Loyihaning hisob va tushuntirishlar qismining hajmi 20-30 yozma qog’ozli betdan iborat bo’lib, u qog’ozning bir tomoniga ruchka bilan yoziladi. Yozuv qog’ozining o’lchami 2I0x297mm. Birinchi betga 1-ilovada va qolgan har bir betga 2-ilovada ko’rsatilgandek hoshiya chizilgan bo’lishi kerak.
Loyihani chizma qismi 1 yoki 2ta A2 formatli vatman qog’oziga chiziladi. Bunda loyihalanayotgan qurilma yoki mashinaning 2 yoki 3 ta tasviri (proyeksiyasi ) qirqimlarda ko’rsatiladi va uning murakkab qismlarini alohida qismlari chiziladi.
Loyihaning hisoblash va tushuntirishlarning qismi quyidagi bo’limlardan iborat:
sarvaraq (1- ilova)
loyihaning topshirig’i (2-ilova);
mundarija;
kirish;
loyihalanayotgan qurilma yoki mashina ishlatiladigan texnologik jarayon haqida va bu jarayonda ishlatiladigan qurilma va mashinalarining qisqacha tavsiyasi;
III.LOYIHANING HISOBLASH QISMI BO’LIMLARINING MAZMUNI 3.1 Kirish Bu bo’limda yog’-moy sanoatining hozirgi va kelgusidagi rivoji haqida tarmoqning xalq xo’jaligidagi tutgan o’rni haqida uning texnika va texnologiya bilan ta’minlanganligi qay darajada mexanizatsiyalashtirganligi va avtomatlashtirilganligi haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Bo’lim oxirida loyihalanayotgan qurilma yoki mashinaning tarmoqda tutgan va uni rivojlanishdagi ahamiyati haqida fikr yuritiladi.