3.5. Asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni hujjatlashtirish, schyotlarda aks ettirish hamda soliqqa tortishning to‘g‘riligini tekshirish
Kurs ishi ishning dolzarbligi. Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon‘yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur‘atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.1 So‘ngi yillarda mamlakatimizda bank sohasini rivojlantirishda milliy dastur va kontseptsiyalarning qabul qilinishi esa sohada strategik rejalashtirishni ta‘minlash, innovatsion faoliyatni amalga oshirish hamda investitsion salohiyatni oshirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan bir qatorda bank xizmatlari bozori mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanch sektorlaridan biriga aylanib, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta o‘rin egallamoqda. Bank sohasini moliyaviy barqarorligini ta‘minlashdagi asosiy omillardan biri banklardagi asosiy vositalardan samarali foydalanishdir. Banklarning faoliyatini, ayniqsa asosiy vositalarning holati, saqlanishi va harakatini nazorat qilishni qanday usulda tashkil qilinishini belgilash muhim muammolardan biri hisoblanadi. Asosiy vositalardan samarali foydalanish ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish)ni rivojlantirishga, korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilashga yordam beradigan zarur vositadir.
Bank sohasi ishlab chiqarishga investitsiya jalb qilish, texnik qurollanganlik darajasi va xodimlarni ish bilan ta‘minlash bo’yicha O’zbekistonning yetakchi sohalaridan biridir. U ishlab chiqarishni rivojlantirishi, hamda iqtisodiyotni barqarorlashtirishda va jamiyatni rivojlanishiga ta‘sir o‘tkazadigan muhim omillardan biri hisoblanadi.
“Agrobank” ATB ning asosiy maqsadi barcha O‘zbekiston hududi bo‘ylab aholi, davlat tizimlari va idoralarini jumladan, olis aholi punktlarida istalgan vaqtda eng zamonaviy hamda sifatli bank xizmatlari bilan ta‘minlashdan iboratdir. Bank sohasini modernizatsiya, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda kompaniyaning bararor rivojlanishini ta‘minlash uchun muhim investitsion loyihalarni amalga oshirish zarurdir. Bundan tashqari sohani moliyaviy barqarorligini ta‘minlashdagi asosiy omillardan biri banklaridagi asosiy vositalardan samarali foydalanishdir.
Bozor munosabatlari sharoitida har qanday xo’jalik yurituvchi subyekt o’z tasarrufidagi barcha resurslardan ya‘ni moliyaviy, moddiy va mehnat hamda ulardan foydalanish samaradorligini to’g’ri boshqarishni ta‘minlashi zarurdir. Hozirgi kunda har bir korxona va xo‘jalik ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun ma‘lum miqdordagi doimiy aktivlarga ega. Doimiy aktivlar esa asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar shaklida namoyon bo‘ladi. Shundan doimiy aktivlardan biri bo‘lgan asosiy vositalar, ishlab chiqarishda uzoq muddatda qatnashganligi sababli, mulk egasining bugungi sarflagan mablag‘i bo‘lib bir necha yildan keyin joyiga qaytib keladi. Asosiy vositalardan foydalanish hisobini tashkil qilishni takomillashtirish buxgalteriya hisobini takomillashtirish bilan bog‘liqdir.
Ma‘lumki, bank sohasidagi ishlab chiqarish fondlarining katta qismini (92 – 95 %) asosiy ishlab chiqarish fondlari tashkil etadi. Bank sohasini moliyaviy barqarorligini ta‘minlashdagi asosiy omillardan biri bo‘lgan, asosiy vositalarning holati va harakatini hisobga olish, ulardan samarali foydalanish, bekor turib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik va nazoratini takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Ushbu qayd qilinganlar kurs ishi mavzusining dolzarbligini belgilaydi.