O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
TEXNOLOGIYA FAKULTETI
“ ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYON VA QURILMALAR ”
fanidan 60720100 –oziq –ovqat texnologiyasi (yo’nalishi 3-kurs talabalari uchun kurs loyihasini bajarish bo’yichа
USLUBIY KO’RSATMA
QARSHI- 2023 y.
Tuzuvchi: ass.Boynazarova Yu
fss.Qobilova N
Taqrizchilar: t.f.n.Lutfullaev S.
Achilova D. -Qarshi yog’-ekstraktsiya OAJ texnologi
Uslubiy ko’rsatma “Kimyo” kafedrasining 20 yil “__” _______ dagi (____-bayonnoma) yig’ilishida, texnologiya fakulteti uslubiy komissiyasining 20 yil “__”_______ dagi (___-bayonnoma) yig’ilishida ko’rib chiqilgan va chop qilishga tavsiya etilgan.
“Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar” fanidan kurs loyihasini bajarish bo’yicha tayyorlangan uslubiy qo’llanma 5321000-Oziq–ovqat texnologiyasida o’qiyotgan bakalavrlar uchun mo’ljallangan bo’lib, ushbu yo’nalish bo’yicha tasdiqlangan fanning namunaviy dasturi asosida tuzildi.
Kirish
O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqiyot dasturi qisqa vaqit ichida mamlakat sanoat komplekisini kengaytirish va mustaxkamlash, tadbirkorlarning tashabusskorligini oshirish, yuqori malakali mutaxassislarga ega bo’lishni ko’zda tutadi.
Yog’-moy sanoati va don va don mahsulotlari qayta ishlash sanoati uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash jarayonida “Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar” fani alohida o’rin tutadi. Chunki bu fan o’simlik moyiari ishlab chiqarish va qayta ishlashda ishlatiladigan texnologik jarayonlar, don va don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash jarayonlari va qurilmalari haqida umumiy tushuncha va ko’nikma beradi.
Ushbu fanni o’rganishda talabalarni mustaqil fikirlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun kurs loyihasini bajarishda alohida e’tibor berish talab etiladi. Shuni nazarda tutgan holda mazkur uslubiy qo’llanma yaratildi.
Oily texnik va texnologik ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bitiruvchilarda moddiy ishlab chiqarishdagi ilmiy texnik masalarni yechimini topishga imkon beruvchi chuqur bilim va ko’nikmalarni shakllantirishda kurs loyihalarning ahamiyati kattadir. Kurs loyihasini bajarish jarayonida talaba egallagan nazariy bilimlari va mavjud me’yoriy hujjatlar, ma’lumotnomlar va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib amaliy masalalarni mustaqil ravishda yechish hamda o’z g’oya yechimlarni jamoada himoya qilish ko’nikmasini egallaydi.
“Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar” fanidan kurs loyihasini bajarish orqali olingan bilimlarni sistemalashtirib, loyihalashda o’zlarini oldilariga qo’yilgan vazifalarni echishda mustaqil ishlash xususiyatlarini namoyon qiladilar.
Dostları ilə paylaş: |