Asr oshgan asarlar



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Yigirma to ‘rtinchi bob
Bog‘i Jahon oro kun sari kuchli qizdirgan quyosh- 
da yashnar, kumushlangan hovuzlar bo‘yida juft-juft 
bo‘lib yalqovgina qadam tashlagan tovuslarning qa- 
notlari kabi, xilma-xil tovlanar, go‘yo har lahzada o ‘z 
husni-latofatini to‘lishtirib turar edi.
Xuddi oltin bilan to ‘qilgandek yorqin havoda ajo- 
yib charx urib, kabutarlar — qanotli raqqoslar o‘ynar- 
di. Husayn Boyqaro bo‘yni tolib, ko‘zi yoshlanguncha 
tomosha qildi. Mulozim yaqinda keltirilgan urishqoq 
qo‘chqorlarni, agar u amr etsa, ko‘rsatish mumkinli- 
gini bildirdi. Husayn Boyqaro kecha haddan ortiqroq 
ichib qo‘yganidan, hozir ko‘ngli behuzur edi. U, erta- 
ga jang qildirib ko‘rarmiz, deb mulozimni qaytarib 
yubordi. Keyin orqasida har vaqt ergashib yuradigan 
suhbatdoshlariga qo‘li bilan, qola beringlar, degan
338


ishoratni qilib, o ‘zi qasrga kirdi. Eshik og‘asi 
Boboaliga Abdulhayni chaqirishga buyurdi-da, oltin 
taxtda chordona qurib oldi. U o‘z tenglariga qaragan- 
da ancha qarimsiq ko‘rinar edi. Bir vaqtlar o ‘tkir, 
o'ynoq ko‘zlari endi zaiflashgan, qilichni zarb bilan 
uradigan baquw at qo‘llar ba’zan darmonsizlikdan 
titrar, gavdasi cho‘kkan edi. Shuning bilan barobar u 
hali o‘zini tetik tutishga tirishar edi. Haqiqatan, goho 
awalgi g‘ayratga kirar, kerakli vaqtlarda azm-sabot 
ko‘rsata bilardi. Ulug‘ bobosi Temur kabi yangi mam- 
lakatlar zabt etish orzusida qonli, sermashaqqat safar- 
lami u aslo o ‘ylamagan bo‘lsa ham, ammo kuchli 
raqiblar qo‘lida davomli kurashlarda tortib olingan 
mamlakatni qo‘riqlashga hamisha tayyor edi. Viloyat- 
larga ko‘z tikkan xonlarga yoki goho toju taxt uchun 
olovlangan ichki isyonlarga qarshi safarlarga chiqish- 
dan erinmasdi.
Bosh tabib Abdulhay kirib, ta ’zim qildi. Tib qoida- 
lariga qattiq rioya etib, umrining ko‘pini parhez bilan 
kechirgan tabib, soqolining oqiga qaramay, kaltakday 
mahkam edi.
— Behuzurmilar? Muborak tomirlarini ko‘rib 
qo‘yaymi? — murojaat qildi Abdulhay ta’zim bilan 
oldinga yurib.
— Bizga bir oz ma’jun bersangiz kifoya.
— Sezgan edim, kecha chizi... — dedi-da tabib 
orqasi birlan yurib chiqib ketdi.
M a’junni yeb, ta’siri bilingandan keyin, Husayn 
Boyqaro bosh vazimi qabul qildi. Majididdin pod- 
shohga, har vaqtdagidan ham ko‘ra, yaqinroq o‘tirib, 
ma’ruza qildi. Raiyat'ning xursandligi, lashkaming 
hamma ehtiyojlari to‘la ta’min etilganligi haqida juda 
silliq gapirdi. Keyin sarhadlardan kelgan xabarlar, 
viloyat va tuman beklaridan olingan maktublar bilan 
tanishtirdi. Husayn Boyqaro m a’ruzani diqqat bilan 
tingladi, bosh vaziming fikriga boshini liqillatib, 
qo‘shilganini bildirib turdi. Xazinaga mablag1 to‘play
1 B ir davlatga to b e fuqaro, aholi.
339


bilgan vazirga ishonchi zo‘r edi. Garchi u butun mam- 
lakat ishini o‘z qo‘liga olib, uning e’tiborli beklarini 
ham biylatmay, ularning jiddiy shikoyatlariga sababchi 
bo‘lsa ham, bu xususda unga og‘iz ochmagan edi. 
Kecha Ibrohim Chig‘atoy, Tangriberdi Samonchi, 
Yomg‘urchi beklar bosh vazirga qarshiliklarini ochiq- 
dan-ochiq bildirishganidan, beklar bilan muomalada 
nozik bo'lish to‘g‘risida bir necha og‘iz so‘z uqtirib 
o‘tdi. Majididdin, asabiyligi va qiziqqonligi orqasida, 
b a’zan o ‘z xohishiga qarshi kishilarni ranjitishi 
to ‘g‘risida so‘zladi. Keyin birdan tovushini sirga 
ko‘mib, murojaat etdi:
— Ijozat bersalar, kamina zoti oliylarini bir muhim 
ishdan ogohlantirsam...
— Marhamat qiling, — Husayn Boyqaro ko‘zlari- 
ni katta ochib, boshini vazir tomon egdi.
— Xo‘ja Afzal Iroqda, Yaqubbekning qoshida 
emish, — davom etdi vazir, — va Yaqubbek jihatidan 
g‘oyat zo‘r ehtirom, dabdaba bilan qarshi olinmish... 
Makka sayohati bir bahona bo‘lsa kerak, deb gumon 
qilamen. Ko‘rdingizmi, toj, davlatingizning dushmani 
Astrobodda yotib, qanday xiyonatlar bilan shug‘ullan- 
moqda? Makr to‘rini u uzoqqa yoygan.
— Yaqubbekning qalbi sof emas. Aks holda, men 
Astrobodga haydagan bir shaxsga elchilar yuborib, 
ulug‘ iltifotlar ko‘rsatarmidi? Barchasi dushmanlik 
namoyishi! — dedi noxushlanib Husayn Boyqaro.
Majididdin podshohning yuziga tikilib, unda har 
nafas sayin kuchaygan g‘azab va nafratni ochiq 
payqadi. Yana bir tomchi moy quyib, g‘azabini alan- 
galatmoqchi bo‘ldi.
— Olingan ma’lumotlarga binoan, — dedi Maji­
diddin, — Balxda ham ahvol yaxshi emas. Garchi u 
yerda hokimiyat Faridun Mirzo'ning qo‘llarida bo‘lsa 
ham, lekin shahzoda janoblarining yoshligi va tajriba- 
sizligidan foydalanib, Darveshali jamiki ishlami o‘z 
bilgicha olib bormoqda emish. Og‘a bilan ini orasida
1 Shahzodalardan biri.
340


paydar-pay choparlar qatnab turmoqdaki, bu xususda 
har kun yangi m a’lumotlar olurmen.
— Hozirlik ko‘ringiz, toki g‘aflatda qolib, pushay- 
mon bo‘lmaylik! — asabiylanib dedi Husayn Boy- 
qaro.
Majididdin g‘urur bilan qaddini rostladi, Astrobod 
dardisarini bartaraf qilmoq uchun qat’iy choralar 
ko‘rishni va’da qildi.
Husayn Boyqaro Hisor voqealari, Sultonmu- 
rodning yangi kirdikorlari haqida so'zlashib o‘tirib, 
gap orasida birdan shayx ul-islomning farmonini es- 
latdi:
— Bu qanday hoi? Men tamom bexabarmen. Mad- 
rasalarda tolibi ilmlar, bir ko‘p mudarrislar g‘oyat 
mutaassir bo'lgan emishlar.
— Alisher Navoiyning «Ixlosiya» madrasasi va 
xonaqosi fltna-fasod o ‘chog‘idir, — dedi Majididdin 
g‘amgin bir tur bilan. — Ilm va falsafa nomi bilan 
Alisher tayinlagan mudarrislaming aksari dahriylikni 
ta’lim bermoqdalar.
— Sultonmurod — favqulodda iste’dodli olim, 
deydilar... — boshini tebratdi achinib Husayn 
Boyqaro. — Afsuski, haqiqat yo‘lidan adashmish.
— Siyosatda u qora xalq tarafdori emish. Hukumat 
dehqonlarga va kosib-hunarmand ahliga g‘amxo‘rlik 
qilishi kerak va hokazo degan safsatalami talabalarga 
talqin qilar emish.
Husayn Boyqaro butun madrasalarda nazoratni 
kuchaytirmoq kerakligini vazirga uqtirdi.
— Har bir madrasada odamlarimiz bor... «Ixlo- 
siya»da ko‘proq! — dedi kulib Majididdin.
Husayn Boyqaro yengillanib, o‘rnidan turdi. Vazir- 
ni o ‘zi bilan musiqiy tinglashga taklif etib, devorlari 
xitoyi chinnidan ishlangan xonaga o‘tdi.
341



Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin