4
1. Asosiy vositalarni turkumlash va baholash
Asosiy vositalarni guruhlarga ajratishda asosiy e’tibor ularning natural-
moddiy tarkibiga qaratiladi. Mehnat vositalarining bu turi natural-moddiy tarkibi
bo‘yicha quyidagi turkumlarga ajratiladi (1-rasm).
Yerni obodonlashtirish - yerni obodonlashtirish uchun sarf sifatida erni
yangidan o‘zlashtirish, uning unumdorligini oshirish, turli transport vositalariga
o‘tish va to‘xtash joylarini barpo etish, to‘siqlar va obodonlashtirishning boshqa
turlari qiymati bilan yer maydonini obodonlashtirishga taaluqli xarajatlar ham
hisoblanadi.
Binolar - asosiy konstruktiv qismlari jihatidan devorlar va tomga ega
bo‘lib, ishlab chiqarish binolari, tsexlar, ustaxonalar, boshqarma binosi,
omborxonalar, turar-joy binolari va boshqa ishlab chiqarish, ma’muriy-xo‘jalik
va ijtimoiy-maishiy maqsadlarda foydalaniladigan ob’ektlar hisoblanadi.
Binolardan foydalanishda zarur bo‘ladigan ularning ichidagi kommunikatsiya
vositalari (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz ta’minoti tizimi, elektr quvvati
uzatuvchi va yorituvchi elektr simlarining ichki tarmog‘i, ichki telefon va
signalizatsiya vositalari, yukko‘targichlar va lift xo‘jaligi) ham binolar tarkibiga
kiritiladi.
Inshootlar mehnat jarayoni va uning natijalarini o‘zgartirmagan holda
ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki umumiy vazifalarini bajarishga
sharoit yaratishda xizmat qiladigan yoki turli noishlab chiqarish vazifalarini
o‘taydigan ob’ektlar hisoblanib, inshootlar sifatida neft va gaz quduqlari, shaxta
yo‘llari, avtomobil yo‘llari, yo‘laklar, ko‘priklar, estakadalar, tunnellar, ko‘cha
yoritish chiroqlari, plyajlar, to‘g‘onlar va boshqalar hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: