Article · February 021 citations reads 29,804 author



Yüklə 193,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix07.01.2024
ölçüsü193,43 Kb.
#203446
1   2   3   4   5   6   7   8   9
REJABOVMUXRIDDIN

 
 
 
1.
 
Asrlar davomida yig‘ilgan ilm-fan xazinasini bugungi yosh avlodga o‘rgatish, 
ularni dunyodagi ilg‘or va zamonaviy pedagogik texnologiya va axborot tizimlari 
yordamida jahon 
standartlariga to‘g‘ri keladigan mutaxassis kadrlar qilib tayyorlash bugungi 
davrning dolzarb vazifalaridan biriga aylandi. Hozirgi kunning asosiy talablaridan 
yana biri, o‘quv jarayonini to‘liq kompyuter tarmoqlaridan foydalangan holda olib 
borishdir. Buning uchun kompyuter tarmoqlari, uni 
tashkil etuvchilari, fandagi o‘rni nimalardan iborat, internet tizimi nima va 
o‘qitishda xamda o‘quv jarayonida foydalanishda nimalarga e’tibor bermoq kerak 
degan savollarga javob berish 
maqsadga muvofiqdir. 


11 
O‘quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirishda 
masofali o‘qitish alohida o‘rin egallaydi. Masofadan turib o‘qitish bu inson o‘zining 
bilim darajasini 
oshirishni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda xoxlovchilar, maktabga borish 
imkoniyati bo‘lmagan, nogironlar, keksa yoshdagilar kabilar uchun katta yo‘l ochib 
beradi. Masofali 
o‘qitishda biz hech kimni majbur qila olmaymiz. Bunda xoxlovchi o‘z imkoniyatiga 
qarab muloqot qilish, qo‘shimcha axborot to‘plash va fikr almashish imkoniyatiga 
ega bo‘ladi. 
Masofali o‘qitish hozirgi kunning barcha talablariga javob beradi, ayniqsa, yo‘l 
xarajatlarini hisobga olmaganda, kunduzgi ta’limni barcha sistemalarini tashkil 
qilish mablag‘lariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ma’lumki, ko‘p yillar davomida 
sirtqi ta’lim asosan televedeniya, radio yoki matbuot orqali amalga oshirilib 
kelinmoqda. Lekin bularni amalga oshirish ko‘pgina faktorlar hisobida qiyinchilik 
bilan amalga oshirilib kelindi. 
Yangi axborot texnologiyalari asosida masofali o‘qitishni tashkil qilishning bir qator 
usullari 
mavjud: 
interfaol 
teoevedeniya, 
telekommunikatsiya, 
CD-ROM 
texnologiyasi asosida, 
o‘quv radio va televedeniya, video lentalar va hokazo. 
So‘ngi yillarda to‘rt xil turdagi masofali o‘qitish keng tarqalmoqda: 
1. Interfaol televedeniya (two-way TV); 
2. Axborot almashinuviga asoslangan kompyuterli telekomunikatsiya setlari 
(regional va 
global, internet); 
3. Multimediali, interfaol rejimli, videokonferentsiyalar o‘tkazish imkoniga ega 
kompyuterli telekomunikatsiya setlari; 
4. Birinchi va ikkinchi turlar kesimida. 
Masofadan o‘qitish bu Internet tarmog‘i orqali sizga qulay bo‘lgan vaqtda o‘qishdir. 
Masofadan o‘qitishning tarkibiy belgilari: o‘qituvchi, o‘quvchi, kommunikatsiyadir. 
Masofadan o‘qitish uslubiy materiallari quyidagilardir: 


12 
• Darslik 
Audio va video darsliklar 
• Onlayn darslar (Internet saxifa) 
• Elektron kutubxonalar 
• Testlar 
• Mul’timedia elektron darsliklar 
Shunday qilib, masofadan o‘qitishda virtual kutubxonalar, sputnik orqali 
videokonferentsiyalar, darslar, Internet yordamida muloqot va informatsiya olish 
imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Bu esa o‘quvchi uchun maxsus o‘qish doirasini berdi. 
O‘quvchining fanni o‘zlashtirish tezligi va sifati keskin yaxshilandi. Dunyo 
amaliyotida ochiq va masofali o‘qitish hozirgi kunda asosan oltita modelga 
asoslangan: 
1-model. Eksternat tipida o‘qitish. Bunda o‘quvchi maktab yoki oliy o‘quv yurtida 
o‘qitishning kunduzgi ta’lim tizimidan foydalanmaydi. Bunda o‘quvchi ta’lim 
muassasasiga qatnamasdan atestat yoki diplomga ega bo‘ladi. 
2-model. Oliy o‘quv yurtida o‘qish (kunduzgi ta’lim). 
Bu butun bir sistema bo‘lib, ta’lim kunduzgi, sirtqi yoki masofali o‘qitish yangi 
axborot texnologiyalari asoslangan holda amalga oshiriladi. Bu usuldan ko‘pgina 
xorijiy oliy o‘quv 
yurtlarida keng foydalanilmoqda. 
3-model. Bir nechta oliy o‘quv yurtlarining o‘zaro hamkorligida o‘qitish.Bunda bir 
qator davlatlardagi oliy o‘quv yurtlari o‘zaro hamkorlikda sirtqi va masofali o‘qitish 
yo‘lga qo‘yilib talabalar xoxlagan davlatdagi oliy o‘quv yurti yoki kollejda o‘z 
davlatini yoki uyidan uzoqlashmasdan ta’lim olish huquqiga ega bo‘ladi. 
4-model. Avtonom ta’lim berish muassasasi. 
Masofali o‘qitishga asoslangan multimediali kurslardan iborat maxsus ta’lim berish 
muassasasi. Bunda shuningdek bilim darajasini baholash va atestatsiya qilish ham 
amalga oshiriladi. 
Bunday oliy o‘quv yurtlaridan Londondagi ochiq universitetni, AQShdagi Milliy 
texnologiya universitetlarini misolida qarash mumkin. 


13 
5-model. Avtonom o‘qitish tizimi. 
Ushbu usulda o‘qitish asosan TV, radio aloqa vositalari orqali yoki qo‘shimcha chop 
etish vositalari orqali amalga oshiriladi. Bu usulda hozirda amerika-samoa televizion 
proekti faoliyat 
ko‘rsatmoqda. 
6-model. Multimediali masofali o‘qitish. 
Bu asosan katta yoshdagi, to‘liq o‘rta ta’limga ega bo‘lmaganlar uchun qulay bo‘lib, 
ularni o‘rta maktabni tugatishlarida yordam ko‘rsatadi. Shunday qilib, axborot 
texnologiyalari yordamida masofali o‘qitishni joriy qilinishi ma’lum moddiy 
qiyinchiliklarga duch kelsada, o‘z samarasini berib kelmoqda.

Yüklə 193,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin