Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar



Yüklə 192,25 Kb.
səhifə6/9
tarix07.01.2024
ölçüsü192,25 Kb.
#204288
1   2   3   4   5   6   7   8   9
KURS LOYIHASINING MAQSADI VA VAZIFALARI (6)

3.7. Mexanik hisoblash
Bu bo’limda loyihalanayotgan qurilmaning mexanik chidamliligi qurilma devorlarining qalinligi, qopqog’larning qalinligi hisoblaniladi. B’zan qurilmalar uchun qurilmani ushlab turuvchi tayanchlar va ular o’rnatiladigan fundamentlar hisoblaniladi.
Agar loyihalanayotgan qurilma mexanik qurilma yoki transport qurilmasi uchun reduktorlar, turli uzatmalar va boltli birikmalar hisoblanib, tanlab olinadi.
3.9. Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi
Bu bo’limda loyihalanayotgan qurilmani ishlatishda amal qilishda kerak bo’lgan texnika xavfsizligi qoidalari, agar qurilma shovqin biln ishlasa tokidan himoyalovchi vositalar uni kamaytirish jihozlari qurilmani olov va elektr tokidan himoyalovchi vositalar, agar qurilmaning tez aylanuvchi qismlari bo’lsa ularda ishchilarni himoya qilish vositalari, agar qurilmani issiqlik chiqaruvchi yuzalari bo’lsa ularni himoya qilish vositalari yozilishi kerak.
Agar loyihalanayotgan qurilmada yoki mashinada texnologik jarayon vaqtida yon-atrof muhitga zarar yetkazadigan gazlar yoki mahsulotlar chiqarsa, ularni kamaytirishning texnikaviy va texnologiyaviy usullari loyihada ko’rsatiladi.
3.10. Xulosa
Bu bo’limda loyihada qilingan ishlarga qisqacha yakun berilib, loyihalanayotgan qurilmaning asosiy texnikaviy tevsifi va uning iqtisodiy foydali tomonlari ko’rsatiladi. Agar loyihada biror-bir konstruktiv o’zgartirishning texnikaviy-iqtisodiy afzalliklari ko’rsatiladi.
3.11. Loyihaning chizma qismini bajarish tartibi.
Loyihaning chizma qismi quyidagilardan iborat:

  • Loyihalanayotgan qurilma yoki mashinaning umumiy ko’rinishi 2-3 proyektsiyasi bilan-I vatman.

  • Qurilma yoki mashina alohida qismlari va unig uzatmalarini kinematikaviy sxemasi-I vatman.

Chizma qismning hajmi loyihalanayotgan qurilmani sodda yoki murakkabligiga bog’liq, lekin 2 vatmandan kam bo’lmasligi kerak.
Chizmlar A1 formatli vatman qog’ozga “Konsruktiv hujjatlarni yagona sistemasi” qoidalariga amal qilgan holda qalam bilan chiziladi. Vatman qog’ozdagi hamma chizmalardagi burchak shtamplar 3- ilovada ko’rsatilgandek bo’lishi kerak. Chizmalardagi burchak shtamplardagi chizmachilik shriftlari qoidalariga mos holda yozilishi kerak.
Loyihalanayotgan qurilmani sodda yoi murakkabligiga qarab 2-3 ta proyeksiyasi, agar zarur bo’lsa, qirqim ko’rsatiladi.
Chizmaga qurilmaning asosiy o’lchamlari, hamma qismlarga tasvirlas raqmlari qo’yilib bu raqamlar spesifikatsiyaga yoziladi. Spesifikatsiya 3- ilovaga bajariladi.
Bir varaq A1 bichimidagi (594x841) chizma qog‘ozida bo‘lib, unda uskunaning konstruktiv va ayrim detallashtirilgan chizmasi O‘zDSt 2.302:97 (1:2; 1:1,25; 1:4; 1:5; 1:10; 1:15; 1:20; 1:25; 1:40; va x.k.)da berilgan va loyiha uchun tanlab olingan masshtabda bajariladi.
Har qanday chizma konstruktorlik hujatlarining yagona tizimi (KHYAT) (ESKD – yedinaya sistema konstruktornoy dokumentatsii) standartlarida chiziladi. KHYAT (ESKD) standartlari turli chizmalarni (konstruktorlik hujjatlarini) tayyorlash va taxt qilishning barcha sanoat tarmoqlari uchun yagona qoidalarni belgilovchi meyoriy hujjat hisoblanadi.
davlat standartlari barcha loyihalash tashkilotlari va o‘quv yurtlari uchun bir xil majburiydir.
Chizmalar texnik chizmachilik qoidalari asosida (O‘zDSt 2.302:97) tasvirlanib, chizma chiziqlari quyidagi qalinlikka ega bo‘lishi kerak.
1. Asosiy yo‘g‘on tutash chiziq s = 0,5…1,5 mm
2. Shtrix chiziq ­­­­­­­­_ _ _ _ _
3. Ingichka chiziq
4. Ingichka shtrix – punktir chiziq
5. Ingichka tutash to‘lqinsimon chiziq
6. Uzuq chiziq – kesuvchi tekislikning boshi va ohiri, shuningdek sinish yo‘nalishlari
Chizmadagi asosiy va uzuq chiziqlar M, qolgan chiziqlar TM va T turdagi qalamlarda bajariladi.
Asosiy yozuv (uglovoy shtamp) O‘zDSt 2.104:98 talablariga asoslanib chizmalarni izohlash, chizma nomi, masshtabi, materiali, chizma chizuvchining, chizma tekshiruvchining va qabul qiluvchining ismi, familiyasi hamda boshqa talab qilinadigan ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladigan burchak muhri, ya’ni asosiy yozuv shaklidir. U ko‘rsatilgan standartlar talabi bo‘yicha A1 bichimidagi chizma qog‘ozining pastki o‘ng burchagiga chiziladi. Burchak shtampining o‘lchamlari, mazmuni va to‘ldirilgan namunasi 3-ilovada keltirilgan.
Asosiy yozuvning yuqorisida uskuna qismlarining nomlari (spetsifikatsiya) beriladi. Spetsifikatsiyani to‘ldirish pastdan yuqoriga tomon bajariladi. Spetsifikatsiya shaklining o‘lchamlari va tarkibi 4-ilovada ko‘rsatilgan.

Yüklə 192,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin