Moddaning kimyoviy jixatdan bo’linmaydigan eng kichik zarrachasi — atom deb ataladi. Atomkimyoviy elementning eng kichik zarrachasi bo’lib, shu elementning barcha kimyoviy xossalarini o’zida mujassam qiladi. Atomlar murakkab tuzilishga ega bo‘lib, elektron, proton, neytron va boshqa mikrozarralardan tashkil topgan. Atomlarning muayyan massa va olchami bor. Bir turdagi atomlar boshqa turdagi atomlardan massasi va xossalari bilan farq qiladi.
Tabiatdagi moddalarningturli-tumanligikimyoviy elementlar atomlarining o’zaro turlicha birikishi bilan izoxlanadi.
Molekula- ayni modda tarkibini va kimyoviy xossalarini ifodalovchi eng kichik zarrachadir. Molekulalar jipslashib moddalarni hosil qiladi.
Moddalaro’z tarkibi jixatidan oddiyva murakkab bo’lishi mumkin. Oddiymoddalarning molekulalari bir xil atomlardan, murakkab moddalarning molekulalari esa har xil atomlardan tuzilgan.
Molekulalarning o’zaro jipslashishi natijasida «molekulyartuzilishli»moddalarxosil bo’ladi. Ular katta bo’lmagan haroratlarda suyuqlanadi.
Molekulalarorasidao‘zarotortilish va itarilish kuchlari ta’sir etadi. Bu kuchlar qattiq moddalarda eng ko’p, gazlarda esa kam namoyon bo‘ladi. Molekulalar orasida oraliq masofa bo‘lib, uning o‘lchamlari moddaning agregat holatiga va temperaturaga bog‘liq.
Molekulavaatomuzluksizxarakatdabo’ladi. Molekulalarning harakatlanish tezligi temperaturaga bog‘liq. Temperatura ko‘tarilishi bilan molekulalarning harakatlanish tezligi ortadi.