Qaysi chamandan esib keldi sabo, yor-yor,
Kim damidin tushti o ‘tjo n im aro, yor-yor...
Har qadamda kanizlar umumiy suron ostida mo‘l-
mo‘l sochiqlar sochdilar. Sochiqlar uchun pista va
bodomlarning qobiqlarini oltin va kumush bilan qop-
lagan edilar. M ash’allaming, fanorlarning shu’lalsida
pista-bodomlar cho‘g‘dek yarqirab sochilardi.
Butun bu tantana Bog‘i Jahon oroning muazzam
darvozasiga kirish bilan bir nafasda suv quygandek
jimjitlik hukm surdi. Katta yozlik zalda shahaming
ilg‘or ulamolari bilan qurshalib o‘tirgan shayx ul-islom
kuchsiz, ingichka ovozi bilan ming‘irlab nikoh o‘qidi.
Nikohdan so‘ng Husayn Boyqaroning o‘zi kelin
boshidan oltin tanga yomg‘irini yog‘dirdi. Qiz tomon
esa kuyov bola — Muzaffar Mirzoning boshidan
sochiqlar sochdi. Yana hamma yoqni suron bosdi.
363
To‘y tantanasi bahor toshqiniday kuchli to ‘lqin bilan
bog‘ning katta sahniga yoyilib ketdi.
Arslonqul qo‘shni xotinlar bilan tomoshaga chiqib
ketgan Dildorni qaynagan olomon orasida qidirdi.
Topolmasdan, charchab tashqariga chiqdi. Mash’allar
bilan yoritilgan katta maydonda, qarshidan qattiq
kelib, ellik qadamcha narida, bir guruh navkarlar oldi-
da, birdan to ‘xtagan otliqni ko‘rdi. Otliq unga tanish
harakatlar qilib, navkarlar bilan g‘ijillashib ham oldi.
Asrlonqul yugurib bordi. So‘lug‘ini tishlab, hansiragan
qora bayiming jilovini tutdi. Xiyla kayfli Haydar mast-
larcha beparvolik bilan otdan tushdi. Arslonqul undan
Alisher Navoiyning sog‘-salomatligini so‘radi. Haydar
g‘azab bilan yongan ko‘zlarini arkka tikib, zaharxanda
bilan dedi:
— To‘y, bayram, jinoyat — hammasi bu yurtda
bor!
— Nima gap, Haydarbek? — qo‘rquvli ovoz bilan
shivirladi Arslonqul.
— Tinchlik... — qo‘lini siltadi Haydar.
Arslonqul otni chetga eltib bog'ladi. Haydaming
fe’li ayniganidan xavfsirab, olazarak bo‘lib turarkan,
qayoqqadir shoshib-pishib ketayotgan Sultonmurod
ham Zayniddinga ko‘zi tushdi, ulami qichqirib chaqir-
di. Ular kelib, Haydar bilan quchoqlashib ko‘rishdilar.
— Sabuhiy1, — murojaat etdi Sultonmurod, —
so‘ylang. Mir janoblarining ahvollari nechik?
— Tangriga shukur, sog‘-salomatlar... Majididdin
M uhamm adning makkor peshonasi haqiqatning
abadiy toshiga urilib, chil-chil sinib ketdi!
Zayniddin va Sultonmurod bir-birlariga m a’nodor
qarashib, Haydarni ogohlantirishga tirishdilar:
— Qayerdasiz?
— Dilga kelgan fikrni tilga ko‘chirmoqda hamisha
ehtiyot shart!
— Men mirzolarga Alisher janoblarining g‘azabli
salomlarini keltirdim, — dedi Haydar g‘ururlanib. —
1 Haydaming laxallusi.
3 6 4
D o‘stlarim, shu to ‘y-tomoshaga men ham chizi zahar
tashlamoq ñkridamen. Yeng ichida xanjar saqlaganlar
qani?
Sultonmurod Zayniddinning qulog‘iga nimadir shi-
virlab, bir zumda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Zayniddin
ustalik bilan Haydarni gapga solib turdi — Haydar-
ning fe’lini yaxshi bilardi u.
— Sizga istirohat kerak, charchagansiz, — muro-
jaat etdi Arslonqul Haydarga.
Haydar tezda shaxdidan tushdi, atrofga qayg‘uli
parishon boqdi. Shu orada Sultonmurod Boboali
eshik og‘ani boshlab keldi. U uzun, quwatli qo‘llarini
keng yoyib, Haydarni go‘yo o ‘z o‘g‘liday quchoqladi,
shirin gapirdi. Keyin uni otiga mindirib, o‘zi ham bir
zumda ot topib kelib, uyiga olib jo ‘nadi. Sultonmurod
ularning orqasidan uzoq tikilib qoldi-da, keyin
qayg‘udan bo‘g‘ilgan ovozi bilan dedi:
— Biz g‘aflatda ekanmiz, Astrobodda g‘oyat ala-
mangiz qabih voqea ro‘y bergani shubhasiz. E voh,
Hirot bayram qilmoqda!
— Suyunmoq kerak, — dedi Zayniddin shivirlab
to ‘yboshilarning kirdikori fosh etilib, tarix oldida ular
sharmanda bo‘libdilar!
Sultonmurd ham Arslonqul boshlarini g‘amli
chayqab, uning fikrini tasdiqladilar. Keyin uchovlari
asta-asta yurib, og‘ir sukut bilan qorong‘ilikda ko‘zdan
yo‘qoldilar.
n
Tongda Haydar ko‘zlarini ochib, uqaladi. U shipi
chiroyli shamsli, devorlarining yuqori aylanasida,
go‘zal naqshlar orasida hikmatli ruboylar yozilgan
kichkina, tanish xonada yotar edi. Boboalining uyiga
qo‘nganiga u xursand bo‘ldi. Otda uzoq yo‘l bosib
charchagan gavdasida hozir allaqanday xush yoqar bir
orom sezsa-da, belidan va oyoqlaridan og‘riq aralash
horg‘inlik ketmagan edi. Rohatlanib bir kerishdi-da,
yana yalqovlanib yotdi. Bog‘i Jahon oro oldida tunda
ko‘rganlari — mash’allar, bezaklar, shovqin-suron va
365
hokazo uning boshida, uzoq bir tush singad, jilvala-
nardi. Tashqarida xizmatkorlarga yumush buyurgan
Boboalining tovushini eshitgach, o‘midan turib, odati
bo‘yicha, imirsilanmasdan kiyindi. Dahlizda m o£’jaz,
guldor mis obdastadagi suv bilan yuvinib bo‘lguncha,
xizmatkor kirib o‘rinni yig‘di, ichini saranjom qildi.
Keyin Haydar uy sohibi bilan nonushta etdi. Boboali
eshik og‘a Haydaming fe’lini yaxshi bilganidan, tilga
ehtiyot bo‘lishini, do‘st-dushmanning farqiga yetib,
muomalada bu jihatga rioya qilish kerakligini ochiq
nasihat tariqida emas, ishoralar bilan uqtirib o‘tdi.
Ham qiyom chog‘ida saroyga kelsa, podshohning
qoshiga kirgizishini va’da qilib, o‘rnidan qo‘zg‘aldi.
Haydar tokchaga qalangan kitoblarni ko‘zdan
kechirdi. Mavlono Hiloliyning «Shoh va gado» asari-
ning favqulodda go‘zal xatli kotib ko‘chirgan g‘oyat
bezakli bir nusxasini tomosha qildi. Ba’zi joylarini
o‘qib, oxirgi betini ochdi: kotib Zayniddin! Kitob-
chani yana varaqlab xatiga diqqat qilib, Zayniddinni
Hirotning eng mashhur kitoblaridan aslo tuban
ko‘rmadi. Musiqiyda, shatranjda, sangtaroshlikda
shuhrat qozongan bu sho‘x, xandon odamga mehri
yana ortdi. Navoiy buyurgan ba’zi kitoblarni unga
yozdirmoqqa qaror qildi. Keyin rasmiy maktublami
chiroyli juzdonga solib, qo‘ltig‘iga tiqdi ham tug‘ilib
o‘sgan shahaming havosini, fayzini sog‘ina-sog‘ina
dilgir bo‘lgan yurakni ochish uchun ko‘chaga chiqdi.
Sahhoflik rastasiga tushdi. Keyin bir-ikki madrasaga
kirib, do‘stlari bilan diydor ko‘rishguncha vaqt peshin-
ga yaqinlashib qoldi. Podshoh, eski odati bo‘yicha,
peshindan keyin kundalik ichkilik bazmiga sho‘ng‘ib
ketishini bilganidan, saroyga yugurdi. Uni Boboali
eshik og‘a ko‘zlaridagi ranjish ifodasi bilan qarshi olib,
podshoh huzuriga kirishga buyurdi. Haydar bir oz
to ‘lqinlanib: «Hazratlari yolg‘izmilar? Aks holda, kir-
maymen», dedi. Boboali boshini qimirlatib, «ha» deb
javob berdi.
Haydar oltin taxtda qovog‘ini solib o‘tirgan Hu-
sayn Boyqaroga, butun qoidaga muvofiq, ta ’zim qildi.
366
Ruxsat bo‘lgandan so‘ng o‘tirib, Alisherning salomini
so'zladi. Juzdondan rasmiy hujjatlami chiqararkan,
podshoh ularni devonxonaga topshirishni buyurdi
ham Astroboddagi umumiy ahvol haqida so‘radi.
Haydar bu xususda Navoiyning uqtirgan fikrlarini
batafsil so‘zlab berdi. Husayn Boyqaro beparvogina
tinglab, shoiming bu kunlarda nima bilan mashg‘ul
ekanini, kayiiyatini so‘radi. Haydar Navoiyning fikri
hamma vaqt el va ulus ishi bilan band ekanini aytdi-
da, bir nafas sukut qilib, uning kayfiyati to ‘g‘risida
dedi:
— So‘nggi zamonlarda Mir janoblarining xotirlari
siniq,
ko‘ngillari g‘am-anduh
bilan
pora-pora
bo‘lgandir. 0 ‘zlarini og'ir vaziyatdan ne yo‘l bilan
qutqarishni bilmaydilar va yolg‘iz g‘azab o‘tida qovri-
ladilar.
— Nimalar demoqdasiz? Sabab? — Husayn Boy
qaro birdan hushyorlanib, ko‘zlarini qattiq tikdi
Haydarga.
Haydar bir m uddat tàraddudlandi. Shu paytda
haqiqatni qandaydir boshqa vajhlar bilan yashirish
zarurligiga aqli yetsa ham, qoniga singgan fe’li ustun
chiqdi. Birdan taraddudni yengdi.
— Mir janoblarini benihoyat tashvishga solib,
g‘azablariga sabab bo‘lgan voqea shulki, — deb bosh-
ladi Haydar, — yaqinda siz pushti-panohimiz pod-
shohi olamning bakovullari Mir janoblarining hayot-
lariga qasd etdi!
— Ne bo‘htonlam i so‘zlamoqdasiz? — qichqirib
yubordi Husayn Boyqaro.
— Bakovul Abdusamad Mir janoblarining taomla-
riga zahar qo‘shgan ekan... — endi beparvo davom
etdi Haydar. — Ammo Mir janoblari karomat tariqida
bu ofatdan ogohlanib, tangriga sad hazor shukur, salo-
mat qoldilar. Bu faje hodisa Miming dillarini shubha
va andisha bilan to ‘ldirdi. Jinoyatning ildizini bu
yerda, Hirotda, deb ishonadilar...
Husayn Boyqaroning rangi qum o ‘chib, yuzi bir
zumda ko‘k-sarig‘ bilan qoplandi. Bumining kataklari
367
qisilib, og‘ir nafas ola boshladi. Haydar o‘zini juda
noqulay sezdi. Dolig‘ulilik bilan so‘zlaganiga afsus
qildi. Lekin endi vaziyatni o ‘zgartirish yoki, jilla qur-
sa, sal yumshatish mumkin emasdi. Husayn Boyqaro
jahl bilan qichqirdi:
— Bu gaplaming bari ahmoqlikdur. So‘z tamom,
chiqingiz bu yerdan!
Haydar sovuq, o‘chiq yuzini ters burgan pod-
shohga ta ’zim qilib, orqasi bilan yurib chiqdi.
Dahlizda Boboali eshik og‘aga murojaat etib, nima
qilish kerakligini so‘radi.
— Siz o‘z odatingizga hech xilof ish qilmaysiz! —
dedi u kuyunib. — Joningizdan qilcha umidingiz
bo‘lsa, endi tilingizni kesing, tamom gung bo‘ling!
Haydar indamasdan, marmar zinaga otildi.
Husayn Boyqaro Boboalini yo‘qladi, qalam va
qog‘oz talab qildi. Boboali oltin siyohdon, oltin va
kumush bilan ishlanib, qimmatbaho mayda toshlar
terilgan qalam va bir taxta rangdor qog‘ozni darrov
taqdim etdi. Podshoh ünga Haydami Astrobodga
jo ‘natmaslikni, Hirotda nazorat ostida saqlash kerak
ligini tegishli amaldorlarga shu onda yetkazishini
buyurdi. Keyin yolg‘iz qolib, Navoiyga yozilajak xat-
ning mazmunini, unga qanday unvon bilan murojaat
qilish kerakligini o ‘ylarkan, qog‘oz tutgan qo‘li titrar-
di. U o‘zi bu jinoyatdan xabarsiz bo‘lsa ham, lekin
Majididdin va uning guruhining Navoiyga bo‘lgan
adovatini, ko‘pdan buyon tayyorlab yurishgan kirdi-
korlarini sezganidan va ba’zi ishoralarga sal hushyor-
lik bilan qaragan taqdirda, jinoyatdan ogohlanishi
mumkin ekanligini iqror qildi ham o‘z shaxsiga
yopishtirilishi mumkin bo‘lgan bu qora dog‘ni silish-
ga, ishni «yopdi-yopdi» qilishga qaror berdi. Titrak
qo‘l bilan yozishga kirishdi. Xatni Alisherga nisbatan
samimiyat, qadrdonlik so‘zlari va tumtaroqli uzun
jumlalar bilan bezab, oxirida Haydar keltirgan xabar-
dan g‘oyat mutaassir bo‘lganini, lekin bunday j inoyat
hech qachon uning xotiriga kelmaganini yozdi. Ko‘ng-
li picha taskin topdi. Boboali eshik og‘a haligi farmon
368
haqida tegishli amaldorlami ogohlantirganini arz qil-
moq uchun kirganda, Husayn Boyqaro xatni bukib,
ko‘z oldida tamg‘alatdi ham ishonchli chopar orqali
shu onning o‘zida Navoiyga yuborishni buyurdi.
Ishlar to‘g‘risida ma’ruza qilmoq uchun Majidid-
din oltin gullari yonib turgan ipak to ‘nda gerdayib
kirdi. Podshohning avzoyiga nazar solishi bilanoq,
g‘alati bo‘lib ketdi-da, bo‘shashibroq o‘tirdi. U
Haydaming kelganini eshitgan edi. Lekin podshoh-
ning kayfsizligini shundan deb gumon qilmoqqa hech
qanday asos yo‘q edi. Bosh vazir so‘zlash uchun ijozat
so‘radi. Husayn Boyqaro m a’ruzani boshqa vaqtga
qoldirarkan, uning ichini titroq bosdi. Sababini
so‘rashga botinolmay, boshini egib, sukut qildi.
— Astrobodda bag‘oyat nomaqbul harakat ro‘y
bermish, — dedi Husayn Boyqaro shikoyatlanib.
— Muborak dilingizni xira qilgan ahvol ne ekan?—
gavdasini bukib, murojaat etdi Majididdin.
— Yuborgan bakovulingiz Alisheming hayotiga
qasd qilibdi. Ammo hech ish chiqmabdi. Kishini
zaharlamoq oson ish bo‘libdimi? Endi Alisher o ‘zini
har nav tahlikadan qutqarmoq uchun choralar izlar
emish...
— Aslo xabarim yo‘q, ofltobi olam! — rangi oqa-
rib, ko‘zlariga mas’umlik ifodasi berishga tirishib dedi
Majididdin. — Siz olampanoh uchun bu alim 1 hodisa
qanday kutilmagan bo‘Isa, bu qulingiz uchun ham
shundaydir.
— Yashirin vazifa topshirgan edingizmi? — so‘radi
to ‘nglik bilan Husayn Boyqaro.
— To‘g‘ri, biz u ablahning zimmasiga bir nima
vazifa yuklagan edik... — guldiradi Majididdin. —
Lekin m a’lum bo‘ldiki, bakovul o ‘z haddidan o ‘tibdi.
— Endi bu haqda bahslashmoqning hojati yo‘q, —
dedi qisilib Husayn Boyqaro. — Ayting, oqibati nima
bo‘lur? Qanday qilib yashirmoq mumkin?
— Iflos bakovulning izini bu dunyodan o ‘chirmoq
kerak! — javob berdi Majididdin.
1 Alamli.
369
— Vaqt o‘tdi!
— Xotiringiz jam bo‘lsin, olampanoh, — dadil-
lanib dedi Majididdiin, — bu bakovulning ishini ista-
gan onda saranjom qilmoq uchun uning orqasiga
o‘lim soyasini ergashtirib qo‘ygan edik...
Husayn Boyqaro birdan yengillanib, qaddini
ko‘tardi. Majididdin ishonch bilan, kuyunib, so‘zini
davom ettirdi:
— Alisher bu hodisani bahona qilib, tangri taolo
abadiyan barqaror etgan saltanat tojingizga ochiq
muxolifatda bo‘lishi mumkin. Bu tahlikaning oldini
olmoq zarur. Alisher bilan Yaqubbek orasidagi sami-
miyatni, bir on bo'lsin, xotirdan chiqarmaslik kerak.
Husayn Boyqaro bosh vazirning bu flkrini ham o‘z
diqqati ham ko‘zlarining ifodasi bilan tasdiqladi.
Podshoh nazarida o‘z obro‘-e’tibori mustahkam ekani-
ga Majididdin yana bir karra ishondi. Mablag‘lar ort-
tirish uchun yangi-yangi manbalar topilganligi haqida
gap orasida bir necha so‘z qistirib o‘tdi.
Husayn
Boyqaro vazirga ketmoqqa ijozaat berdi. Keyin
Hirotning e ’tiborli oilasiga mansub bo‘lib, yaqinda
unga nazr qilingan go‘zal qiz bilan ko‘ngil ochish
uchun haramga jo ‘nadi.
Dostları ilə paylaş: |