2-jadval Kumulyativ usulda amortizatsiya hisoblash Amortizatsiya ajratmalari yillari Amortizatsi- lanadigan qiymat Yillik amortizatsiya summasi Jamg‘arilgan amortizatsiya 1-yil
60 000 000 (5/15 x 60 000 000) = 20
000 000
20 000 000
2-yil
60 000 000 (4/15 x 60 000 000) = 16
000 000
36 000 000
3-yil
60 000 000 (3/15 x 60 000 000) = 12
000 000
48 000 000
4-yil
60 000 000 (2/15 x 60 000 000) =
8000 000
56 000 000
5-yil
60 000 000 (1/15 x 60 000 000) =
4000 000
60 000 000
Yillar summasi usulida (kumulyativ usulda) amortizatsiya ajratmalarining
yillik summasi asosiy vositalar ob’ektining tugatish qiymati ayirilgan holda
boshlang‘ich (tiklash) qiymatidan hamda suratida ob’ektni foydali ishlatish
muddatining oxiriga qadar qoladigan yillar soni, maxrajida esa - ob’ektni foydali
ishlatish muddati yillari soni summasining nisbatidan kelib chiqqan holda
aniqlanadi.
Soliq solish maqsadlari uchun amortizatsiyani O‘zbekiston Respubli-
kasining Soliq kodeksining 144-moddasida belgilanganidan pastroq va soliq
to‘lovchining hisob siyosatida mustahkamlab qo‘yilgan me’yorlar bo‘yicha
hisoblashga yo‘l qo‘yiladi. Soliq solinadigan foydaning to‘liq hisoblanmagan
amortizatsiya
summasiga
soliq
solish
maqsadlarida
O‘zbekiston
Respublikasining
Soliq
kodeksining
144-moddasida
nazarda
tutilgan
me’yorlarga zid ravishda qayta hisoblash amalga oshirilmaydi.