8
5) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga o’tkazilgan
asosiy vositalar;
6) arxitektura yodgorliklari;
7) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari, yo’laklar, sayilgohlar,
xiyobonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo’lgan
obodonlashtirish inshootlari;
8) qiymati ilgari to’liq chegirilgan mol-mulk;
9) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tarkibiga o’tkazilmagan
kapital
qo’yilmalar.
Soliq solish maqsadida amortizatsiya qilinishi kerak bo’lgan mol-mulk
amortizatsiyaning quyidagi eng yuqori normalari bilan guruhlarga taqsimlanadi:
1
Soliq solish maqsadlari uchun har bir kichik guruh bo’yicha amortizatsiya
ajratmalari amortizatsiya normasini qo’llash orqali, biroq ushbu Kodeksda
belgilangan eng yuqori normadan oshmagan holda hisoblab chiqiladi.
Soliq solish maqsadlari uchun amortizatsiyani ushbu moddada
belgilanganidan pastroq va soliq to’lovchining hisob
siyosatida mustahkamlab
qo’yilgan normalar bo’yicha hisoblashga yo’l qo’yiladi.
Soliq solinadigan foydaning to’liq hisoblanmagan amortizatsiya
summasiga soliq solish maqsadlarida ushbu moddada nazarda tutilgan
normalarga zid ravishda qayta hisoblash amalga oshirilmaydi.
Foydalanishda bo’lgan asosiy vositalar ob’ektlarini oladigan soliq
to’lovchi ushbu asosiy vositalar ob’ekti bo’yicha
amortizatsiya normasini
mazkur asosiy vositalar ob’ektidan avvalgi mulkdorlar tomonidan foydalanilgan
yillar (oylar) soniga kamaytirilgan foydalanish muddatini hisobga olgan holda
belgilashga haqlidir. Agar mazkur asosiy vositadan avvalgi mulkdorlarda
amalda foydalanish muddati ushbu asosiy vositalarning ushbu moddada
tasniflanishi bilan belgilanadigan foydalanish muddatiga
teng yoki undan ortiq
bo’lsa, soliq to’lovchi texnika xavfsizligi talablarini va boshqa omillarni hisobga
olgan holda bu asosiy vositadan unumli foydalanish muddatini mustaqil
ravishda, lekin uch yildan kam bo’lmagan muddatga belgilashga haqlidir.
Foydalanishda bo’lgan asosiy vositalardan foydalanish muddatini aniqlash
imkoniyati bo’lmagan taqdirda, amortizatsiyani
hisoblash yangi asosiy
vositalarga bo’lgani singari amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar ob’ektlari bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash
hisobot davridagi korxona faoliyati natijalaridan qat’i nazar amalga oshiriladi va
u tegishli bo‘lgan hisobot davridagi buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Mulk hisoblangan yoki moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan
asosiy vositalarning eskirishi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi
schyotlarda amalga oshiriladi:
0211 «Yerni obodonlashtirishning eskirishi»;
0212 «Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni
obodonlashtirishning eskirishi”;
0220 «Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi»;
1 O'zR SK 144-moddasi
9
0230 «Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi»;
0240 «Mebel va ofis jihozlarining eskirishi»;
0250 «Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi»;
0260 «Transport vositalarining eskirishi»;
0270 «Ishchi hayvonlarning eskirishi»;
0280 «Ko‘p yillik o‘simliklarning eskirishi»;
0290 «Boshqa asosiy vositalarning eskirishi»;
0299 «Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning
eskirishi».
Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy
vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) kreditida,
xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar debeti bilan bog‘langan
holda olib
boriladi. Ijaraga beruvchi korxonalar joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar
bo‘yicha hisoblangan eskirish summasini tegishli asosiy vositalarning eskirishini
hisobga oluvchi schyotlarning (0200) krediti va 9430 "Boshqa operatsion
xarajatlar" schyotining debetida aks ettiradilar.
Dostları ilə paylaş: