Ar = Z(proton soni, tartib raqami) + N(neytron soni)
Atom yadrosidagi neytronlar soni element nisbiy atom massasi va uning tartib raqami orasidagi farqqa teng: N = Ar - Z
Masalan, kislorod atomining yadrosi 168O da 8 proton va 16 – 8
= 8 neytron bo‘ladi.
IZOTOPLAR. IZOBARLAR, IZOTON VA IZOELEKTRONLAR
Bitta elementning yadro zaryadlari bir xil, lekin massa sonlari turlicha bo‘lgan atomlar turlari izotoplar deyiladi. Har qaysi izotop ikkita kattalik: massa soni (tegishli kimyoviy element belgisining chap tomoni yuqorisiga yoziladi) va tartib raqami (kimyoviy element belgisining chap tomoni pastiga yoziladi) bilan xarakterlanadi. Masalan, vodorodning protiy, deyteriy va tritiy nomli izotoplari quyidagicha yoziladi:
1H, 2H(D), 3H(T)
1 1 1
Protiy Deyteriy Tritiy
Ko’rinib turibdiki bu zarrachalar bir-biri bilan neytronlari (va massasi) soni bilan farq qiladi.
Elementning atom massasi uning barcha tabiiy izotoplari massalarining shu izotoplarning tarqalganlik darajasi e’tiborga olingan o‘rtacha qiymatiga teng. Masalan, tabiiy xlorning 75,4% massa soni 35 bo‘lgan izotopdan va 24% massa soni 37 bo‘lgan izotopdan iborat; xlorning o‘rtacha atom massasi 35,453.
Yadro zaryadlari turlicha bo‘lib, massalari bir xil bo‘lgan atomlar turi izobarlar deyiladi. Masalan: 40K bilan 40Ar.
Atom yadrolarida neytronlar soni bir xil, ammo protonlar soni
bilan farqlanadigan elementlar izotonlar deyiladi. Masalan 24Mg
12
bilan 27Al; ikki elementda ham neytronlar 12 tadan. 62Cu bilan 63Zn
13
bularni neytronlari esa 33 tadan
29 30
Elektroneytral zarrachadan elektron chiqib ketsa, yoki qo’shilsa u ionga aylanadi. Ionlar bular zaryadlangan zarrachalardir. Elementdan elektron chiqib ketsa, yoki qo’shilsa uni o’ng yuqorisiga ishorasi yozib qo’yiladi. Masalan
Oltingugurtda neytrall holatda 16 dona elektron mavjud, zaryadi esa 0:
S -2 bu holatda esa oltingugurtda 18 dona elektron mavjud, ikkita elektron qo’shilgan
S +6 bu holatda esa oltingugurtda 10 dona elektron mavjud, 6 dona elektron chiqib ketgan.
Agar ikki zarachaning elektronlar soni teng bo’lsa ular izoelektronlar deb ataladi. Masalan Na bilan Si +4 ularda 11 tadan elektron bor, H 2O bilan NH 3 da ularda 10 ta elektron.
Misol-1: Nisbiy atom massasi 190, yadro zaryadi 76 bo‘lgan osmiy atomi yadrosida nechta neytron bor?
Yechish: n= Ar- p=190-76=114.
Misol-2: Atom massasi 96, yadro zaryadi 42 bo‘lgan Mo izotopi yadrosida nechta proton va nechta neytron bo‘ladi?
Yechish: Yadrodagi protonlar soni atom yadrosining zaryadiga teng.
Ar=p+n formula asosida neytronlar soni topiladi:
n= Ar- p=96-42=54.
Misol-3: Modda miqdori 1 mol bo‘lgan astat atomi yadrosidagi protonlar soni qancha bo‘ladi?
Yechish: Astatning yadro zaryadi 85, demak, bitta astat atomi yadrosida 85 ta proton bo‘ladi. 1 mol astatdagi atomlar soni 6,02 .10 23 ta bo‘lganligi uchun Nr=85 .6,02 .10 23=5,12 .10 25.
Misol-4: 0,5 mol suvdagi protonlar va elektronlar sonlari qancha bo‘ladi?
Yechish: Kimyoviy formulasi H2O bo‘lgan bir molekula suvdagi har bir vodorodda bittadan, jami ikkita va kislorodda 8 ta proton va shuncha elektron bo‘lganligi uchun 0,5 mol miqdor suvda Np=10.6,02.1023.0,5=3,01.1024 ta proton va shuncha elektron bor.
Misol-5: Uglerodning 12C va 13C, kislorodning 16O, 17O va 18O izotoplaridan nechta CO tarkibli oksidlar hosil bo‘lishi mumkinligini toping.
Yechish: 12C16O; 12C17O; 12C18O; 13C16O; 13C17O; 13C18O.
Misol-6: Tarkibida molyar ulushi 7,3 % 6Li va 92,7 % 7Li bo‘lgan litiyning nisbiy atom massasi topilsin.
Yechish: Masalani yechish uchun o‘rtacha molekulyar massa formulasidan foydalaniladi:
A 1 Ar 6 Li 2 Ar 7 Li
1m 2n 0,073 6 0,927 7 0,438 6,489 6,93.
1
2
r
1 2
0,073 0,927
Misol-7: Uglerodning 12C va 13C izotoplari ma’lum, agar uglerodning nisbiy atom massasi 12,011 bo‘lsa, izotoplarning molyar ulushlari qanday bo‘ladi?
Yechish:
A χ1Ar 12C χ 2 Ar 13C χ1m χ 2n χ112 χ 213 12,011.
r
χ1 χ 2
χ1 χ 2
χ1 χ 2
bundan 1+ 2=1 bo‘lganligi uchun ikkita ikki noma’lumli tenglama kelib chiqadi:
χ1 12 χ 2 13 12,011
χ
1 2 1
Bu tenglamalar sistemasi yechilsa, 1=0,989 yoki 98,9 % va 2=0,011 yoki 1,1 % kelib chiqadi.
Nisbiy atom massasi 10,81 bo‘lgan tabiiy bor 10B izotopining molyar ulushi 19,6 % bo‘lsa, borning yana qanday izotopi bo‘ladi?
Yechish:
10,81 0,19610 0,804 x va bundan x=11 bo’ladi va izlanayotgan
0,196 0,804
izotop 11B ekan.
Dostları ilə paylaş: |