Qabul qilingan texnik yechimlarni ilmiy iqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilish;
Texnik iqtisodiy talablarni izohlash, qo’yilgan masala yuzasidan yechimning mumkin bo’lgan muqobillarini tahlil qilish va ulardan eng maqbulini tanlash.
2. Kurs loyihasining mavzulari Kurs loyihasini bajarishda muhim masalardan biri uning mavzusini to’g’ri aniqlashdir
Kurs loyihasining mavzulari mazkur fanning o’quv vazifasiga javob berishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish va ilm-fanning dolzarb muammolari biln bog’liq bo’lishi lozim. Kurs loyihalari mavzularining amaliyligi- bu avvalambor ularning ilmiyligi, zamonaviyligi va talabalarda mustaqil ijodiy muhandislik ishga ko’nikmani shakllantirishga yo’naltirilganligidir. Kurs loyihasini har bir topshirig’ida texnik va texnologik yangilik qo’llanilishi ko’zda tutilishi shart. Topshiriqlarning takroriyligi, yildan yilga bir xil mavzularning takrorlanishi kurs loyihalarini ham o’quv ham muhandislik ahamiyatini kamaytiradi. Kurs loyihasining topshiriqlari shaxsiylashtirilgan bo’lib umumiy talablar pasaytirilmagan holda talabalarning qiziqishi va qobiliyati bilan bog’langan bo’lishi lozim.
Kurs loyihasini mavzusi, bitiruv malakaviy ishi mavzusi bilan bog’langan bo’lishi lozim.
Kurs loyihasining mazmuni, sohaga tegishli bo’lgan ma’lum bir texnologik jarayoni bajaradigan texnologik qurilma yoki mashinadan iborat bo’lishi kerak.
Kurs loyihasining topshirig’I kafedra tomonidan loyihaviy raxbar etib tayinlangan o’qituvchi tomonidan maxsus bosma qog’ozda berilib unda quyidagilar ko’rsatiladi:
loyihalanayotgan qurilma yoki mashinaning nomi:
qurilma yoki mashinani loyihalash uchun asosiy shartlar va ko’rsatkichlar: