Kimyoviyreaksiyavaqtidao’zaro ta’sirlashuvchi moddalar tarkibidagi atomlar qayta guruxlanishi natijasida yangi maxsulotlar xosil bo’ladi. Kimyoviy reaksiyalarda molekulalar atomlarga parchalanadi yoki atomlardan iborat tarkibini o‘zgartiradi. Atomlar esa kimyoviy reaksiyalarda deyarli o‘zgarishsiz qoladi.
Kimyoviy reaksiya (o‘zgarish) — atomlar harakatining o‘ziga xos turidir. Bu materiya harakatining kimyoviy shakli sanaladi.
Atom→molekula → modda - materiya harakati turlaridir.
ATOM VA TARKIBI
Moddaning kimyoviy hodisalar natijasida bo‘linmaydigan eng kichik zarrachasi atomdir.
Atom musbat zaryadlangan yadrodan va manfiy zaryadlangan elektronlardan tashkil topgan yadro qobig‘idan iborat.
→1. Atom markazida musbat zaryadlangan yadro bor.
→2. Yadro atrofida manfiy zaryadlangan
elektronlar harakatlanadi.
→3. Atom yadrosining zaryadi son jihatdan elementning tartib raqamiga teng.
→4. Yadrodagi musbat zaryadli protonlar soni elektronlar soniga teng. Yadro atrofida
elektronlar berk orbitallar bo‘ylab (xuddi quyosh atrofida sayyoralar aylangani kabi) aylanib turadi
Alyuminiy atomi tuzilishi
Eng oddiysi vodorod (tartib raqami 1 ga teng) atomining tuzilish sxemasidir. Uning yadrosining bitta musbat zaryadi bor va yadro maydonida bitta elektron aylanadi. Vodorod atomining yadrosi elementar zarracha bo‘lib, proton deb ataladi. Titan atomining tartib raqami 22 ga teng. Demak, uning musbat zaryadi 22 ga teng va yadro maydonida 22 ta elektron aylanadi. Yadrosining musbat zaryadi 105 ga teng bo‘lgan 105 - element yadrosining maydonida 105 ta elektron aylanadi. Boshqa elementlar atomlarining tuzilishini ham xuddi shunday tasavvur qilish mumkin.
Atom yadrosidagi protonlarsoni elementningdavriysistemadagitartib raqamiga teng. Proton1m.a.b.massagava+1zaryadgaegazarra; Neytron proton massasigayaqin (deyarli bir xil) massagaegaelektroneytral(zaryadsiz)zarra. Atom, massasi (A) atom tarkibiga kiruvchi barcha zarralar massalari yig‘indisiga teng.
Ar = protonlar massasi + neytronlar massasi + elektronlarmassasi Elektronlar massasi shu qadar kichikki (protondan 1836 marta),
atom massasini proton va neytronlar massasidangina iborat deb olish mumkin. Proton va neytronlaming umumiy massasi massa soni (A) deb ataladi va u butun songacha keltirilgan element nisbiy atom massasi (Ar)ga teng: