7
3-rasm. Asosiy vositalarning baholanishi
Boshlang‘ich qiymat - to‘langan va qoplanmaydigan soliqlarni
(yig‘imlarni), shuningdek aktivni undan mo‘ljal bo‘yicha
foydalanish uchun
ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan etkazib berish va montaj
qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan
holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish)
yoki xarid qilish
bo‘yicha haqiqatda qilingan xarajatlarning qiymati.
Joriy qiymat - ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha
asosiy vositalarning qiymati yoki xabardor qilingan,
bitimni amalga oshirishni
xohlovchi, mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib
olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun etarli bo‘lgan summa;
Dostları ilə paylaş: