3.2. Loyihalanayotgan qurilma yoki mashinalarning uxshahsh turlari, tuzilishi va texnik tavsiyasi Bu bo’limda loyihalanayotgan qurilma yoki mashina ishlatiladigan texnologik jarayoni bajarish uchun tarmoqda ishlatilayotgan qurilma va mashinalarga qisqacha tavsiya berish va ularni tahlil etib loyihalanayotgan qurilmani afzallik tomonlarini ko’rsatish kerak.
Loyihalanayotgan mashina yoki qurilma ishlatiladigan texnologik jarayon haqida loyihaning maqsadi, loyihalashda bajariladigan texnik yoki konstruktiv o’zgartirishlar, qurilmaning kamchilik va afzalliklari haqida tushuntirishlar beriladi.
3.3.Loyihalanayotgan mashina yoki qurilmani tuzilishi va ishlashi haqida Bu bo’limda loyihalanayotgan qurilma yoki mashinaning tuzilishi va ishlashi.
Chizma qismda ko’rsatilgan chizma asosida chizmadagi qurilmaning qismlari nomeri ko’rsatilib izohlanadi.
Agar loyihanalanayotgan qurilmaning alohida qismi bo’yicha qo’shimcha topshiriq berilgan bo’lsa o’sha bo’lim to’liq yoziladi.
3.4. Texnologik hisoblash Texnologik hisoblashdan maqsad loyihalanayotgan quilmada texnologik jarayon uchun sarf bo’ladigan xom-ashyo yoki ayrim mahsulotlarni miqdorini hisoblab qurilmaning ish unumdorligi topiladi. Bu topilgan qiymatlar konstruktiv hisoblashda mexanikaviy va issiqlik bo’yicha hisoblashlarda asosiy son qiymatlar bo’lib hisoblanadi.
Qurilmada yoki mashinada ishlatilayotgan mahsulotning miqdorini uni o’zgarishini hisoblashda qo’llanmalardagi formulalardan foydalaniladi. Bunda mahsulot sarfi va chiqindilar miqdori tarmoqda qabul qilingan normativ bo’yicha olinadi. Qurilmada qayta ishlash uchun sarf bo’ladigan mahsulot miqdorini, qurilmaning konstruksiyaviy o’lchamlarini hisoblash uchun mahsulot balansi tuziladi.
3.5. Issiqlik hisobi O’simlik moylari ishlab chiqarish va ularni qayta ishlashdagi ko’pgina texnologik jarayonlarda issiqlik qo’llaniladi. Turli mahsulotlar, yarim mahsulotlar va tayyor mahsulotlar isitiladi, qaynatiladi, bug’latiladi, quritiladi, sovutiladi. Bu maqsadlarda ko’pgina issiqlik bilan ishlaydigan qurilmalar jumladan issiqlik almashtirish, bug’latish va quritish qurilmalari qo’llaniladi.
Issiqlik bilan ishlaydigan qurilmalarni loyihalayotganda qurilmaning issiqlik balansi tuzilib unda issiqlik eltuvchi ( par, issiq havo, qaynoq suv va h.k) sarfi topiladi. Shundan so’ng qurilmaning issiqlik berish yuzasi hisoblanadi va bu yuzaga asosan qurilmaning geometric o’lchamlari hisoblanadi.