatish
vositalari orqali xalqaro tarmoqqa chiqish to‘xtatildi. UzNet uskunalari, tarmog‘i va
8
xodimlar UZPAK boshqaruviga o‘tkazildi. Barcha provayderlarga tarmoqlarini
UZPAK tarmog‘iga birlashtirish tavsiya qilindi. Provayderlar faoliyatining quyidagi
jadvali ommalashtirildi: barcha trafik shaxsiy yoki sotib olingan kanallar orqali
o‘tkazilgan, UzPAK kanalidan (odatda bu 33600 bod (bit/s)li analog modem
bo‘lgan) zahira sifatida foydalanilgan. O‘sha mahalda UzPAK xizmatlari narxi
boshqa provayderlarnikidan yuqori bo‘lgan. Shunday bo‘lsa ham, asinxron aloqa
foydalanuvchilari soni o‘sib borgan.
1999-2000 yillar. BMTning O‘zbekistonda Internet tarmog‘ini rivojlantirish
bo‘yicha yangi loyihasi – UZB/99/016 (UzSciNet) ish boshladi. Bu gal O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshida akademik tarmoq yaratish bo‘yicha ish
boshlandi. Internet bozorida qator o‘zining mustaqil (asosan sun’iy yo‘ldosh)
kanallariga ega bo‘lgan provayderlar faoliyati kuzatildi. Ilk Cisco tarmoq
akademiyasi ishga tushdi.
2001-2002 yillar. Tashqi Internet kanallarining o‘tkazuvchanlik salohiyati 8,5
Mbit/s. dan 18 Mbit/s.gacha oshdi. Sarkor Telekom ilk marotaba TAYe orqali China
Telecomga ulandi. DialUp xizmatlari uchun narxlarning keskin pasayishi kuzatildi.
“Naytov Internet” biznesi Buzton kompaniyasiga o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro kompyuter tarmoqlaridan foydalanishni
markazlashtirishdan chiqarish to‘g‘risida”gi 352-son qarori imzolandi. Unga
muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 52-sonli qarorida qayd etilgan, O‘zbekiston
Respublikasi ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari operatorlari (provayderlari)ning
respublika va xalqaro kompyuter tarmoqlaridan, shu jumladan Internetdan faqat
«UzPAK» ma’lumotlarni uzatish davlat tarmog‘ini rivojlantirish va undan
foydalanish korxonasining va Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ining texnik
vositalari orqali foydalanishiga oid belgilangan tartib bekor qilindi. Provayderlar
hali ham xalqaro aloqaga ulanishni «O‘zbektelekom» AK orqali amalga oshirishlari
zarur edi. 2003-2005 yillarda. Tashqi Internet kanallarining o‘tkazuvchanlik
salohiyati 32 Mbit/s dan 143,1 Mbit/s gacha oshdi. DSL orqali Internet tarmog‘iga
ulanish ham jismoniy, ham yuridik shaxslar o‘rtasida keng ommalashdi.
Provayderlar hududlarda ham Internetga ulanish bo‘yicha xizmatlarni kengaytira
9
boshlashdi. Internet tezligi 64 Kbit/sek.dan 1 Mbit/s.gacha oshdi. Oylik abonent
to‘lovi orqali DialUp orqali ulanganlarga oylik cheksiz tariflar joriy qilindi.
Provayderlar Callback xizmatini joriy qilishdi. O‘zbekiston mobil aloqa bozorida
Rossiyaning Vmpelkom (Bilayn), MTS, Telia Sonera kompaniyalari faoliyatini
boshladi. Telekommunikatsiya bozorida IP telefoniya (Platinum connect, 2Oxygen,
Buzton) kompaniyalari paydo bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali –
www.gov.uz tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 6 oktyabrdagi 221-son
qaroriga muvofiq, davlat va jamoat organlari, fuqarolar, mulkchilik shakllaridan
qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning axborotlarga bo‘lgan
ehtiyojlarini har tomonlama qondirish maqsadida Ma’lumotlarni uzatish milliy
tarmog‘ining
faoliyat ko‘rsatishini va uni rivojlantirishni ta’minlash
«O‘zbektelekom» AK zimmasiga yuklatildi. UZINFOCOM markazi esa
O‘zbekistonning yuqori darajali domeni(ccTLD.uz)ga administratorlik qilish
huquqini qo‘lga kiritdi.
UZ milliy domenini ro‘yxatga oluvchi 6 ta registrator (Tomas, BCC, Sarkor
Telecom, Global Study, TV-Inform i Arsenal-D) faoliyat ko‘rsatmoqda edi.
O‘zbekiston AT Assotsiatsiyasi, ZiyoNet axborot ta’lim tarmog‘i, kompyuter
xurujlariga tezkor choralar ko‘ruvchi «UZ-CERT» xizmati, Milliy axborot-qidiruv
tizimi WWW.UZ ga asos solindi. 2006-2009 yillar. Tashqi Internet kanallarining
o‘tkazuvchanlik salohiyati 1125 Mbit/s.gacha oshdi. Birinchi elektron raqamli
imzoni ro‘yxatga olish markazi ochildi. Kompaniyalar GPRS, 3G, Wi-MAX
texnologiyalari asosida simsiz Internet xizmatlarini ko‘rsatishni boshladilar. Internet
foydalanuvchilari soni 2 milliondan oshib, mobil aloqa foydalanuvchilari 10
millionga yetdi. Simus kompaniyasi «UZ» domenining milliy registratoriga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Krizisga qarshi dasturga kiritilgan
qo‘shimcha infratuzilma ob’ektlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1073-son qarori asosida 2009 yilgacha aloqa va
telekommunikatsiya ob’ektlarini, xususan milliy va hududiy ma’lumotlar almashish
tarmoqlarini rivojlantirishning qo‘shimcha choralari belgilab olindi. Mobil aloqa
operatori «MTS – O‘zbekistan» mamlakat hududida 4G (4-avlod) mobil tarmog‘ini
10
qurish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘ldi. 2010-2011 yillar. Foydalanuvchilar soni
7,378 mln.ga yoki aholi miqdoriga nisbatan 24 % ga tedi. Bundan mobil Internetdan
foydalanuvchilar 4,119 mln.ni tashkil qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ko‘pchilik
Internetdan foydalanishda mobil aloqani ma’qul ko‘radi. 2010 yilda O‘zbekistonda
Internet foydalanuvchilari soni 3,2 millionga oshib, 2002 yil bilan solishtirganda
o‘sish 23,8 %ni tashkil qiladi.
O‘zbekistonning barcha hududlarida Internet foydalanuvchilari soni muntazam
oshib bormoqda va mamlakat aholisining 24 %i xalqaro tarmoqdan foydalanadi.
2010 yil so‘ngida Internetdan foydalanuvchi davlat organlari soni 7643 taga yetdi.
UZINFOCOM markazi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2010 yilda
«.UZ» milliy domenidan ro‘yxatdan o‘tgan faol domenlar miqdori 11 mingtaga
yetgan.
2010 yilda TAS-IX da trafik hajmi 615025,32 GBaytga yetib, 2009 yilga nisbatan
314,8% ga oshgan.
Dostları ilə paylaş: |