Asilbek Salohiddinov



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə7/22
tarix07.01.2024
ölçüsü1,49 Mb.
#208621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
1-Qism KITOB

VALENTLIK


Valentlik deb, element atomining boshqa elementlar atomlari aniq sonini biriktirib olish imkoniyatiga aytiladi. Vodorod atomi hech qachon bittadan ortiq boshqa element atomini biriktirib olmaydi. Shuning uchun vodorodning valentligi boshqa elementlar valentligini belgilashda o‘lchov birligi sifatida qabul qilingan.
Agar element atomi bir atom vodorod biriktirsa, demak, uning valentligi 1 ga teng yoki u bir valentli hisoblanadi. Ikki atom vodorod biriktirsa, ikki valentli, uchta atom vodorod biriktirsa, uch valentli va hokazo hisoblanadi. Masalan, HCl moddasida xlor — bir valentli; H2O da kislorod — ikki valentli; NH3 da azot — uch valentli.
Valentlik, odatda, element belgisining tepasida rim raqami bilan ko'rsatiladi. Buni quyidagi moddalar tarkibidagi elementlar misolida ko'ramiz:

Barcha birikmalarida yagona valentlikni nomoyon qiluvchi elementlarga valentliklari doimiy elementlar dep ataladi. Masalan: H1, Na1, Li1, K1, Rb1, Cs1', F1, O2, Ca2, Mg2, Be2, Ba2, Sr2, Zn2,
Cd2, Al3, B3, va boshqalar.
Birikmalarida valentligi har hil bo’lgan elementlarga o‘zgaruvchan valentli elementlar dep ataladi. Masalan: C2, C4, S2, S4, S6, N1, N2, N3, N4, P3, P5, Cl1, Cl3, Cl5, Cl7, Pb2, Pb4, Sn2, Sn4
va hokazolar. Siz yodlab olishingiz uchun quyidagi jadval qulay. Asosiy guruhdagi elementni maksimal valentligi guruh raqamiga teng.

Guruhi

I a

II a

III a

IV a

V a

Vl a

VII a

Odatdagi valentliklari

Doimo I

Doimo II

Doimo III

II va IV

III va V

II, IV va VI

I, III, V
va VII

Misollar

Li, Na, K….

Ba, Ca…

B, Al…

Si, Pb…

P, As...

S, Se…

Cl, Br..

Mustosto


---


---


---


C
valentligi III yoki IV

N
valentligi I, II, III
yoki IV

O
valentligi II, III
yoki IV

F
valentligi faqat I

Yonaki guruh elementlari valentliklari Cu: -1,2 Fe: - 2,3
Cr: - 2,3,6 Au, Ag: -1,3
Mn: - 2,3,4,6,7 Zn, Cd, Ni: - 2
Ikki elementdan tashkil topgan binar birikmada bir element valentligining uning atomlari soniga ko‘paytmasi ikkinchi element valentligining atomlari soni ko‘paytmasiga teng.
x y
AmBn uchun x∙m=y∙n
Fosfor birikmalarida misollar ko’ramiz.
x I x‘ II
PH3 P2O5
Vodorodning birikmalarda Kislorodni oksidlarda valentligi doimo I valentligi doimo II
x∙1=1∙3 x‘∙2=2∙5
x=3 x=5
demak PH3 da demak P2O5 da fosfor III valentlik fosfor V valentlik

Valentlik qoidasidan foydalanib binar birikmalarni formulasini yozish mumkin. Masalan alyuminiyni kislorodli birikmasi formulasini yozamiz (valentliklar Al=3; O=2).


III II
Al O
3 va 2 uchun eng kichik umumiy bo’linuvchi (EKUB) 6 ga teng. EKUBni valentliklarga bo’lamiz.
Al 6:3=2
O 6:2=3
Demak Al2O3


Yuqorida ko’rsatilgan birikmalarni grafik formulalari: O=Al–O–Al=O O=C=O Ca=O
H
| H–P–H




Atomlar turli xil o’lcham va massaga ega. Atomlar shakli shar shaklida bo’lip ularning o’lchamlari diametr yoki radiuslari bilan belgilanadi.
Atom radius bu atomning markazidan ohirgi elktronigacha bo’lgan masofa, uning diametri esa radiusning ikki karra katta qiymati. Eng kichik atom vodorod atomi bo’lip uning diametri o’rtacha 1∙10–8 sm yoki 1∙10–10 m. Xlor atomining diametri esa o’rtacha 1,8∙10–8 sm. Bunday kichik o’lchamlarda odatda angestrem(Å) yoki nanometr(nm)lardan foydalaniladi.
1Å = 10–10 m = 10–8 sm, 10–7 mm 0,0000000001 m
1nm = 10–9 m = 10–7 sm 0,000000001 m
1nm = 10Å
Atomlarning absolyut (haqiqiy) massasi (ma) - juda kichik kattalik 10-24 dan 1022 gramm gacha. Masalan, vodorod atomining absolyut massasi 1,67∙10-27 kg yoki 0,00000000000000000000000000167 kg. Uglerod atomining absolyut massasi 19,93∙10-27 kg, kislorodniki 26,67 ∙10-27 kg.
Hisoblashlar olib borishda ushbu absolyut massa kattaligidan foydalanish o‘ziga xos qiyinchiliklami keltirib chiqaradi. Shuning uchun, kimyoda nisbiy fizik kattalik - elementning nisbiy atom massasi Ar ishlatiladi.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin