4.
Mustaqil Vatanimizda shakllanayotgan milliy g‘oya bosh Qomusimizda e’tirof
etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish,
shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy
hamda madaniy rivojlanishining yuqori bosqichlariga ko‘tarish, mamlakatimizning
jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallashiga yo‘naltirilgan ezgu maqsadlarini
amalga oshirishga
xizmat qiladi.
19
Mazkur maqsadlarning ijobiy natijalarga ega bo‘lishi, eng avvalo, yosh avlodga
ilmiy bilimlar asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur
ko‘lamini hosil
qilish, ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy
ishlarni samarali tashkil etishga bog‘liqdir. “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha
bo‘g‘inlari faoliyatini
bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali
vazifamiz deb bilamiz”, deb ta’kidlab o‘tgan davlatimiz rahbari Shavkat
Mirziyoyev. Qolaversa,
Mamlakatimizning birinchi Prezidenti ta’kidlaganlaridek, “Biz farzandlarimizning
nafaqat jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy
intellektual bilimlarga ega
bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob
beradigan barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va
sharoitlarni yaratishni
o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz” Malakali kadrlar tayyorlash muassasaining
har bir bosqichi o‘zida ta’lim muassasaini samarali tashkil etish, uni yuqori
bosqichlarga ko‘tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga
yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirish lozim. Xususan, mazkur
muassasaning uchinchi bosqichi ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot
bazalarini yanada
mustaxkamlash, o‘quv tarbiya muassasaini yangi o‘quv uslubiy majmualar, ilg‘or
pedagogic texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash” kabi dolzarb vazifalar ijobiy xal
etilmog‘i lozim
Hozirgi kunda yurtimiz ta’lim muassasalari faoliyati yangi pedagogik
texnologiyalarni olib kirishga qaratilgan harakat jahonning bir qator yetakchi
tashkilotlari bilan hamkorlikda olib
borilmoqda.
20
Darhaqiqat, inson qaysiki kasb sohibi bo‘lishidan qat’iy nazar o‘z ishiga,
mashg‘ulotiga qunt bilan, mehr bilan yondashsa, uning butun sir asrorini, usul va
vositalarini mukammal
egallaydi, shu bilan birga o‘z-o‘zini anglaydi, shu sohada kamol topadi. O‘qituvchi
kimni o‘stirsa, tarbiyalasa o‘zi ham o‘sadi, ulg‘ayadi, donishmandlik kasb eta
boradi.
Ta’lim texnologiyasi bu - ta’lim maqsadiga erishish muassasaining umumiy
mazmuni, ya’ni, avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim muassasaini yaxlit tizim asosida,
bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishi yo‘lida muayyan metod,
usul va vositalar tizimini ishlab
chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim muassasaini yuqori
darajada boshqarishni ifodalaydi. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi
- o‘quvchi shaxsini
rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishini ta’minlashdan iborat. Pedagogik
texnologiya muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan
hamda ushbu
maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat muassasaining
mazmunidir Pedagogik texnologiya o‘zida quyidagi xususiyatlarni mujassam etadi:
1.Pedagogik
texnologiya
pedagogik
muassasani
takomillashtirish,
optimallashtirishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi.
2.Pedagogik texnologiya didaktik hamda tarbiyaviy xarakterdagi, shuningdek,
ta’lim – tarbiya muassasaini samarali, mahoratli tarzda tashkil etish borasidagi
nazariy hamda amaliy bilimlar majmui, metodologik fan sifatida namoyon bo‘ladi.
3.Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya muassasaining umumiy mohiyatini aks
ettiruvchi yaxlit muassasadir.
4.Pedagogik texnologiya yo‘naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, ya’ni, u shaxsni
rivojlantirish, tarbiyalash, shakllantirish uchun xizmat qiladi.
5.Pedagogik
texnologiya-shaxsiylik
xususiyatiga ega bo‘lib, muayyan
texnologiyalarni ta’limtarbiya muassasaida qo‘llashga nrisbatan yagona, qat’iy,
me’yoriy talablar qo‘yilmaydi. Har bir
21
pedagog u faoliyat yuritayotgan ta’lim-tarbiya muhitining xususiyatlari, mavjud
ichki va tashqi shart-sharoitlarni inobatga olgan xolda muayyan texnologik
yondoshuvni amalga oshirish
imkuoniyatiga ega.
6. Pedagogik texnologya o‘zida ta’lim, tarbiya va shaxs taraqqiyoti (kamoloti)
birligini ifoda etadi. Talabalarni zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali,
raqobatbardosh kadrlar qilib tayyorlash maqsadida quyidagilarga e’tibor qaratiladi.
1. O‘quv-tarbiya jarayoni va pedagogik munosabatlarni rivojlantirish va
demokratiyalash, hamkorlik pedagogikasiga asoslanish.
2. O‘quv-tarbiya jarayonida didaktik o‘yin, muammoli, modulli ta’lim, loyihalash
va hamkorlikda o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish orqali talabalarning yakka
tartibda va kichik guruhlarda mustaqil va ijodiy ishlarini tashkil etib, ularni o‘z
o‘quv-bilish faoliyatining subyektiga aylantirish.
3. Talabalarning mustaqil ishi va tahsilini rejali bosqichma-bosqich tashkil etish.
4. Talabalarning bo‘lajak mutaxassislik faoliyatiga ilmiy-metodik jihatdan
tayyorgarligini tahlil qilish, ularda ko‘nikmalar shakllanishini hisobga olgan holda
har bir talabaga o‘zini o‘zi
rivojlantirishning individual ish rejasini tavsiya etish.
5. Ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish, talabalarda mustaqil tahsil olish va
mustaqil fikrlashni shakllantirishga imkon beradigan zamonaviy pedagogik va
axborot
texnologiyalarini ongli tanlash va amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini egallashiga
erishish.
6. Talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini o‘quv-tarbiya jarayonining
dolzarb muammolariga bag‘ishlash orqali izchil va muntazam ravishda o‘z
saviyasini oshirish va faol
ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishiga zamin tayyorlash.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, oliy ta’limning uzluksiz takomillashishida o‘quv-
tarbiya uslub va usullarini yanada rivojlantirish bilan birga talabalar o‘quv
faoliyatini boshqarish
22
masalasi hali ochilmagan muammolar qatoriga kiradi.
Ta’lim jarayonida bilim, iqtidor va ko‘nikmalar shakllanganligini nazorat qilish
muhim o‘rin egallaydi. O‘tkazilgan tajribalarga va o‘quv adabiyotlarida izohlangan
ilg‘or uslublarga asoslanib nazoratning mezoni va bajaradigan vazifalarini
quyidagicha belgilash mumkin:
-nazoratning tashhisiy vazifasi. Nazorat natijasida bilim, iqtidor va ko‘nikmalarning
shakllanganlik darajasi aniqlanadi;
-nazoratning talabalarda bilim olishga ishtiyoqini o‘stirish vazifasi. Nazorat
natijasida talabalarda o‘z bilim, iqtidor va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish
ehtiyoji uyg‘onadi; -nazorat jarayonida talabalarning shaxsiy xususiyatlari
shakllantiriladi va eng asosiysi rivojlantiriladi. Rivojlanish o‘quv faoliyati, ya’ni
nutq orqali amalga oshiriladi;
-nazorat jarayonida talabalar o‘z bilimlarini mustahkamlaydi. O‘quv materiali
yanada chuqur o‘zlashtiriladi, hodisalar o‘rtasida yangi bog‘lanishlar o‘rnatiladi, shu
bilan aqliy
faoliyat yanada takomillashadi;
-nazoratning tarbiyaviy vazifasi. Nazorat jarayonida talabalarning psixologik ijobiy
xislatlari shakllanib bormog‘i lozim;
-nazoratni baholash vazifasi. Nazorat natijasida sifat o‘zgarishlarining me’yori
aniqlanadi;
- nazorat-ko‘p qirrali murakkab jarayon. Nazorat talabalarda doimo jonli qiziqish,
izlanish, xursandchilik hislarini uyg‘otib, aqliy faoliyatni faollashtiradi. Yuqorida
ko‘rsatilgan
funksiyalar bir-biriga uzviy bog‘langan holda yuz beradi.
Dostları ilə paylaş: |