11
keladigan amortizatsiya summasini aniqlaymiz. Har bir kilometrga to‘g‘ri
keladigan amortizatsiya summasi 44 so‘m (22000000so‘m/ 500000 km)ni
tashkil etadi.
Hisobot davrida amortizatsiya ajratmasi summasi 440 000 so‘mga teng:
10 000 km x 44 so‘m.
Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli.
Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan
qoldiqni kamaytirish usuli
amortizatsiyani hisoblash davrida amortizatsiyalanadigan aktiv qiymatining
kamayishini anglatadi. Mazkur usulga ko‘ra teng maromli (to‘g‘ri chiziqli)
hisoblash usulidan ikki baravar amortizatsiya me’yori mazkur hisobot davridagi
asosiy vositaning tegishli qoldiq qiymatiga ko‘paytiriladi. Ikki baravar
amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli bo‘yicha amortizatsiyani
hisoblashda faraz qilinayotgan tugatish qiymati boshlang‘ich (tiklash)
qiymatidan chegirilmaydi.
Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni
kamaytirish usulida
yillik amortizatsiya ajratmalari summasi hisobot yili boshidagi asosiy vositalar
ob’ektining qoldiq qiymatidan va mazkur ob’ektni foydali ishlatish muddatiga
bog‘liq holda hisoblangan amortizatsiyaning ikki baravar me’yoridan
kelib
chiqqan holda aniqlanadi.
Misol. «Elita» MChJ kesuvchi dastgohiga ega. Uning boshlang‘ich
qiymati 52000 ming so‘mni, foydalanish muddati oxiridagi tugatish qiymati
2000000 so‘mni, foydali xizmat muddati 5 yilni tashkil etadi. Hisob siyosatida
amortizatsiya ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish
usulini qo‘llash bilan hisoblanishi nazarda tutilgan. Bunda to‘g‘ri chiziqli usulda
amortizatsiya me’yori har bir yil uchun 20 % (100 %/5)ni tashkil etadi. Ikki
baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usulida amortizatsiya
me’yori 40 % (2 x 20 %)ga teng bo‘ladi. Ushbu qatiy belgilangan 40 % stavka
hisobot yili boshidagi balans qiymatiga nisbatan foydalaniladi.
Foydalanishning birinchi yilida amortizatsiya
ajratmasining yillik
summasi dastgohni buxgalteriya hisobiga qabul qilinganda shakllangan
boshlang‘ich qiymatidan kelib chiqib 20800000 so‘m (52000000 so‘m x 40
%/100) qilib aniqlanadi. Foydalanishning ikkinchi yilida amortizatsiya 40 foiz
miqdorda yil boshidagi qoldiq qiymatidan, ya’ni ob’ektning boshlang‘ich
qiymati va birinchi yil uchun hisoblangan amortizatsiya summasi o‘rtasidagi
farqdan hisoblanadi va 12480000 so‘m (52000000 - 20800000 so‘m) x 40 % /
100)ni tashkil etadi hamda keyingi yillar uchun shu zaylda davom ettiriladi.
Yillar summasi u su li (kumulyativ usul)
Yillar summasi usuliga (kumulyativ usulga)
muvofiq har yili amor-
tizatsiya
me’yori
amortizatsiya
muddati
oxiriga
qadar
qoladigan
amortizatsiyalanadigan qiymatga ulush sifatida aniqlanadi. Ulush amortizatsiya
ajratmalari tugaguniga qadar qoladigan to‘liq yillar sonini amortizatsiya
muddatini tashkil qiladigan yillar tartib sonlari summasiga bo‘lish
orqali
aniqlanadi.
Misol. «Elita» MChJ bo‘yoq quysh dastgohiga ega. Uning boshlang‘ich
qiymati 60 000 000 so‘mni, foydali xizmat muddati 5 yilni tashkil etadi.
12
Masalan, hisob siyosatida amortizatsiya yillar summasi usuli (kumulyativ
usuli)ni qo‘llash bilan hisoblanishi nazarda tutilgan.
Dostları ilə paylaş: