Asr oshgan asarlar



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Yigirma sakkizinchi bob
Muzaffar Mirzo qasrining devorlari toza chinnidan 
bo‘lgan go‘zal bir xonasida T o‘g‘onbek suvsar po‘stin- 
ni yelkaga tashlab, qo‘llarini m ang‘alda laqqa cho‘qqa 
tutib, salmoqlanib so‘zlar edi. Mang'al atrofida keng 
doira qurib o‘tirgan va T o‘g‘onbekka quloqlarini, 
ko‘zlarini tikkan bekzodalar va shahzodalarning 
obro‘li yigitlari orasida mavlono Binoiy bilan mavlono 
Shahobiddin ham bor edi. T o‘g‘onbek yolg‘iz Muzaf­
far Mirzoning qoshida emas, podshohning nazarida 
ham e’tiborli beklardan hisoblanib, hatto u o ‘zini 
M uhammad Burunduq barios, Jahongir barios kabi 
taniqli beklar darajasida ko‘rgandan buyon, garchi 
ko‘p ishlarda qadimgi soddalikni saqlagan b o ‘lsa ham, 
lekin tantana, bezakning mazasini totgan edi. Bog‘u 
rog‘, ziyofat, cho‘rilar — hammasi joyida edi. Sha- 
hobiddinni katta olim deb fahmlaganidan, bir kun 
nomimga biron kitob yozar yoki tole yor b o ‘lib, katta
379


ishlar qilib yuborsam, tariximni tuzar, degan andisha 
bilan o ‘ziga bog‘lab olgandi. Mavlono Binoiyni, umu- 
man Majididdin guruhining shoiri va Alisherning 
dushmani bo‘lgani uchun, To‘g‘onbek har bir o‘tirish- 
ga taklif qilar, uning forsiycha she’rlarini durust 
tushunmasa ham, latifalariga zavqlanar edi. Uning 
safolatli kunlarida tanishib, hujrasidan joy bergan eski 
qadrdoni Aloiddin Mashhadiyni pul, kiyim bilan 
yo‘qlab turar, shoir har bir in’om olganda, biron qasi- 
da bilan minnatdorchiligini bildirardi.
To‘g‘onbek qattiq bir o‘ksirib, cho‘g‘ yallug‘ida 
tusi quyuqlashgan dakkam-dukkam, qizg‘ish soqolini 
artib qo‘ydi-da, eski vaqtdagi katta, qonli urushlar 
haqida, bolaligining ajoyib bahodirligi haqida sodda, 
lekin juda kelishtirib, maroqli hikoya qildi. Yigitlar 
o‘zlarini u janglarda ot surgan, qilich chopgan botirlar 
kabi xayol qilib, ruhlanib, beixtiyor ravishda kulgili, 
qiziq harakatlar qilib yubordilar. Mavlono Binoiy lati- 
fa aytib, kichkina, ko‘rimsiz gavdasiga monanad 
bo‘lib tushmaydigan qalin, uzun soqolini serkillatib 
kulishdan yoki zaharli hajvdan zavq oladigan odam 
edi. To‘g‘onbekning sodda, jangovar hikoyasi yoqma- 
di. To‘g‘onbek bir hikoyani bitirib, boshqasini o‘ylar- 
kan, Binoiy so‘zni ilib ketdi. Yangi yozgan hajvlari, 
g‘azallarini o ‘qib, falonchi shoir bu xususda bunday 
degan edi, men bu shaklda ta’bir berib, mislsiz xo‘b 
narsani yaratdim, deb o‘z-o‘zini maqtashga tushdi. 
0 ‘tirganlardan «Ofarin!» degan sado chiqmagach, 
izzat nafsi qirilib, hammani bir-bir chaynay boshladi.
— Katta shoir bilan ko‘rishib turasizmi? — Binoiy- 
ning qitig‘iga tegmoq uchun dedi To‘g‘onbek kulib.
— Bek yigit, qazo va qadarning bir insofsizligi 
shuki, yo uni, yo meni adam'ga haydamaydi, — deb 
hazilini yana boshladi. Binoiy. — Men uning o‘zidan 
ko‘ra so‘ziga bardosh qila olmaymen.
Yigitlardan biri kecha hamshirasi Navoiyning 
terma kichik devonini o‘qirkan, bir g‘azali benihoyat
1 0 ‘lim.
380


ko‘ngliga yoqqanini so‘zladi ham kissasidan bir parcha 
qog‘oz chiqarib g'azalni o‘qig‘ boshlarkan, Binoiy ikki 
qulog‘ini qo‘llari bilan qattiq berkitdi.
— Siz bir karra tinglang. Shoir bo‘lmasam ham, 
chizi zavqim bor, deb o‘ylayman,— dedi yigit qizarib.
— Inim, — dedi qo‘llarini qulog‘idan olmasdan Bi­
noiy,— men uning turkiy so‘zlarini eshitsam, haqi- 
qatan quloq og‘rig‘i degan illatga duchor bo‘laman — 
kuldi Binoiy.
— Zavqi salim ahliga turkiy so‘z tikandek tuyuladi- 
da. Alalxusus she’rda... — dedi yuz-ko‘zini burishtirib 
mavlono Shahobiddin.
Yigit g‘azalni yaxshi o ‘qidi. Qog‘oz qo‘ldan-qo‘lga 
o‘tdi. To‘g‘onbek salmoqlanib: «Pishiq g‘azal, so‘zi- 
ning ta ’mi bor», deb qo‘ydi.
G ‘azal ustida ikki tomon tortishmoqqa hozir ekan, 
Muzaffar Mirzo kirdi. Hamma o‘rnidan turib, ta ’zim 
bilan qarshi oldi. Shahzoda To‘g‘onbekdan o ‘zga 
hamma boshqa xonaga chiqib kutib turishni ishora 
qildi.
Kishilar chiqib ketgach, Muzaffar Mirzo ko‘zlari- 
ning sho‘x mastligi bilan kulib so‘radi:
— Bilasizmi, qayerda edim?
— Bilmaymen, — javob berdi To‘g‘onbek, — har 
holda benihoyat xursandsiz. Bu yaxshi.
— To‘g‘ri, bek, shodmen. Meni bir xoli manzilga 
taklif etgan edilar. U manzilda har vaqt menga 
manzur bo‘larlik majlis yasar edilar. Shuning uchun 
bordim. Ikki parivash qiz. Husn bog‘ining toza gullari, 
har ikkisi latofatning avjida. Biri ud chaladi, biri kuy- 
laydi. Ikkisi ikki quchog‘imda... Ichdik, aysh-ishratga 
botdik. Ikkisiga ayni darajada muhabbat qo‘ydim.
— Erta, tangri xohlasa, shunday bir go‘zalni 
quchasizki, bir lahzada ularni yodingizdan chiqara- 
siz, — dedi To‘g‘onbek xaxolab.
— Qani, erta ko‘raylik himmatingizni...
— Shahzodam, yangi xabarlardan ogohmisiz?
— Qanday xabarlar? — qoshini chimirdi Muzaffar 
Mirzo.
381


— Alisheming o ‘rniga yana Astrobodga tayin etil- 
gan Amir Mo‘g‘ul fitna ko‘taribdi. Astrobod sohibi 
devonini o‘ldirib, Iroqqa qochibdi. Otangiz, podshoh 
hazratlari, u viloyatni Badiuzzamon Mirzoga beribdi- 
lar. Bu to ‘g‘rida ne deysiz? Muzaffar Mirzo sukut 
qilib, To‘g‘onbekning yuziga tikildi.
— Yaxshi o‘ylash kerak, shahzodam, — do‘ng‘illab 
qo‘ydi To‘g‘onbek.
— Bilamen, Badiuzzamonning qabih niyatlari 
bor,— birdan asabiylanib gapirdi Muzaffar Mirzo. — 
Lekin ishimizni m a’raka maydoni hal qiladi. Hozircha 
sabr-bardosh lozim. Vaqti emas.
To‘g‘onbek Muzaffar Mirzoga razm soldi. Uning 
hali nash’ali tabassum bilan qoplagan yuzlarida endi 
allaqanday sovuq jiddiylik sezilar edi. Shahzodani 
chindan tashvishlantirmoqqa qaror berdi.
— Siz endi yosh emassiz, — dedi To‘g‘onbek jid- 
diy tur bilan, — siz saltanat tojining eng yirik yul- 
duzisiz. Uylanmoq uchun balog‘atga yetmoq kerak, 
toj kiymoq uchun balog‘at shart emas. Yurt so‘ramoq 
ishida yosh podshohga ishbilarmon, siyosatda tadbirli, 
harbu zarb ishida tajribali bir yetakchi bo‘lsa bas. 
Og‘angiz Badiuzzamon Mirzo ishni maxfiy va pishiq 
yurityapti. Qandahor hokimi Arg‘unbek bilan til birik- 
tirgan. Astrobodni olgandan keyin boshqalarga ko‘z 
tikadi. Fursat bor ekan, qo‘r yig‘adi. Hushyor bo‘ling, 
shahzodam!
Muzaffar Mirzo bunday nasihatlami atrofdagi bir 
k o ‘p otabeklaridan, anyiqsa, onasidan ochiq yoki 
razm-ishoralar bilan ko‘pdan buyon eshitib kelgan 
b o ‘Isa ham, lekin boshqa aka-ukalarining harakatlari- 
da taxt uchun kurashning ravshan alomatini sezma- 
ganidan, tashabbusni o‘zi boshlab berishga botinmas 
edi. To‘g‘onbekning so‘zi undagi andisha va tarad- 
dudlam i bartaraf qildi. U birdan jiddiylashdi. Yuzidan 
m ay va muhabbat nash’alari o‘chdi. U belidagi qim- 
matbaho yonib turgan oltin kamarga suqilgan chiroyli 
qinli xanjami go‘yo sug'urmoqchiday mahkam ush- 
lab, o'ylab qoldi. To‘g‘onbek uning bodom qovoq
382


ostidagi qiyg‘och ko‘zlariga tikildi. U ko'zlarda g‘azab 
yonardi.
— Hushyor bo‘ling, shahzodam! — yana takrorla- 
di To‘g‘onbek.
— Bu ishlar qilich bilan hal bo‘lg‘usi! — qichqirdi 
birdan Muzaffar Mirzo. — Kimda saltanat dag‘- 
dag‘asi bo‘lsa, maydonga chiqsin! Tojdor bo‘lmoq tila- 
gan boshlar o ‘limdan qo‘rqmaydi!
To‘g‘onbek o‘z so‘zining, go‘yo kul ostidagi olovni 
kuchli alangalatgan shamol kabi ta ’sir qilganiga xur- 
sand bo‘lib, shahzodaning har vaqt shunday sabotli, 
jasur bo‘lishga undadi. Lekin siyosatda tajribasiz yi- 
gitcha ehtiyotsiz, ochiq harakatlari bilan butun ishni 
buzib yuborishi, bu bilan yolg‘iz o‘zining emas, 
atrofidagilarning oyoqlariga ham boita urishi mumkin 
edi. To‘g‘onbek, garchi tarixiy kitoblami o ‘zi aslo 
mutolaa qilmagan bo‘lsa ham, Temurdan keyin shah- 
zodalar orasida saltanat uchun bo‘lgan barcha katta- 
kichik kurashlaming, fitna va isyonlaming tarixidan 
yaxshi xabardor edi. Shuning uchun u shahzodaga ni- 
yatlarini dilga yashirishni, har qanday sharoitda ham 
yashirin ishlashni, har vaqt sovuqqon bo‘lishni ken- 
gash berdi.
Oradan ko‘p o ‘tmasdan, Badiuzzamonning kel- 
ganidan xabar berishdi. Muzvaffar Mirzo ingichka 
egilma qoshini ma’nodor o ‘ynatdi-da, mamnuniyat 
bilan qabul qilishini bildirdi. Badiuzzamon o ‘z o‘g‘li 
Muhammad Mo‘min Mirzoni ergashtirib, eshikda 
ko‘rinishi bilan Muzaffar Mirzo yugurib borib, 
og‘asining qo‘lini siqdi. Keyin to ‘qqiz-o‘n yoshli, 
otasidek chiroyli, nozik va yoshiga nisbatan ko‘zlari 
juda jiddiy, ziyrak bolaning boshini silab, suyub muo- 
mala qildi. Har vaqtdagi kabi, katta diqqat va ingich­
ka zavq bilan kiyingan Badiuzzamon o‘z mavqeini 
bilib, o ‘zini ulug‘vor tutar edi. Muzaffar Mirzo ulami 
shirin so‘zlar, mehribonchiliklar bilan to ‘rga — 
kimxob to ‘shakka o ‘tkazib, o ‘zi To‘g‘onbek oldida tiz 
cho‘kdi ham ulaming tashrifi uchun cheksiz quvon- 
ganini bildirdi. Bir qancha vaqt undan-bundan
383


so‘zlashganidan keyin, Badiuzzamon muloyim tabas- 
sum bilan ukasiga murojaat etdi:
— Sizga ham m a’lum bo‘lsa kerak, padari 
buzrukvorimiz ulug‘ iltifot ko‘rgazib, Astrobod viloya- 
tini menga hadya etdilar. Men onhazratning ra’yilari- 
ni yerda qoldirmoqni odobdan bilmay, qabul etdim. 
Erta-indin, safar anjomi tayyor bo‘lsa, balki jo ‘narmiz. 
Shuning uchun siz bilan diydor ko‘rishmoqqa keldim. 
Shoyad bizni yo‘qlab turursiz.
Muzaffar Mirzo boshini kamtargina quyi solib 
tingladi. So‘ngra kamoli ehtirom bilan qo‘lini ko‘ksiga 
qo‘yib, dedi:
— Men bu xushxabami eshitib, g‘oyat xursand 
bo‘ldim. Siz uchun yurt so‘ramoq chog‘i ko‘pdan kel- 
gan edi. Noqobil kishilaming qo‘llarida noobod holga 
kelgan shahar va viloyatlami chuqur fikr, yaxshi tad- 
birlaringiz bilan obod etmoq vazifangizdir. Biz, 
ukalaringiz, haqqingizga duoda bo‘lib, har nechuk 
amr-farmoyishlaringizni ko‘ngil bilan ijro qilurmiz, 
qo‘limizdan kelgan yordamni aslo ayamasmiz. Ulug‘ 
maqomingiz muborak bo‘lsin!
Badiuzzamon yengillanib, tashakkur bildirdi va 
ketmoq uchun ijozat tiladi. Muzaffar Mirzo e’tiroz 
qildi, bukungi ziyofatga o‘z ishtiroki bilan ruh va fayz 
berishini undan iltimos qildi. Badiuzzamon ikkilan- 
ganday bo‘lib, ukasining ko‘nglini ovlamoq uchun, 
nihoyat, ko‘ndi.
Shahzodalar ikkinchi xonaga o‘tgach, To‘g‘onbek 
tashqariga chiqdi. Tayyor turgan yasamol otini minib, 
sovuq shamolga qaramasdan, qizil jiyronni Majidid- 
dinning dargohiga shitob haydarkan, butun fikri bo‘lib 
o‘tgan hodisa bilan band edi. Muzaffar Mirzoning 
makri, ikkiyuzliligi uni hayratda qoldirgan edi. Bir 
daqiqa ilgari g'azabga to ‘lib, akasining boshini olishga 
tayyorligini bildirgan yosh shahzoda o ‘z muhitiga, 
podshoh oilasiga xos bo‘lgan va ona suti bilan qoniga 
singgan munofiqlikni juda tabiiy, juda rostakam bajar- 
gan edi.
384


To‘g‘onbek Majididdinni uning qishliq mehmon- 
xonasida yolg‘iz uchratdi. U bukun xafaroq ko‘rindi. 
To‘g‘onbek haligi voqeani so'zladi. Vazir xomushlik 
bilan tingladi. Keyin o‘z boshini qotira boshlagan 
dardni ochdi. U, Navoiy kelgandan boshlab vaziyat- 
ning asta-asta o ‘zgarayotganini, ba’zi beklar, amaldor- 
lar uning muomalasidan podshohga shikoyat qilayot- 
gani, Navoiy, garchi rasmiy vazifalardan chetda bo‘lsa 
ham, muhim masalalarda ba’zi davlat arboblari uning 
kengashiga murojaat qilayotganlari haqida gapirdi. 
Balxda Darveshali, bu yerda Navoiy va Nizomulmulk 
unga qarshi yashirin ish ko‘rayotgani haqida uzoq 
m a’lumot berdi. Xo‘ja Afzal safardan qaytib qolsa, 
yana ahvol chatoqlanishi mumkinligini bildirdi.
— Bunday ahvoldi,— dedi qovog‘ini solib To‘- 
g‘onbek, — aqlga eng to ‘g‘ri keladigan yo‘l dushman- 
laraing orasini ayirmoqdir. Ularni ayiring, ular o‘z 
o‘tlarida qovrilsinlar!
— Qanday qilib? — jonlanib so‘radi Majididdin.
— Qiyin emas,— ayyorcha kulib javob berdi 
To‘g‘onbek.— Hammaga belgilikki, Nizomulmulk 
sizga ham, Navoiyga ham dushman. Lekin u sizning 
zarbangizga qalqon qildirib, o‘zini u tomonga yaqin- 
roq olib yuradi. Nizomulmulkni qo‘lga olib, vazir 
tayinlab, devonda o‘rin bersangiz, sizni qo‘llab- 
qo‘ltiqlaydi. Yana shu narsani xotirlangki, uning ikki 
o‘g‘liga ham podshoh iltifot qiladi.
Majididdin qo‘lini iyagiga tirab bir oz o‘ylagandan 
so‘ng: «Maslahating aql va mantiqan xoli emas», dedi. 
Keyin To‘g‘onbek ba’zi katta yerdorlaming zakotning 
kamaytirilishi haqidagi talablarini so‘zladi. Agar vazir 
bu talabni qondirsa, ulardan o‘zlari uchun katta 
mablag1 olishga ishonchini bildirdi. 0 ‘zi uchun davlat- 
ga qarashli yerlardan bir qism suyurg‘ol olib berishni 
iltimos etdi. Vazir bu talablami qabul qilgach, To‘- 
g‘onbek shahzodalaming bazmiga yetishga oshiqib, 
jo ‘nab qoldi.
Ertasi Majididdin saroyda Nizomulmulkka duch 
keldi. Tantana, ziynatni sevgan sobiq vazir ko‘p yillab
13-4733 
385


havosiga ko‘nikib qolgan saroyga tez-tez kelib, go‘yo 
xumorini tarqatib ketardi. Majididdin u bilan uchrash- 
ganda, uning yarasiga tuz sepmoq niyatida, odatda, 
benihoyat kekkayib olardi. Ko‘pincha go‘yo bironta 
navkaming oldidan o‘tgan kabi, nazar-pisand qilmas 
edi. Bu gai Majididdin, garchi sovuqqina bo‘lsa ham, 
u bilan ko‘rishdi. Qavat-qavat xitoyi shohi to ‘nlar 
kiygan, oqargan ko‘rkam soqolli sersavlat Nizo- 
mulmulk mug‘ombirona boqib, o ‘z dushmanidagi bu 
holatning yashirin m a’nosini tushunmoqqa tirishar- 
kan, Majididdin, xolis bir xonaga ishorat qildi. 
Nizomulmulk muhim bir narsaning isini payqaganday, 
atrofga alanglab, indamasdan uning orqasidan yurdi.
Majididdin vaziyatni tushuntirib, o ‘z muddaosi- 
ning ustidan qalin, sirli pardani uloqtirdi.
— Siz g‘oyat tajribali, kordon odamsiz, — dedi 
Majididdin qat’iylik bilan, — oramizda o‘tgan gina- 
kuduratlarga xotima berurmiz. Men janoblariga 
burungi vazifani olib beraman. Lekin bir shart bor, — 
labini tishlab tikildi Majididdin.
— 0 ‘rtadagi ba’zi noxush voqealarni, — dedi 
Nizomulmulk donishmandona bir vajohat bilan, — 
men sahvu xatoning natijasi, deb bilamen. G ‘olibo, 
bizlarning dillarimiz bir-birimiz uchun tilsimotdek 
maxfiy qolgandir. Oqillarnnig ishi xatolami tuzat- 
moqdir. U shartki, siz dedingiz, nima ekan?
— D o‘stona munosabatda bo‘lib, hamkorlik qilur- 
miz, — birdan ovozini pasaytirib javob berdi 
Majididdin. — Hamkorlik shulki, siz hech qachon, 
hech kimning huzurida mendan shikoyat qilmaysiz. 
Mening tadbirlarimga hech vaqt e’tiroz etmaysiz. Har 
qanday mushkulotni bahamjihatlik bilan bartaraf qil- 
moqqa harakat qilurmiz.
— Bag'oyat m a’qul shart, — quvonch bilan dedi 
Nizomulmulk, — zotan, biz qadimdan bu shartga 
rioya qilmoqligimiz kerak edi. Hay, moziyni eslamay- 
lik.
— Va’daga vafo? — qo'llari bilan ta ’kidlab, qat’iy 
dedi Majididdin.
386


— 
Vafosizlik qadar qabih badnomlik yo‘qdir. 
Tangri bir so‘z bir!
Ikkinchi kun Nizomulmulk rasmiy yorliq bilan 
vazir tayin qilindi.

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin