M ay xo ‘rdanu shod budan oyini man ast,
Forig ‘ budan zi kufru din, dini man ast.
Guftam ba arusi dahr kobini tu chist?
Gufto dili xurrami tu kobini man ast.'
Keyin Arslonqulga m a’nosini tushuntirdi. Unga
juda yoqdi: «Maydan ham totli so‘zlar ekan-ku”, deb
tebrandi. Uchovlari xursandlik bilan piyolalarni
bo‘shatdilar-da, yemoqqa boshladilar. May o‘tkir edi.
Yana bir piyoladan ichilgach, odatda oz ichadigan
Sultonmurodning yuzlari qizarib, ko‘zlari yona bosh-
ladi. Undan tashqari, vaziming qoshiga boradigan
bo‘lgani uchun uni ortiq qistamadilar. Zayniddin bi
lan Arslonqul yana ikki piyoladan ichishdi. Sulton
murod tinmasdan Xayyomning eng go‘zal ruboiylarini
o‘qib, m a’nolarini ajoyib ustalik, chechanlik bilan
izohlashga boshladi. Mayga doir yana bir ko‘p arabiy,
forsiy, turkiy go‘zal baytlar, ruboiylami qatorlashtirib
‘ M a ’ n o s i : M en in g y o 'lim , m aslagim m a y ichish va sh o d lan ish d ir; diniy
ish lard an u z o q tu rm o q m en in g d in im d ir. K elin g a o 'x sh a sh d u n y o d an : «Sening qali-
n in g n im a?» deb s o 'ra d im . U : «M ening q alin im sen in g qayg‘usiz shod k o 'nglingdir»,
d eb jav o b berdi.
320
tashladi. Zayniddin qiziq latifalar so‘zladi. Ayniqsa,
mudarris mavlono Fasihiddin haqidagi hikoyasi uzoq
va qattiq kuldirdi. Mavlono Fasihiddin bir kecha
nuqul o ‘spirinlar bilan may bazmi tuzibdi. Xiyla may
ichishib, musiqiy avjga chiqib, jon olg‘ich qo‘shiqlar
yangrab, bazm dolig‘uliga yetganda, shishalarda may
qolmaganligi bilinibdi. Qoq yarim kecha; shu vaqtda
bazmni sovutmasdan, chetdan may topib kelishning
iloji yo‘q. Bazmchilar shishalar tagidagi quyqumni
suzmoqqa qaror qiladilar. Shu pallada mast-alast
shavqqa to ‘lgan mavlono Fasihiddin ko‘rkam oppoq
soqolini tutamlab, yoshlarga shunday debdi: «Men bu
soqolimni qancha-qancha yillardan buyon har kun
necha mahal sobun bilan yuvib, tarab kelamen. Agar
bu soqol shu onda korimga yaramasa, sassiq alafdek
yulib tashlaganim yaxshi. Qani, yigitchalar, yerga
idish qo‘yib, may quyqumini soqolim bilan suzinglar!»
Majlis ahli bir-birlarini quchoqlab, mast suron ko‘ta-
rib, mudarrisning oppoq soqolida mayni suzauil?r!
Bu hikoya qo‘zg‘agan davomli kulgudan go‘yo
charchagandek, bir nafas sukut, so‘lish oldilar. Keyin
Zayniddin qaydandir tanbur toptirib, qizlamikidek
nozik, chaqqon barmoqlari bilan chertdi; ishqqa,
hijronga doir chuqur hazin ashula aytdi. Har bir so‘z
Sultonmurodning yuragiga cho‘g‘dek yopishardi. U
sadolarning dardli, sevguchi ruh uchun shirin sehriga
berilib, boshini qo‘llari orasiga oldi-da, jim qotdi. Kuy
bitgach, do‘stiga chuqur qayg‘u ifodalagan bir nazar
tashladi. Zayniddin olimning yurak sirini payqadi
shekilli, tanbum i devorga tirab qo‘ya qoldi.
Kun xiyla oqqandan so‘ng mehmonlar Arslonqulga
minnatdorlik bildirib, uning o‘g‘ilchasiga yaxshi tilak-
lar bayon qilib, o ‘rinlaridan turdilar. Zayniddin o‘z
uyiga jo ‘nadi.
Sultonmurod vazir bilan bo‘lajak muloqotini o‘zi-
cha tasaw ur qilib, Hirotning shimol tomoniga qarab,
dadil yurib ketdi. Tor ko‘chalardan keng yo‘lga chiq-
di. Jum ’a bo‘lganidan hamma yoqda odam qalin. Bir
necha navkarlar qilichlarini yalang‘ochlab, sharobxo-
1 1 -4 7 3 3
321
nada mast bo‘lib, xanjarbozlik qilgan avboshlami olib
ketmoqdalar. Ularning ketidan bolalar va tekin
tomoshaga o‘ch bo‘lgan katta-katta odamlar o‘zaro
qichqirishib, birini yoqlab, birini qoralab sudralib bor-
moqdalar. Zaryoqa to ‘nli, olifta etik kiygan bekzo-
dalar go‘zal turkman otlarini gijinglatib daladan, chav-
gon o‘yinidan qaytadilar. Hirotning faqirlari uchta-
to ‘rttadan bo‘lib, endigina murg‘ak barglar chiqargan
va quyoshda shaffof yashillangan daraxtlar ostida, xi-
yobonlar bo‘ylab machchoyi sayil qilib yuradilar.
Uzoqda azamat qo‘rg‘onlarning kunguralari, baland
minoralaming xilma-xil olovlangan naqshlari, bog‘-
chalar orasida ajoyib ruhafzo ko‘shklar, koshonalar
ham bir-birining ustiga mingandek, chaplashib ketgan
past, buzuq-yoriq, qing‘ir-qiyshiq faqir uylar, egar-jab-
duqlari kumush bilan ishlangan tulpor otlar, kir
to ‘qimli oriq-tiriq eshaklar, kimxob jomalar va yamoq-
yasqoq olacha yaxtaklar hayotning qurama manzarasi-
ni tashkil etardi.
Sultonmurod noib us-sultonning yangi bog‘iga
yetib, navkarlar, mulozimlar qaynagan darvozada to ‘x-
tadi. Sinovchi nazarlar, burun va yuzlaming sezilar-
sezilmas, qiyshayishlari ta’siri ostida sodda olim iyma-
nib, bir lahza tili qotdi. Ichida Zayniddinni koyib ham
qo‘ydi. Nihoyat, o‘zini kulunch ahvoldan qutqarishga
jasoratlandi. Aft-boshi, kiyimi va o‘zini tutishi bilan bu
yerdagilaming boshlig‘i ekani ko‘rinib turgan bahay-
bat bir yigitga murojaat qildi:
— Majididdin Muhammad janoblariga muloqot
niyatida kelmish edim. Marhamat qilib, meni ul zot-
ning oliy huzurlariga boshlasangiz.
— Kimligingizni bildiringiz. Men harakat qilib
ko‘ray. Toleingiz bo‘lsa... — dedi mulozim beparvolik
bilan qayoqqadir qarab.
Sultonmurod ismini va «Ixlosiya«dagi mavqei ham
vazifasini aytdi. Mulozim, go‘yo tegajaklik qilganday,
navkarlar bilan bir necha vaqt gap sotishib, uni-buni
surishtirib, keyin yumush bilan kelgan ikki sipohini
boshlab ichkari kirib ketdi.
322
Mulozimdan hadeguncha darak yo‘q. Sulton-
murodning madrasa ahliga xos bo‘lgan g‘alati tajangli-
gi tutib, u yoq-bu yoqqa yurib turganda, orqasida
shahzodalarning xos yigitlaricha kiyingan ikkita
xushro‘y yigitni ergashtirib, otlarda To‘g‘onbek chaq-
moqday yetib keldi. Navkarlar hansiragan otlaming
jilovidan tutdilar. T o‘g‘onbek chavandozlarcha chaq-
qonlik bilan otdan tushib, qizargan ko‘zlarini Sulton-
murodga tikdi-da, birdan tiijaydi.
— Bu yerlarda ne qilib yuribsiz, maxdum?
Sultonmurod rasmiy odobga noya qilib, To‘g‘on-
bek sari ildam yurib bordi va uning temirday mah-
kam, dag‘al qo‘llarini siqdi-da, o‘z muddaosini so‘z-
ladi.
— Yuring biz bilan. Men sizning ilmingizni bila-
men. Eski qo‘ldoshlarimdansiz, — dedi shirakayflik
bilan To‘g‘onbek.
Ular ichkari yurarkan, navkarlar, mulozimlar chet-
lanib, ta’zim qildilar. Sultonmurodning ko‘ziga katta
bog‘ ochildi. To‘g‘onbek uni bahor nafasi bilan yangi
uyg‘ongan gulzorlar, muntazamligi, tozaligi, latofati
bilan go‘yo xayoliy kabi ko‘ringan sarvzorlardan olib
yurdi. Unda-bunda daraxtlar orasida katta oyna
doiralari bilan jim-jim yiltiragan hovuzlar uchrarkan,
Sultonmurod beixtiyor suqlanib, qarab qolardi.
To‘g‘onbek qo‘lini silkib: «Baxmalday qip-qizil may
bilan to ‘la hovuzlami ko‘ring va taajjublaning... Mana
bu kecha shahzodam Muzaffar Mirzoning majlisida
hovuzdan sharob ichdik. Oxirida, bir-ikki to‘yma-
g‘urni uloqtirdik, mayda cho‘mildi», dedi. Doira shak-
lida yangi katta gulzorga chiqqanlarida, qarshida ikki
qabatli zangin bahovo bino gavdalandi. To‘g‘onbek
to‘xtadi va binoni ko‘rsatib: «Hech tortinmasdan
kiravering, albatta, qabul qilurlar», deb qo‘l uchi bilan
xayrlashib, boshqa tomonga burilib ketdi. Sultonmu
rod bino ichiga kirib, qimmatbaho oynaday silliq tosh
bilan qoplangan to ‘garak sahnda to ‘xtadi. Bu sahn-
ning to ‘rt tarafidagi oltin halli eshiklar orqali xona-
larga kirilar edi. Shu vaqtda so‘l yoqdagi eshikdan
323
haligi devqomat mulozim chiqib, to'rdagi eng zangin
eshikka ishorat qildi.
Sultonmurod o‘zini qator darichalari boqqa qara-
gan katta, chor burchak xonada ko‘rdi. To‘rda sirti
xitoyi shohilar bilan qoplangan to ‘shakda, vazirlarga
xos kiyimda chordana qurib o‘tirgan Majididdin
Muhammad, go‘yo oyog‘ini o'pishga tayyor bir xoki-
sor muridni qabul qilgan kibrli eshonday, pinagini
buzmasdan qarshilab, Sultonmurodga qo‘l uchini
uzatdi. Sultonmurod ruxsat tilab, ancha pastga, devor
tagiga tiz cho‘kdi. Bu xona anvoi qimmatli buyumlar
bilan shunday muzayyan ediki, tashqi bezaklarga, boy-
likka e’tibor bermaydigan olimning ko‘zlari ham beix-
tiyor jovdirab ketdi. «Bu xona uchun yolg‘iz oltin taxt
yetishmaydi», — o‘yladi ichida u. Keyin sun’iy bir
yo‘talib, vaqtsiz kelib, zoti oliyning muborak ko‘n-
gillariga aziyat yetkizganini so‘zlab, uzr tiladi. Maji
diddin yirik marvaridlardan tizilgan tasbehini barmoq-
lari orasida o ‘ynab, odatdagi asabiyligi, kibri bilan
po‘ng‘illadi:
— Muddaongizni bayon qiling!
Sultonmurod o‘zi to ‘g‘risida ba’zi kimsalar tomo-
nidan noxush gaplar tarqatilganini, bularning tamo-
man m a’nosiz bo‘hton ekanini, bo‘htonchilar bilan
uning orasida hech qanday xusumat va adovat yo‘qli-
gini bildirmoq uchun kelganini so‘zladi.
— Bizga nima aloqasi bor?— zaharxanda bilan
dedi Majididdin.— Aybsiz yolg‘iz parvardigordir. Mo-
domiki, haqqingizda shu qabilda so‘z yurur ekan,
albatta, behuda bo‘lmasa kerak, deb o‘ylaymen. Tolibi
ilmlaming ko‘ngillariga qanday fikrlami talqin etmoq-
dasiz — bu savolni bir karra o ‘zingiz mulohaza qildin-
gizmi?
Sultonmurod o‘z do‘stining xavfsiragani o‘rinli
ekaniga endi tamoman ishondi. Haqiqatni ochib tash-
lashga qaror qildi:
— Zoti oliylari, men johillaming qo'lida behuda
qurbon bo‘lmoq istamaymen,— dedi u dadillik bi
lan.— Modomiki, men talabalarimga talqin etgan fikr-
324
lardan hatto siz shubhalanur ekansiz, ahvolimning jid-
diyligi ravshandir. Men sizni adolatga chaqiramen.
Zeroki, hayotning nash’u namosi adolat nuriga bog‘-
liq bo‘lganidek, insonning kamolot darajasi ham
adolat bilan o ‘lchanur! — dedi-da, o‘zi ko‘p yillardan
buyon qanday ilmlar bilan mashg‘ul bo‘lgani va tala-
balarga qanday ilmlardan dars berayotgani va Yunon-
da, Arabda, Eronda, Hindda qanday buyuk olimlar,
hakimlar bu fikr javharlariga o‘z umrlarini sarf qilgan-
liklari va hokazo haqida batafsil so‘zlab ketdi. Ni-
hoyat, g‘azabiga chidayolmasdan, qichqirib, dedi: —
Jaholatning timsoli mujassami bo‘lgan Shahobiddinlar
ilm daraxtining ildiziga tushgan muzir1 hasharotlardan
boshqa narsa emaslar. Unday tufaylilar2ni bitirmoq
kerak edi, afsus, ming afsuski, ular urchimoqdalar,
qudrat kasb etmoqdalar. Odamlarga o ‘z zaharlarini
oltin kosalarga solib, bol, deb tutmoqdalar. Lekin
haqiqat loyamut3dir. Shahobiddin kabi jinoyatkorlar
tarix oldida, nasllaming pok vijdoni oldida yuzlari
qora, sharmandai sharmisor bo‘lurlar.
Majididdinning rangi oqardi. Ko‘zlarida allaqan-
day yomon ifoda jilvalandi. Moshkichiri soqolini silab-
silab, tasbehiga tikilib qoldi. Sultonmurod, gapi unga
qattiq tekkaniga ishondi. Ichida xursand bo‘ldi. De-
vorga suyalib, yengillanib, xo‘rsindi.
— Maxdum, siz qayerda va kim huzurida ekanin-
gizni yaxshi idrok etishingiz lozim edi, — dedi ach-
chiq bilan Majididdin.
— Kamina adab doirasidan zarracha chiqmagan
bo‘lsam kerak,— boshini ozgina egib, dedi Sulton
murod.
— Muhtaram ulamo-fuzalolarimiz orasida bu kabi
gina-kudurat va adovatning bo‘lishi g‘oyat muzir
voqeadir, — xolisona gapirayotgan kishining ohangi
bilan davom etdi Majididdin.— Bu hollami bartaraf
qilmoq kerak. Maxdum, men sizni bir jihatdan ogoh-
1 Zararli.
!
P arazitlar.
J 0 ‘lm ay d ig an , m angu.
325
lantiramenki, islom mamlakatida, dinimizning isti-
nod'i musulmon komil podshohimiz davlatida maju-
siylaming, butparastlaming fikrlariga taqlid qilg‘uvchi-
larga omon bermasmiz. Aslo! Bu haqiqatni idrok
etmaganlaming holiga voy! Men sizga ulumi diniya
bilan ko‘proq shug‘ullanmoqni tavsiya qilurmen...
Majididdin boshini ters burib, qo‘li bilan «gap
tamom», degandek ishorat qildi. Sultonmurod ilmlar
haqidagi tushunchasini Ibn Sino, Forobiy, G ‘azzoliy
kabi ulug‘ olimlaming fikrlari bilan asoslab, mantiq-
ning gurzisi bilan o‘jar, mag‘rur, makkor vazimi
mixdek yerga qoqib qo‘yish orzusi bilan yonib tursa
ham, ilojsiz qoldi. «Har bir harakatda muvozanat va
m e’yor zarur», deb o ‘yladi-da, ruxsat tilab, rasmiy
tavoze bilan eshikka tomon yurdi.
U to‘garak sahnda Abulziyoboyning, yana Hirot-
ning dongdor qutidor boyonlaridan bir nechasining
qabul kutib turishganini ko‘rdi. Xitoy va Misrning
qimmatbaho matolariga belangan davlatmandlar, bu
faqir mullo ochko'zlikdan nafaqa tilab, shunady oliy
dargohlarga qadar bosh suqibdi, deb o ‘ylagan bo‘lsalar
kerak — istehzo bilan ko‘zlarini yomon tikib, bir-bir-
lari bilan m a’nodor imlashib olishdi. Sultonmurod o‘z
m a’naviyatining kuchi bilan boshini adil tutib, dadil
va ildam yurib ketdi.
Kechqurungi bahor havosining nam salqinligi ko‘k-
rakka urdi. Sultonmurod ip, ipak aralash ola bayroq
to ‘nining barlarini birlashtirdi. Bino oldidagi katta gul-
zorlardan ikki katta yo‘l bog‘ ichiga kirib yo‘qolar,
yana har tarafga ilon izi bo'lib o‘rmalagan yolg‘iz-
oyoq yo‘llar ko‘p edi.
To‘g‘onbekning gapiga ovora bo‘lib, hali kelgan
yo‘liga yaxshi razm solmaganligidan, taxminan, keng
yo‘l bilan o ‘ng tomonga ketdi. Uzoqda, daraxtlarning
orasidan ko‘cha darvozasi va uning atrofida g‘ivillagan
navkarlaming gavdalari ko‘rinarkan, bu yo‘lni kesgan
yolg‘izoyoq yo'ldan katta salla, yarqiroq zar to ‘n kiy-
' Tayanch.
326
gan Shahobiddin chiqib keldi. Sultonmurod salom-
alik bilan cheklanib, o‘tib ketmoqqa tirishsa ham,
Shahobiddin uning yelkasiga qo‘lini sekingina qo‘yib,
tutib qoldi.
— Xo‘sh, janoblari biron arz bilan keldilarmi?
Mazmunidan kaminani ham ogohlantirasizmi? —
mehribonlik bilan so‘radi mavlono Shahobiddin.
Sultonmurod ichida: «Bo‘ridan qutulib, tulkiga
uchradim», dedi-da, garchi uning qanday maqsadda
kelganini Shahobiddin taxm inan payqaganligiga
ishonsa ham, bu jirtaki bilan bu yerda g‘ijillashib o‘ti-
rishni o ‘ziga ep bilmagani uchun kelish sababini
ochmadi; «Kichik bir arzimiz bor edi», deb qo‘ya
qoldi. Shahobiddin quyuq qoshlarini chimirib, kichki-
na, ayyor ko‘zlari bilan o‘z raqibiga tikilib, uning yuzi-
da g‘amgin parishonlik sezdi va Majididdinning
qo‘pol muomalasidan bu sodda olim rosa qo‘rquvga
tushibdi, deb o‘yladi.
— Har qanday ariza va shikoyatingiz bo‘lsa, har
qanday mushkulot va iztirob qarshisida qolsangiz,
bevosita kaminaga murojaat qilingiz, — awalgidan
ham yumshoqlanib dedi Shahobiddin. — Alhamdulil-
lo, vaziri a’zam1 hazratlariga qarobatim2 bor, ilti-
mosimni hech vaqt yerda qoldirmaslar.
— G ‘amxo‘rligingiz uchun tashakkur. Men o‘z
ovozimni, istasam, podshohga qadar yetkiza bilur-
men, — dedi g‘ijinib Sultonmurod.
Mavlono Shahobiddin aksirib, rutubatdan shiko-
yatlandi, xiyla oqargan quyuq soqolini qo'llari bilan
silab-artib:
— G ‘oyat qiziqqonlisiz-da, birodar. Munda keling,
munda, — deb Sultonmurodni, xohishiga qo‘ymas-
dan, olib ketdi.
Ular yozlik, yengil ayvonchaning chetiga o‘tirdilar.
Quyoshning mayin, qizil shaffof shu’lalari gullagan
bog‘ning, bahoming husnini rangdan-rangga solib
ochmoqda edi. Sultonmurod iyagini bir qo‘liga tirab,
1 Ulug* vazir.
: Y aqinligim .
327
sukut bilan tomosha qilarkan, Shahobiddin uni asta
turtdi: «Bog‘i Eram-a? Ollo taoloning karami keng,
baxt ato qilsa, kichkina, lekin latofati barq urgan bir
bog‘ sizga ham muyassar bo‘lur», dedi.
— Taqsir, men hasad qilayotganim yo‘q, zavqlan-
moqdamen, — dedi Sultonmurod qayrilib.
— Albatta, albatta, hasad qursin!
— Muddongiz ne edi, shoyad so‘zlagaysiz, — sabr-
sizlanib, murojaat qildi Sultonmurod.
Shahobiddin gapni qanday boshlashning evini top-
maganday ikkilanib, yana qo‘lini Sultonmurodning
yelkasiga qo‘ydi va soxta tabassum bilan dedi:
— Bu kaminaga nisbatan ko‘nglingizda andak gina
bor. Buni men, garchi sizdan biron nishonasini
ko‘rmagan bo‘lsam ham, bir qancha vaqtdan buyon
aql ko‘zi bilan sezamen. Yoki men xato qilamenmi?
— To‘g‘ri, albatta, sababsiz bo‘lmasa kerak.
— Tamoman behuda! Bu xususda ko‘nglingizda
zarra qadar g‘ubor qolmasin, birodar. Zamonamizda
shunday kishilar borki, ular do‘stlar orasidagi sami-
miyatni buzishni hunar qilib olganlar. Ulaming so‘z-
lariga zinhor quloq osmang, xo‘bmi?
— Taqsir, men, har holda, haqiqat bilan yolg‘onni
farq qila olsam kerak.
— Shayton otamiz Odamni ham aldagan emasmi?
Orada shaytonlar yo‘qmi?— dedi ishontiradigan
ohangda Shahobiddin.
Sultonmurod taajjublanib, sukut qildi. Shahobid-
dindagi bu o‘zgarishni u aslo kutmagan edi. Garchi
Shahobiddin o‘z gunohlarini e’tirof qilmasa-da, har
holda, o ‘z yomonligini jilovlashga qaror qilganligiga,
uning qora ruhida insofdan bironta uchqun qolgan-
ligiga shubha qilmadi. Haqsiz hujumlardan, bo‘hton-
lardan qutulib, tinch ishlay olishiga ichdan suyundi.
Shahobiddin uning iste’dodini maqtadi. Majidid-
dindan unga in ’omlar olib berish mumkinligini
so‘zladi. Sultonmurod o‘z ahvolidan mamnun ekani-
ni, hech qanday in’om-ehsonga muhtoj emasligini
qat’iy bildirdi. Shahobiddin uning darvesh tabiati
328
haqida so‘zlab, do‘stona koyingan bo‘ldi. Keyin Sul-
tonmurodning sabrsizlanganini sezib: «Andak o‘ti
ring», deb uning tizzasini bosdi. Umrining g‘oyasi bir
qimmatli ilmiy kitob yozmoqdan iborat ekani, buning
uchun o‘n yillar mobaynida hech kimga bildirmasdan,
turli kitoblar ko‘rib, tatabbu qilib kelganligi haqida
so‘zlab ketdi.
— Ko‘p yaxshi niyat, yozing, taqsir, — dedi Sul-
tonmurod lablarining uchidagi tabassum bilan. —
Olimlar uchun eng faxrli ish budir. Chunkim, kitoblar
odamzodning fikr durlarini to ‘plab, ulami asrlarga
qoldiradilar. Biz va siz bir hovuch tuproqqa aylanur-
miz, lekin kitoblar, tunj va toshdan yasalgan haykallar
kabi, abadiyan saqlanurlar.
— Ammo, birodar, — dedi o'ksizlarday qarab
Shahobiddin, — bir nimarsa monelik qilmoqdaki,
ko‘ngil shundan tunday xiradir.
— G o‘zal niyatlar, ulug‘ maqsadlar qarshisida hech
qanday monelikning bo‘lishi mumkin emas, taqsir.
— Aytish oson, lekin monelikni bartaraf etmoq
mahol. Masalan, hozirgi kunda kaminaning vazifalari
g‘oyat ko‘p, balki erta-indin kaminaga yana yangi vazi-
falar topshirilur. Vaziri a’zamning muborak xotirlarini
qaytarmoqqa, albatta, imkon yo‘q. Umrim o‘tib,
asarim dunyo yuzini quvontirmasdan ketadirganga
o ‘xshaydi.— Bu yerda Shahobiddin bir nafas Sulton-
murodga tikilib oldi va yalingan tovush bilan davom
etdi.— Birodar, haqiqiy inson o‘z ajizini iqror qilmoq-
dan zavq olur. Sizdan yashirg‘ulik sirim yo‘q, chin
so‘z shulki, garchi m a’lumotim darajai tom'ga erish-
gan bo‘lsa ham, ko‘proq tajriba qilmaganligim sababli,
yozmoqqa qiynalamen, ko‘ksimni to ‘ldirgan fikrlami
qog‘ozga ko‘chirishda qalam sarkashlik qiladi.
Masalan, sizning qalamingiz bodraftordek2 ravon...
Siz jadal qilsangiz, bir necha oy mobaynida fikr xazi-
nangizdan nodir asar tug‘dirasiz. Keling, biz uchun
shunday bir asar yozing. Men uni o‘z qo‘lim bilan
1 Y uqori darajaga.
! T e z u ch ad ig an sh am o ld ek .
329
eltib, podshoh hazratlariga taqdim etay, u hazratning
muborak ismlari bilan kitobni muzayyan qilay. Ha, bu
ish siz va men, yana ollo taolodan o‘zgalarga maxfiy
qolur. Mehnatingiz va qadrshunosligingiz ajrini to
tirikmen, mendan behad ko‘rursiz. Ma’qulmi, biro-
dar? So‘z bir — olloh bir!
Sultonmurodning rangi o ‘chdi. 0 ‘midan dik turib,
etagini qoqdi.
—
Taqsir, olimlik shuhrati uchun kitob yozmoq
shart emas,— titroq lablari bilan bo‘g‘ilib gapirdi u. —
Har bir inson o‘z qadr-qimmatini bilishi kerak. Siz
shu qadar pastlashdingizmi? Men ilm savdogari emas-
men, taqsir!
Shahobiddinning a ’zoyi badanini titroq bosib, tili
g‘uldurab: «Hay-hay, birodar!» derkan, Sultonmurod
bir zumda ko‘zdan yo‘qoldi.
* * *
Majididdin Hirot boyonlarini xuftondan keyin
izzat-ikrom bilan kuzatib yolg‘iz qolarkan, oltin sham-
donlarda to ‘p-to‘p yongan shamlaming nuridan, jonli
chamanzorday yashnagan yumshoq gilamlar ustida u
yoq-bu yoqqa yurar, shodligidan, qandaydir, tasodifan
esga tushgan bir maqomni sekin-sekin kuylar edi.
U boj-xiroj masalasida va davlat uchun kerakli
ba’zi buyumlarni yetkazib berishda boylarga imtiyoz-
lar berdi. Undan nima ketibdi? Zarar podshohning
xazinasiga... Buning badaliga u boyonlardan yombilar,
fil tishidan yasalgan ajoyib qutilarda la’ligavharlar,
Hindda, Misrda, Xitoyda ishlangani, hatto podshoh
ning ham ko‘zini o‘ynatadigan nodir matolar hadya
oldi. «Kosiblarga, dehqonlarga g‘amxo‘rlik qilishdan
qanday foyda chiqadi? Mutlaqo hech nima! Vaqti
kelsa, bu boyonlaming har biri, bir azamat tog‘ kabi,
uni himoya qiladi. Mana, barqaror siyosatning tamal
toshi!» deb ichida o‘ylarkan, birdan yodiga bugun tor-
tiq qilingan go‘zal qiz kelib tushdi: «Jon olguvchi ofat
u! Ko‘zim tushishi bilan jismimda qonlarim yonib
ketdi».
330
Majididdin sabrsizlanib, eshikka quloq solarkan,
dahlizda ko‘p qadamlaming guvillagani eshitildi. Ma-
salani uzoq o‘ylab, mustahkam qarorga kelib qo‘y-
ganidan yashirin, tor majlisning tez o‘tishiga ishondi.
To‘g‘onbek bilan birga bir guruh ulug‘ mansabdor-
lar, saroy tevaragida yashaydigan zarto‘nli bekorchilar
kirib kelishdi. Ular o ‘tirishi bilanoq Majididdin
Shahobiddinga eshik va darichalami mahkam berki-
tishga buyurdi va hammaga bir-bir nazar tashladi.
Hammaning yuzi jiddiy va jinoyatkorona o ‘ychan edi.
— D o‘stlarim, oramizda sir yo‘q, — sekin, ammo
qat’iy qilib gapirdi Majididdin... — Maqsad va mud-
daomiz m a’lum. Men bir masalani sizning muhoka-
mangizga havola qilmoqchimen.
Hamma birdan enkaydi. To‘g‘onbek pishillab, ol-
dinroq surildi. Ilgaridan ko‘zlangan ov uchun qat’iy va
so'nggi kengashga to ‘plangan o‘g‘rilar to ‘dasidek, sirli
sukunat ichida quloqlar dikkayib, ko‘zlar jovdirab ketdi.
— Dushmanimiz hanuz silohini1 tark etmadi, —
davom etdi Majididdin. — U tish-timog‘i bilan bizga
chuqur qazimoqda. Haqiqatan, u kuchli, tadbirli
dushman. Shuning uchun xavf-xatar g‘oyat kattadir.
To‘g‘ri, bizga shahanshohning iltifot va m uruwatlari
baland, sadoqatimizga imonlari komil, ammo, unut-
maylikki, podshoh va Alisher bir qarich yoshdan bosh-
lab do‘st bo‘lishganlar. Alisherdan keyingi oylarda
podshoh paydar-pay maktub olmoqdaki, ba’zilarining
mazmuni bilan tanishmoq menga muyassar bo‘ldi.
Alisher mamlakatning faqirlashganining sabablarini
ko‘rsatib, o‘zicha isbotlab, butun davlat tartibotini
isloh qilmoqni tavsiya qiladi. Keyingi ma’lumotlarga
binoan, u endi poytaxtga kelmoqqa azm qilgan. Iloji
bo‘lsa, uchib kela qolsa...
— Muvaqqatanmi?2 — cho‘chib so‘radi Mavlono
Shahobiddin.
— Tug‘ilgan shahrida o‘lmoqchi emish, — istehzo
bilan javob berib, davom etdi Majididdin. — Xudo
1 Q u rolini.
2 V a q tin c h am i.
331
ko'rsatmasin, Hirotda yashashga ijozat olsa, erta yo
kech hammamizni ost-ust qilishi muqarrar.
Majididdin odamlarning fikr va kayfiyatlarini
aniqlamoq niyatida sukut etdi. Yosh beklardan biri
suvsar telpagini olib, boshini qashidi, keyin Alisher-
ning xalq orasida obro‘ va e ’tibori borgan sari oshib
ketayotganini ham butun mamlakatda to hazrat
Jomiydan tortib, jamiki ilm, san’at ahli unga chuqur
muhabbat bilan bog‘langanligini so‘zladi. Podshoh
shuncha xalqning orzusiga qarshi turolmay, oxirida
Alisher bilan munosabatni yaxshilashga majbur
bo‘lishi mumkinligini bayon qilib, qattiq choralar
ko‘rishni uqtirdi.
— Har yo‘l bilan Navoiyni podshoh hazratlariga
yomonlay berish kerakki, sobiq do‘stlikning eng keyin-
gi iplari ham uzilsin, — taklif qildi Shahobiddin.
T o‘g‘onbek bu eski tadbirga unchalik e’timod
etmaslikni isbot qilishga tirishdi:
— Qoralash uchun yangi hujjatlarimiz ham yo‘q,—
dedi u salmoqlanib. — So‘z teri emaski, kafshdo‘zdek
suv purkab, chaynab torta bering... Men ovda pod
shoh hazratlari bilan bir oy birga yurdim, birga
o ‘tirdim. Menga bo‘lgan iltifotlari hammangizga
m a’lum. Suhbat vaqtida Alisheming tutgan yo‘lini har
vaqt qoralashga tirishdim. Lekin podshoh hazratlarini
ishontirdim, deb ayta olmayman. Hazratning ko‘ngil-
larini bilish qiyin. Mening fahmimcha, shahanshoh bu
xususda taraddudlanadilar. Shuning uchun eng
ishonchli chora shuki, Alisherni bu dunyodan olib
tashlash kerak — vassalom.
0 ‘tirganlar boshlarini ko‘tardilar. Ba’zilar chuqur
xo‘rsinib qo‘ydi. 0 ‘rtaga og‘ir sukut cho‘kdi. Majidid
din odamlarning ko‘zlariga qarab, ulaming ko‘nglida
allaqanday kurash ketayotganini sezdi.
— To‘g‘onbekning yo‘li —eng to ‘g‘ri yo‘l,— qat’iy-
at bilan dedi Majididdin.— Men aytmoqchi bo‘lib tur-
gan taklifni shijoatli To‘g‘onbek, o‘z odatiga muvofiq,
shartta o ‘rtaga otdi. Mening yagona iltimosim shuki,
bu taklif to ‘g‘risida aslo munozara qilmasligimiz
332
kerak. Hammamiz dushmanga qarshi kuchli chora
oqtaramiz. Axir o‘limdan kuchli narsa bormi?
— Hazil ish emas bu, qanday qilib amalga oshir-
moqchisiz? — bezovtalanib so‘radi eski dushman
Xo‘ja Xatib.
— Har bir jihati o‘ylangan, tarozuda tortilgan, —
javob berdi Majididdin. — Astrobodga saroy bakovul-
laridan eng pazandasini yuborurmiz. Alisherga lazzatli
taomlar pishirib berur!
Bu yo‘l hammaga benihoyat m a’qul tushgani va
yagona to ‘g‘ri topilganidanmi, hech kim boshqa yo‘l
taklif qilmadi ham, e’tiroz bildirmadi ham...
Odamlar eshikka chiqarkan, Shahobiddin orqada
qoldi-da, Majididdinga murojaat qilib, Sultonmurodni
bugun-erta zindonga tashlashga yoki Xuroson tup-
rog'idan haydashga farmon berishini iltimos etdi.
G o‘zal qizga tezroq erishuv uchun oshiqqan vazir jer-
kib tashladi.
— Quyushqondan tashqari chiqmang, taqsir. Unga
tuhmat qilgan emishsiz.
— Shakkok u, shakkok! — qo‘pol muomaladan
g‘uldirab qoldi Shahobiddin.
— Vaziyat qulay emas, xalq orasida g‘alayon avj
olishi mumkin. Agar u olim ko‘zingizga tikan bo‘lib
qadalsa, uni madrasada dars berishdan mahrum
qilarmiz, m a’qulmi?
Shahobiddinning rangi o‘chib, titrab ketdi.
— Yo‘q, jonim tasadduq bo‘lsin, vazir janoblari, —
dedi u yolvorib,— filhaqiqat, men quyushqondan tash
qari chiqibmen. AfV etasiz, men siyosat odami emas-
men. Vaziyat og‘ir dedingiz — to ‘g‘ri. Uni darsdan
ham mahrum qilmangiz. Iste’dodli yigit, albatta.
Mening nasihatlarimga quloq osib, to ‘g‘ri yo‘lga
tushib qolar, aminmen. Balki o‘z tarafimizga butunlay
moyil qilurmiz. Zoti oliylaridan so‘raymen, tinch
qo'yaylik uni.
— Esingizni yeb qo'yibsiz, taqsir. Fikringizda aslo
qaror yo‘q. Ixtiyor sizda, — dedi Majididdin va eshik
ka tomon mag‘rur yurib ketdi.
333
— Shu kunlarda, darvoqe, zehnim parishon, —
orqadan so‘zlab qoldi Shahobiddin.
U Sultonmurod bilan bo‘lgan haligi voqeadan
keyin chindan ham esini yo'qotgan edi, chunki
Sultonm urod
uni,
istasa,
sharmanda
qilib,
odamgarchilikdan chiqarib, butun hayotini zaharlashi
mumkin edi. Sultonmurod bilan awal munosabatini
yaxshilab, uni xo‘b sinab, undan keyin niyatini
ochmaganiga, kaltafahmligiga qattiq kuydi. Nihoyat,
alamiga chidolmasdan, g‘azab ichida qaror qildi:
«Bugun-erta zindonga tashlatib, qurtlarga yem qila-
men seni!” Ammo hozir Majididdin uning bu ilti-
mosini qat’iy rad qilganidan so‘ng Sultonmurodga
bosh egmoqdan boshqa iloji yo‘q edi. Shuning uchun
o ‘zini g'oyat kulunch vaziyatda qoldirib, uning
madrasadan haydalishiga jon-dil bilan e’tiroz qildi.
Shahobiddin uyatdan va qayg‘udan oyoqlari majol-
sizlanib, bog‘dan chiqdi. Oydin kechada, jimjit uxla-
gan, kimsasiz ko‘chalarda qo‘lini orqasiga qo‘yib,
o ‘nqir-cho‘nqirlarning farqiga bormay, kalavlanib
borarkan, faqatgina Sultonmurod bilan yarashish
yo‘llarini o‘ylardi.
n
Ertasi Sultonmurod quyosh yoyilganda, «Ixlosiya»
madrasasiga keldi. Katta darsxonaga kirib, har kungi
o ‘tiradigan o‘mida chordona qurdi. Taomil bo‘yicha
navbat bilan guruh-guruh kelib, dars oluvchi tala-
balami kutarkan, Shahobiddinning jiyani kirib keldi.
U husndor, xushmuomala, qizlarday uyatchan yigit
edi. Ikki yil burun Sultonmurod unga bir necha oy
hisobdan va arab tilidan xususiy dars bergan edi.
Yigitni ochiq yuz bilan qarshilab, yoniga o‘tqazdi.
Uning mashg‘uloti va hokazo haqidagi savolla-
riga yigit qisqa javob berdi. Keyin qo‘lini ko‘ksiga
qo‘yib:
— Janoblari hozir dars boshlasalar kerak, ikki og‘iz
so‘z uchun ruxsat beradilarmi? — murojaat etdi yigit.
— So‘zlayveringiz.
334
— Tag‘omiz bilan sizning orangizda qandaydir
noxushlik ro ‘y beribdi. Lekin kamina shogirdingiz
uning asli mohiyatidan aslo xabardor emas, — nozik
qo‘llari bilan tasdiqlab gapirdi yigit. — Yolg'iz shu
narsa m a’lumki, u kishi sizning ko‘nglingizni og‘ritib-
dilar. Bu holdan o‘zlari bag‘oyat qayg‘urmoqdalar.
Shogirdingiz siz janoblariga u kishining uzrini keltirdi.
Qabul etsangiz, men benihoyat quvonurmen. Ayb qil-
moqdan ko‘ra, aybni iqror qilmaslik yomon. Modo-
miki, tag‘omiz sizni haqli topdilar...
— Biz hammamiz insonmiz, — kulib gapirdi
Sultonmurod. — Hammamizda ham nuqson bor. Aks
holda, biz farishta, olam jannat bo‘lur edi. Agar mum-
kin bo‘lsa, hozir borib tag‘ongizga ayting, men gina
saqlamaymen.
— Qalbingiz ulug‘dir, bilurmen, — birdan quvonib
ketdi yigit.
— Yana shu jihatni ham u kishining qulog‘iga
yetkazingki, men shaxsiy qasos oluvchilardan nafrat
qilurmen. K o‘ngillari tinch bo'lsin.
Yigit ta ’zim va ehtirom bilan qo‘zg‘aldi, olimga
o‘z minnatdorchiligini qayta-qayta bildirib, chiqib
ketdi.
Kitoblarini q o ‘ltiqlab, oyoq uchida darsxonaga
besh tolibi ilm kirdi. Sultonmurod ularga qiyomgacha
dars berib jo ‘natdi. Ikkinchi guruhni kutdi. Shu asno-
da sallasini qunt bilan o‘ragan, guldor etikli, olifta,
o‘rta yashar bir kishi kirdi. Sovuq tavoze bilan bir
taxta qog‘ozni taqdim etdi. Sultonmurod o‘qiy turib,
rangi oqarib ketdi: bu — shayx ul-islomning farmoni
edi. «Mamlakati islomda, dini Muhammadning ulug‘
homiysi va amaldori bo'lgan xoqon ibni xoqon Sulton
Husayn Boyqaro Mirzoning saodatli zamonida musul-
monlikning asosotiga raxna solg‘uvchi fikrlami tolibi
ilmlarga talqin etgani va hokazo...» uchun Sulton
murod madrasadan tard1 qilingan edi. G ‘azabdan,
og‘riqdan tutaqqan olimning ko‘z oldi qoraydi.
1 Q uvilish, hay d alish .
335
Tepasida qaqqaygan kishiga qarab, titrak ovoz bilan
dedi:
— Shayx ul-islom janoblari bizdan zulm-jabrni aya-
masinlar. Haqiqat yo‘liga jonimizni shavq-zavq bilan
fîdo qilmoqqa hamisha tayyormiz!
Mulozim soxta ta’zim qilib, keskin yurish bilan
chiqib ketdi.
Sultonmurod kecha Majididdin bilan bo‘lgan
uchrashuvini o‘yladi. Lekin uning haqida Shahobid-
din va uning singad johillar shayx ul-islomga ilgaridan
chaqiq qilib, ishni pishirib qo‘ygan ekanliklarini tax-
min qildi. U o‘midan irg‘ib turdi. Farmonni qo‘llari
bilan g‘ijimlab, burchakka otdi-da, darsxonadan chiq-
di; turli hujralardan yig‘ilib, darsga kelayotgan tala-
balariga qaramasdan, ulami hayratda qoldirib, ko‘cha-
ga otildi. Xonaqohga kelib, o ‘z xonasiga kirdi-da,
kitoblar orasiga darmonsiz, behol tiz cho‘kdi. Ammo
ichidagi alam o‘ylashga ham, o‘qishga ham imkon
bermas edi.
Peshindan keyin talabalari kirishdi. Bulaming ichi-
da miyiqlari endi bilina boshlagan o‘spirinlar va o ‘n
yillab madrasada muqim bo‘lgan sersoqollar bor edi.
Hammalari g‘azabli, hayajonli edilar. Sultonmurod
o‘zini favqulodda dadil tutib, ulaming ko‘nglini tin-
chitishga tirishdi. Talabalardan biri tutaqib qichqirdi:
— Bu ahvolga toqat etib bo‘lmaydi, taqsir! Aflotun,
Arastu, Ibn Sino, Forobiy va Ulug‘bek kabi faylasuf
va olimlarning fikrlarini talqin etmoq majusiylik,
shakkoklik, deb e’ion qilinsa, madrasalarda ilm nomi-
ga nima qolur?
— Ilmparvarligi bilan shuhrat chiqargan bir pod-
shohning poytaxtida bu qadar jaholat! — dedi ikkinchi
talaba qaynab.
— Shayx ul-islom janoblari o‘z farmonlarini e’ti-
bordan soqit qilmasalar, madrasani tark eturmiz, biro-
darlar! — dedi uchinchisi.
— Albatta!
— Boshqa iloj yo‘q! — bir og‘izdan qichqirdi
boshqalar.
336
—
Aziz do‘stlarim, — murojaat etdi Sultonmurod
sokin, — farmonga itoat etib, madrasada sizlar bilan
mashg‘ulotimni to‘xtatmoqqa majburmen. 0 ‘limimga
rozimen, lekin ilmda qalloblikka, haqiqatni yashirish-
ga aslo rozi bo‘lmasmen. Sizdan shu narsani orzu qi-
lamenki, hammangiz ilmlami ulug‘ va sof ko‘ngil
bilan o ‘rganingiz va ulaming rivojiga hayotingizni
bag‘ishlangiz. Jahonda inson uchun bunday oliy, bun-
dan sharafli ish yo‘qdir. Ammo haqiqiy ilmni ko‘hna,
puch aqidalardan ayira bilingiz. Haqiqiy ilm falak
mushkullarini hal qilmoqqa, sirlami kashf etmoqqa
yo‘l ko‘rsatur. Aqlning kuchiga ishoningiz, sizga har
vaqt u rahbar bo‘lsin. Besh-o‘n kitobni ko‘rib, olimlik
da’vosi bilan lof urmoqdan saqlaningiz! Yana bir
o‘tinch shulki, hech qanday g‘avg‘o ko‘tarmasdan,
endi darslaringiz bilan shug‘ullaningiz. Hirotda
hamma mavjud ilmlami favqulodda chuqur biluvchi
olimlar ko‘pdir. Ulaming aksari kaminaning ustodla-
ridir. Ulaming ilm daryolaridan chin ixlos, g‘ayrat va
samimiyat bilan foydalaningiz. M en aminmenki, Na-
voiy janoblari yoqqan ilm mash’alini jaholat va zul-
mat, garchi bo‘ron kabi qutursa ham, aslo so‘ndira
olmas!
0 ‘z ustodini butun borlig‘i bilan berilib tinglagan
talabalar uzoq cho‘zilgan og‘ir sukutdan so‘ng yana
hayajonlana boshladilar. Shayx ul-islomga, Majidid-
dinga uchrashmoq haqida o‘zaro qizg‘in kengashib,
nihoyat, Sultonmurodning iltimosi bilan, birin-sirin
tarqalishdi. Xonaqohda doimiy yashaydigan olimlar,
shoirlar va o‘zga san’at ahllari ham bu voqeadan
g‘azabga kelishdi. Ba’zilar haqiqatan xavfsiray boshla-
di: «Bosh vazir hammaning tagiga yetmoqda. Erta-
indin nima bo‘lar ekanmiz!»
Zayniddin bilan Arslonqul hovliqib, titrab kirar-
kan, olim ulami har vaqtdagi tetiklik bilan qarshi oldi.
Zayniddin vazimi, shayx ul-islomni hajv qilgan bir
shoiming she’rini o‘qib berdi-da, o ‘zi ham Hirotning
bezorilari tili bilan ulami so‘kib qo‘ydi.
337
— Men bir narsaga dog‘men, — qo‘llarini palaxsa
qilib, kuyunib gapirdi Arslonqul. — Bir kun qaraysen-
ki, bu shahri azimga Rumdanmi, Hinddanmi, Xitoy
ichidanmi — anov Chalabiyga o'xshagan olim kelib
qoladi. Bu — aniq. Xo‘sh, u vaqtda masala talashmoq-
qa kim chiqadi?
— Shayx ul-islomning o‘zi!— javob berdi Zayniddin.
— Yo‘q, uning beli ilmda chumolining beliday
m o‘rt bo‘lsa kerak! — deb Arslonqul kallasini shunday
g‘alati, m a’nodor tebratdiki, ikki do‘st boshqa vaqtda
bunga qotib-qotib kulishgan bo‘lar edi, lekin hozir
iljayibgina qo‘yishdi.
— Madrasada senga o ‘rin yo‘qmi? Mayli, sen fikr-
laringni yoz! — do‘stiga qat’iy taklif qildi Zaynid
din. — Hech kimdan xavflanmasdan, dadil yoz!
Zotan, fikrlaming sayri sayohati uchun qog‘ozlar tol-
mas qanotlar kabidir, ular tog‘dan ham, dengizdan
ham uchib o ‘tgusi.
— Albatta, yozamen, albatta! — yengülanib, javob
berdi Sultonmurod.
Dostları ilə paylaş: |