Yigirma beshinchi bob
I
Shamol o ‘ymakor darichaning tavaqalarini bir-biri-
ga urib, taraq-turuq bilan yopdi. Past kursi ustidagi
qog‘ozlar shaldirab uchib ketdi. Sohibi deivon1
mavlono Nizomiddin, ko'rinishda beg‘am, betashvish,
lekin o‘z boshlig‘iga hamisha itoatkor, vazifasini erin-
may bajaruvchi eski amaldor, homuza tortib: «Yopi-
ray, bu nima hangoma!» deb lapanglab o ‘midan turdi;
uvushgan tizzalarini uqaladi: tarqoq qog‘ozlarni
yig‘ishtirib, yana o‘rniga o ‘tirdi. Keyin sopiga mayda
feruzalar qadalgan m o‘’jaz pichoq bilan qalamni
ochib, siyohdonga botirdi. Sinamoq uchun bir parcha
qog‘ozga «itqi», «izg‘i»2ni yozib ko‘rdi. Keyin kent
boshliqlariga tayyorlanayotgan farmonlarni qitirlatib
yozib ketdi.
Qo‘shni xonaning to ‘rdagi eshigi yengil «g‘irch»
bilan ochilgach, shuursiz ravishda qalamni kursiga
qo‘ydida, xira ko‘zlariga eski m a’murlik, vazifashu-
noslik hissini to‘plab, boshliqqa tikildi.
— Bizga kiruvchilar yo‘qmi? — so‘radi Navoiy.
— Yo‘q. So'nggisi haligi cho'loq dehqon edi.
Huzuringizda rosa o‘tirdi. Ammo, sezdim, qanot taqib
chiqibdi go‘yo... Men kulib qo‘ygan edim, qulog‘imga
asta shivirladi: «Nega shu kishining o‘zi yurtga pod-
shoh bo‘lmaydi!» Men dedimki, bu kishi faqirlikni
podshohlikdan afzal ko‘radi. U boshini tebratib:
«Qo‘ying, unday yomon niyatda bo‘lmang!» deb
chiqib ketdi.
Navoiy kamtarlik bilan tabassum qildi:
— Ajab qiziq, shirin kalom kishi ekan, — dedi
shoir eshikka suyalib. — Har ne to ‘g‘risida gaplashdik.
Har xususda yaxshi m a’lumotlar berdi. Eski qo‘shiq-
lami, ertaklami, bobolaming purhikmat so‘zlarini
yaxshi bilur ekan. Yana ba’zi bir dala qushlarining
1 M ah k am a bo sh q aru v ch isi m a ’n osida.
! A rab alifbosidagi harflard an .
342
xususiyatlari haqida ajoyib narsalar so‘zladiki, hech
bir kitobda u to ‘g‘rilarda biron so‘z topmoq imkonsiz-
dir. Tangriga shukur, bizning elning aksariyati uning
kabi qalbi sof, idroki o‘tkir odamlardir.
— To‘g‘ri, ammo boshlaridan bo‘rki tushmas! —
taralmagan soqolini serkillatib, kulib dedi sohibi
devon.
— Ulaming butun ko‘rki yuraklaridadir,— ishonch
va g‘urur bilan dedi Navoiy. — Gulning to ‘ni qirq
yamoq, barglari yirtiq bo‘Isa ham husni toza emasmi?
— Muhaqqaq, taqsir, muhaqqaq! — shoshib javob
berdi sohib devon.
Navoiy ba’zi yumushlarni mavlono Nizomiddinga
topshirib, chiroyli muqovali kichkina kitobni qo‘lti-
g‘iga qisib, tashqari chiqdi. Hovlida gap sotib o ‘tirgan
navkarlar o'rinlaridan sakrab turib, uni hurmat bilan
kuzatdilar. Navoiy chang burqigan, notekis ko‘chalar-
dan uyga jo ‘narkan, astrobodlik bir to ‘da tanishlarga
yo‘liqdi. Bulaming ichida bin qasidada, biri g‘azalda
durust narsalar yozgan va biri qari va biri o‘spirin ikki
mahalliy shoir, kimyo va ilmi nujum bilan mashg‘ul
bo‘lgan darvesh tabiatli olim, sersavlat mufti, yana
ikki-uch mansabdorlar bor edi. Ular shoimi qo‘yarda-
qo‘ymay o ‘ltirishga da’vat qilishdi. Darvesh tabiatli
olim tantanali bir ohang bilan iltimos qildi.
— Biz janoblarini, yo‘lakay olib ketmoqchi edik.
Tole yulduzi o‘z ishini ko‘rsatib, sizni yo‘liqtirdi.
D af i savdo lozim. Marhamat qiling!
Shahaming yoqasida, tevaragi guvala, tosh aralash
urilgan qiyshiq, past devor bilan qurshalgan bog‘da,
supada o‘tirishdi. Bu — muftining bog‘i edi. Tezda
taomlar tortildi. Shoir qaltiroq qo‘llari bilan ko‘kimtir
sallasining uchiga qistirilgan qog‘ozni olib, ko‘ziga
juda yaqin tutib, o‘qimoqqa boshladi. Bu — uning
yangi qasidasi edi. 0 ‘qirkan, bir-ikki yerda to ‘xtab, bo-
shini vazmin tebratdi: «Nabiram ko‘chirgan edi.
G ‘alat qilibdi... Hayhot, umr!»
Navoiy qasidaning ilk ikki yo‘lini ko'chirib olib,
keksani juda xursand qildi. Olim payg‘ambarona bir
343
tur bilan ilmi nujum haqida gapirdi. U Chingizning
Movaroumiahrga qonli hujumidan ancha burun bir
ko‘p olimlaming bu falokatdan xabar berganliklari va
ular buni nima bilan isbot qilganliklarini bayon qildi.
Navoiy ilmi nujumchilaming yolg‘onchiligini isbot
etmoqni istasa ham, lekin olimni ranjitmaslik uchun
ulaming oldindan bergan xabarlari qariyb hamma vaqt
noto‘g‘ri chiqishini gapirdi; o‘jar olim bilan hazil
yo‘so‘n bahslashdi. Keyin astrobodlik mashhur eski
shoirlarning hayoti va asarlari haqida o‘tirganlar juda
qiziq m a’lumotlar naql etishdi. Nihoyat, gap-so‘z asta
susayib, bora-bora qumlikka singgan suv kabi, to ‘xtadi-
qoldi.
Havo allaqanday dim; qari shoir boshini quyi solib,
mudray boshladi. Tuprog‘i bilq-bilq ko‘chadan aroba-
ning asablarni parmalaydigan «g‘ijir»i eshitilardi.
Ko‘kka bulut toshdi. Havoda ko‘ngilsiz dimlik yana
kuchaydi. Bir ozdan keyin, xuddi uyquda yotgan it
yaqiniga kelgan odamga birdan uyg‘onib o‘zini tashla-
ganday, shamol qo‘zg‘alib, gurillab o‘tdi. Bulutlar kat-
ta parchalarga bo‘linib, oq tuyalardek har yoqqa yugu-
ra ketdi. Quyosh birdan o‘tkir chaqnab, hamma yoqni
ko‘z qamashtirarli nur bilan qopladi. Shu vaqtda ola-
shovur yomg‘ir quyib o‘tdi. Tomchilar chang bosgan
barglar orqali kirlanib, kishilaming ustiga, dasturxon-
ga toma boshladi. Navoiy taajjublanib, havoga razm
soldi. Uy egasi mufti uning taajjublanganini payqadi.
— Taqsir, bizning shahrimizning xususiyatlaridan
biri shulki, — dedi u kulib, — bu yerda bir kunda to ‘rt
faslning havosini ko‘rish mumkin!
— Balli! — dedi Navoiy boshi bilan tasdiqlab. —
Chunki bu shaharda bir kun bir yil bilan barobardir!
Bu javob umumiy kulgi qo‘zg‘otdi. Hatto qari
shoir cho‘chigandek, ko‘zlarini katta ochib, atrofga
qaradi:
— Ne gap? Ne? — dedi.
Navoiy kechga yaqin uyga qaytdi. Hovlida Shayx
Bahlul uchrab, Hirotdan mehmon kelganini darak
berdi.
344
— Kim ekan? N e yumush bilan? — qiziqib so‘radi
Navoiy.
Shayx Bahlul sekingina javob berdi.
— Podshoh hazratlarining bakovul'laridan bid...
Abdusamad keldi. Endi oshxonamiz yashnagusidir!
Navoiy yelkasini qisdi. Bir nafas qoshlarini ma’-
nodor chimirib, Shayx Bahlulga shivirladi:
— Har qadamimni poylagan itlar, mazmuni, ozlik
qilibdi shekilli!
Shayx Bahlulning ko‘zlari jovdirab, Navoiy-
ga «shundaymi?» degandek tikildi. Keyin kulib
yubordi.
Shu vaqt xonalaming biridan bakovul Abdusamad
chiqdi. Navoiyni ko‘rib, lapanglab yugurdi. A w al ta’-
zim qilib, semiz, yumshoq qo‘llari bilan ko‘rishdi.
Uning go‘yo moy siljib turganday ko‘ringan lo‘ppi
yuzida allanechuk uyat aralash bem a’ni bir iljayish bor
edi. Navoiy sir boy bermasdan, lekin istehzoli bir
ohang bilan: «Musofirchilikda bizga xizmat uchun
kelibsiz. Rahmat!» dedi-da, o‘z xonasiga kirdi.
* * *
Abdusamadning bobosi Shohrux Mirzo zamonida
jallod edi. Boshlami cho‘rt uzish, qatorlashtirib dorga
osish, qo‘l, oyoq, burun, til kesish kabi qonli dahshatli
ishlami qanday ustalik bilan bajarganligini, ayniqsa
ten shilish, po‘stga somon tiqishda mahorati baland
ekanini Abdusamad o‘z otasidan, Abu Said Mirzo
zamonidagi zindon posbonidan bolalikda ko‘p eshit-
gan edi. Otasini bir kecha qonga belangan holda zin
don yoqasidan topganlarida (uni zindondan qochgan-
lar o‘ldirib ketishgan edi), Abdusamad o‘n yashar,
qo‘rqoq, lekin shu bilan baravar pismiq quv bola edi.
K o‘p o ‘tmasdan, onasi er qildi. 0 ‘gay ota, yoshi
ulg‘ayib farzand ko‘rmagan esa-da, «Otning asli qar-
tadir, asli tagiga tortadir», degan gapga ishonganidan
bo‘lsa kerak, yetimga kun bermadi. Abdusamad har
1 Oshpaz, dasturxonchi.
345
kun erta bilan, hakka uyg‘onmasdan ko‘chaga otilar,
bozor va rastalarda izg‘ib, qosh qorayganda uyga qay-
tar, o ‘gay otaning ko‘ziga tikanak bo‘lmaslik uchun
bir burchakka tiqilib, uxlab qolar edi. Abdusamad
ko‘pincha oshxonalar tevaragida xira pashshaday
aylanib, nihoyat, bir kallapazga shogird tusha bildi.
0 ‘n besh yoshgacha o‘tin yorib, olov qalab, o‘choq
tozaladi. Arzón kalia sho‘rvani raso ichib, suyaklarini
chaqib, iligini yutib, baqaloq bo‘lib qoldi. Endi u osh-
pazlikdan boshqa hunarni esga ham keltirmadi. Bir
kun arzimagan narsa ustida xo‘jasi bilan achchig‘lash-
di-da, nozik ovqatlar tayyorlaydigan oshxonaga xiz-
matga kirdi. Bir necha yildan keyin u tayyorlay olmay-
digan hech bir antiqa taom qolmadi. Nihoyat, pazan-
dalik orqasida podshohning saroyiga oshpaz bo‘lib
kirdi. Saroydagi va saroy tevaragidagi odamlarning
xulqini miridan sirigacha o‘rgandi. Tashqi porloqlik,
ko‘z qamashtirarli ziynat, dabdaba va sha’shaa tagida
chirkin fahsh, fitna-fasod ko‘rdi. Nozik muomala,
nazokat, tavoze va takallufot pardasi ostida qonli xan-
jarlar, xiyonatlar sezdi. Bu muhitda u, baliq suvda suz-
ganday, huzur qilib suzdi.
Majididdin hokimiyat tepasiga kelib, o‘z dargohida
favqulodda dab-dabali ziyofatlar berishga boshlaganda,
Abdusamad bir necha marta o ‘z hunarining «gulla-
ri»ni ko‘rsatib, Majididdinning diqqatini jalb etdi.
Maydan, davlat va dabdabadan mast bo‘lgan vazir
mehmonlarini kuzatgach, mayda-chuyda mulozimlari-
ni, xizmatkor va navkarlarini to ‘plab, bir necha daqiqa
hangomalashar, qolgan-qutganlami ichishga, yeyishga
taklif etarkan, Abdusamad xira mushukday unga
suykalib qo‘yardi. Bir kun ziyofatdan keyin, tasodifan
u bilan yolg‘iz uchrashishga to ‘g‘ri kelganda,
Abdusamad saroyda, haramda ro‘y bergan ba’z sirli
voqealarning uchini chiqarib qo‘ydi. Majididdin qi-
ziqib, ustalik bilan gapga soldi ham hech taraddudsiz
uni «ish»ga oldi. Nihoyat, Majididdin o ‘zining
saroydagi ishonchli, qadrdon josusi Pir Hoji bakovul
orqali bir ming dinorni naqd, yana besh ming dinor
346
uchun va’da berarkan, Abdusamad jinoyatni savobday
qabul qildi-da, safarga chiqdi.
Ertasi Abdusamad oshxonani qo‘lga oldi. Shoir-
ning eski qadrdon oshpazi Hasan Sayyohni, o‘zi kalla-
pazga shogird tushgan vaqtdagiday, olov va kulga tiqib
qo'ydi. Lekin dastlab juda oson ko'ringan jinoyatni
amalga oshirish bu yerda imkonsizdek tuyuldi.
Muomalada, Haydardan boshqa, hamma u bilan
samimiydek ko‘rinishiga qaramay, Abdusamad yurak-
laming qa’rida, ko'zlaming yashirin m a’nosida, sirli
imo-ishoralarda unga yot kabi qaraganliklarini sezdi.
Navoiyning yer tagida ilon qimirlaganini sezadigan
ziyrak ekaniga kundan-kun chuqurroq ishondi.
Hammaning ikki ko‘zi bo‘lsa, Shayx Bahlulning go‘yo
hamma yog‘i ko‘z... Abdusamad ichini kemirgan
yomonlik hislarini bo‘g‘ishga, yuragida jinoyatning
ilon tiliday hamma vaqt likillab turgan zaharli nish-
tarini vaqtincha makming qiniga tiqishga tirishdi.
Odamlarda shubha izini qoldirmaslik uchun moy
sirqigan semiz yuziga oq ko'ngillilik, soddalik niqobi-
ni kiydi. 0 ‘z o'm ini yana Hasan Sayyohga berib,
faqat taomlaming ta’mini totib ko‘rish bilan chega-
ralandi. Shu zaylda ikki oy o ‘tdi. Hadiksirashlar ancha
ozaydi. Shayx Bahlul ilgari Navoiyga kelgan mak-
tublami undan yashirish uchun qanday quvliklar qilar-
di — hozir esa bunday narsalarga e ’tiborsiz qaraydi
u... Ammo Abdusamad hali ham bu muhitda o‘zini,
shishaga qamalgan chayonday, ojiz sezar, rejalaridan
birini qat’iy ravishda tanlab amalga oshirishga botinol-
masdi. Uchinchi oy Hirotdan yashirin xat oldi. Xatda
uni xiyonat, qo‘rqoqlik va hokazoda ayblab, agar
jonidan umidi bo‘lsa, vazifani tez bajarishni buyurgan
edilar. Abdusamadning ichida jinoyat iloni yana gajak-
lanib-dikillab qoldi.
n
Navoiy devondan qaytib, odati bo'yicha, Shayx
Bahlulni yo'qladi. U bo‘lmasa, shoir uyni go‘yo
bo‘shdek sezardi. Hasan Sayyoh uning qandaydir
347
yumush bilan bozorga ketganini bildirdi. Navoiy o‘z
xonasiga kirib, sallani qoziqqa ilib, uchli taqyani kiydi.
Ko‘rpachaga o‘tirib, bolishga suyandi. Bir oz hordiq
chiqargandan so‘ng mashg‘ulot axtardi. «Chor devon»
tartibga solingan. Farididdin Attorning «Mantiq ut-
tayr»i yana xotiriga keldi. Bir qarich yoshida mak-
tabda mutolaa qilarkan, uning bolalik qalbini asir
etgan bu asarning ishqi, zamonlar ham voqealaming
girdobiga qaramay, hali ham o ‘z tozaligini, sehrini
saqlar edi. Uni taijima etish yoki shu mavzuda, shu
shoirona kayfiyat bilan o‘z ona tilida yangi asar
yaratish orzusi goho uning yuragida to ‘lqinlar yasar
edi. Hozir ham bolalikda miyasiga naqshlangan mis-
ralar o‘lchovsiz darajada to‘lg‘in mazmunda rang va
ziyo bilan yongan holda uning boshiga quyulib keldi.
Lekin Astroboddagi kayfiyat, afsuski, bunday asami
yozishga mos emas edi. Shoiming yuragida haqiqat
dushmanlariga, hammadan sevgan hayot gulini sovur-
moqchi bo‘lgan yovuz kuchlarga qarshi g‘azab yonar
edi.
Navoiy ba’zi bir qalin kitoblami varaqladi, Beh-
zodning ba’zi kichik rasmlariga, naqshlariga ko‘zi
tushdi. Ranglar va chiziqlarning mislsiz chuqur
m a’nosiga, nozik adosiga, san’atkoming bemisl zavqi-
ga berilib, hamma narsani unutayozdi. 0 ‘zi tarbiyala-
gan, ajoyib o ‘tkir tuyg‘u bilan bir onda idrok etgan
nodir iste’dodni yodlab ketdi. «Hozir ne ajoyib
narsalar yaratmoqda ekan? Koshki uni bir zum ko‘rish
muyassar bo‘lsa!» Yuragi do‘stlaming, yaqinlarning,
shogirdlarning sog‘inchi bilan to ‘ldi. Shoir erksizlikni,
g‘ariblikni chuqur alam bilan sezdi. Birdan o ‘midan
turib, tokchadan qalami m o‘y va qog‘oz oldi.
Ko‘pdan buyon sira rasm mashq qilmagan edi. Biron
narsa chizishni o‘yladi: basharasi odam qiyofasiga
o ‘xshab ketgan sher... Bo‘ynidan ikki tomonga
yo‘g‘on zanjir tortilib, uchlari ikki qoziqqa bog‘lan-
gan. Ammo zanjirband sher... mag‘rur. Bu fikr asta-
sekin qog‘oz betida jonlana boshladi. Shoir ko‘proq
fikrga qiziqib, havas bilan uzoq ishladi. Xomaki holda
348
umumiy shakl bitganda, Haydar kirdi. U uzoqdan
ko‘z tashlab, iljayib qo‘ydi. Keyin rassomning tepasi-
ga kelib qichqirdi: «Alisher Navoiy janoblari zanjirda!»
Navoiy m a’nodor kulimsirab qaradi-da, e ’tiroz qilgan-
dek, boshini chayqadi.
— Jamiki xaloyiq, men aytganim kabi, anglaydi, —
dedi Haydar rasmni qo‘lga olib.
Navoiy rasmni bir chekkaga qo‘ydi-da, «Keyin,
bo‘sh vaqtimizda yana ishlarmiz. Qani, o‘tiring, sizga
bir taklifim bor», — dedi. Haydar gilamga tiz cho‘kib,
sho‘x, beqaror ko‘zlarini shoirga tikdi. Navoiy, o‘zi
Hirotga bormoq huquqidan mahrum bo‘lgani uchun,
rasmiy vazifalar bilan uni poytaxtga yubormoqchi
ekanini so‘zlab, Haydami quvontirdi...
— Qachon? H am vazifalarim nima bo‘lur? — deb
so‘radi Haydar.
— Shu hafta ichi borursiz. Vazifami? Ba’zi ishlar
haqida podshohga m a’ruza qilursiz, xolos.
Haydar suyunib, tashqariga chiqishi bilan Abdusa-
mad kirdi. U ro‘mol bilan bog‘langan peshonasini
siqib, ingrab qo‘ydi.
— Xo‘sh, holingiz nechuk? — so‘radi Navoiy.
— Betobmen. Uch kun bo‘ldi — a ’zoyi badanim
qaqshaydi, — lanjlik bilan javob berdi Abdusamad. —
Og‘riq ustixonlarimni chaqmoqda, taqsir.
Navoiy tabibga ko'rinishini buyurdi. Abdusamad
qo‘li bilan rad qildi.
— Bu yerning tabiblari yaxshi emas. 0 ‘zim turkona
doru qilamen, — dedi Abdusamad va bir oz to‘xtab,
davom etdi. — Hazratlaridan bu qulning bir iltimosi
bor. Yaqin kunlarda meni Hirotga jo ‘natsalar... Gar-
chi, poyqadamingizni ko‘zga surmak, izingizni yala-
moq m en uchun saodat bo‘Isa ham jo ‘namoqqa
majburmen, chunki go‘daklarim bor. Har kun yomon
tushlar ko‘ramen. Bu ojiz qulingizning iltimosini
yerda qoldirmagaysiz.
Har vaqt hatto ortiqcha xursand bo‘lib ko‘ringan
va oshxonaga bosh suqqan mushuklar bilan jang qilib
qahqaha otadigan bu odamning bunchalik kayfsizlan-
349
ganiga shoir achindi. Balki, farzandlarini qattiq
sog‘ingandir, deb o‘yladi va rahmi kelsa ham ochiq
javob berishga botinmadi.
— Sizni poytaxtdagilar yuborganlar. Ixtiyoringiz
ulaming qo‘lida bo‘lishi kerak. Shunday emasmi? —
dedi Navoiy yumshoqlik bilan.
— Siz bo‘shatib yuborsangiz, poytaxtdagilar nima
der edilar. Sizning ra’yingizdan ustun narsa yo‘q, —
dedi Abdusamad qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib.
— Xub, yana o‘ylashib ko‘rurmiz. 0 ‘zingizni ko-
yitmang, tinch yoting...
Abdusamad iltimosini qayta-qayta takrorlab,
ingrab, o ‘rnidan turdi.
Navoiy yostiqqa suyandi. Ko‘zlarini yengil mudroq
bosdi. Oradan biror soat o ‘tgach, Hasan Sayyoh kirib,
dasturxon yozdi. Xitoyi kosada, qiymasi charviga
o ‘ralgan sho‘rbo ham non keltirdi. Navoiy nonni
sindirarkan, hazilomiz dedi: «Abdusamad ketib, bizni
g‘arib qoldiradiganga o'xshaydi». Hasan Sayyoh
dakkam-dukkam ko‘sa soqolini chimdilab, o‘ng qoshi
bilan qavs yasab, noxush ohang bilan dedi:
— So'zida subuti yo‘q. Bukun degani tonglaga
to ‘g‘ri kelmaydi. Kasali ham yolg‘on...
— Qanday? Rangi sirqigan-ku.
— Makkai sano1 ichgan, — ishonch bilan qo‘llari-
ni silkib dedi Hasan Sayyoh. — Kun qoraygandan
tong otguncha shunday xurrak tortadiki, bir farsahdan
eshitasiz. T o‘g‘risini aytsam, kunduz o‘zini kasallikka
solishiga aslo tushunolay qoldim. Olamda eng qiyin
muammo — uning o‘zi.
Navoiy, allanechuk gumonsiraganday, «Taom
tayyorlaganda, Shayx Bahlul bormidi?» deb so‘radi.
Hasan Sayyoh hanuz uning qaytmaganini aytdi.
Ovqatni o ‘zi tayyorlaganini so‘zlab, Navoiyning ishon-
qiramagani uning izzat nafsiga tegib, qisildi. Lekin
ovqat suzilarkan, Abdusamad oshxonada g‘ivillab yur-
ganini shu onda esladi-da, yuragi birdan o‘ynab ketdi.
' Surgi dori.
350
U: «Taqsir, ta’mini ham totmang!» deb, kosani ko‘tar-
dida, chiqib ketdi. Navoiy uning bu qadar hovliqqani-
ga taajjublandi. Hirotdagi do‘stlari unga yozgan xat-
larida, tunlari eng sodiq navkarlar bilan birga yurish-
ni, taomlardan ehtiyot bo‘lishni uqtirgan edilar. Lekin
hozir o ‘zini ortiqcha ehtiyotkor sezib, g‘alati bo'lib
qoldi: «Bunday qilib, kishilaming ko‘nglini og‘ritmoq
yaxshi emas. Axir, ko‘ngil shishasi kabi nozik narsa
yo‘q-ku!» — o ‘yladi u ham pushaymon qildi. Sedanali
nondan bir burda yedi. Shu orada qaltirab Hasan
Sayyoh paydo bo‘ldi.
— Bir balo bor, taqsir, — guldirab dedi u. — Men
sho‘rboni eltib, oldiga qo‘ydim. «Mir janoblari ov-
qatlangan ekanlar, marhamat qil, birga ichaylik»,
dedim. Azbaroyi xudo, yuzi ko‘karib ketdi, tili ham
kesildi. Keyin, menga o‘qrayib, kosani hovliga ot-
moqchi edi, yo‘q, yo‘l qo‘ymadim. Sho‘rboni itning
oldiga to ‘kdim. Taqsir, bir balo bor, karomat qildin-
giz!
Navoiy ishongusi kelmasa ham hayajonlanib, shu-
ursiz holda o‘m idan turdi.
— Yana adashgan bo‘lmang, bem a’ni xayol
bo‘lmasin! — dedi qovog‘ini solib u.
— Yo‘q, karomat qildingiz. Bir balo bor...— ishon-
tirib aytdi Hasan Sayyoh. — Ha, badbaxt!
Ular eshikka tom on yurarkan, dahlizda Shayx
Bahlul bilan Haydar paydo bo‘ldi.
— Tinchlikmi? — qo‘rquv bilan so‘radi Shayx
Bahlul dam Navoiyga, dam Hasan Sayyohga tikilib.
Hasan Sayyoh guldirab voqeani aytib berdi.
Haydar ustki to ‘n ichidan beliga taqilgan xanjarini
sug‘urib, o‘zini hovliga otdi.
— Isbot qilinmagan da’vo! Muncha ayyohannos!—
Hasan Sayyohga o ‘qraydi Navoiy.— Yuguring, Hay-
dami tutib, qo‘lidan tig‘ni oling!
Shayx Bahlul va Hasan Sayyoh oldin-ketin yugu-
rishdi. Navoiy qaytib, o ‘z o‘miga o'tirdi. Tomirlarida
qon uyulgan kabi, og‘ir darmonsizlik sezardi. Ko‘z
uchi bilan «Zanjirband sher»ga qaradi.
351
Bir ozdan keyin halloslab Shayx Bahlul va Haydar
kirdi.
— Haqiqat ekan, Abdusamad qochibdi! — dedi
qurigan lablarini yalab Shayx Bahlul.
— Ko‘kka uchsin — panjamdan qutulmaydi! —
deb qichqirdi Haydar. — Orqasidan navkarlarni
yubordim. Zahami o ‘ziga ichiraman, unamasa, yana
og‘irroq jazo — terisini shildiraman!
— U mal’unga har qanday jazo oz! — ko‘zlariga
yosh to‘lib, halqumini alam bo‘g‘ganday gapirdi
Shayx Bahlul.
Navoiy oqargan peshonasidan sovuq terni artdi.
Hamisha ilhom, fikr, muhabbatning toza nuri bilan
yongan ko‘zlarida g‘azab lim to ‘lib, go‘yo yuzlariga
quyilib, burushiqlardan toshmoqda edi.
— Abdusamad kim? Ojiz, gumroh bir banda, aql-
dan mahrum bir olat! — boshini ko‘tarmasdan, iztirob
bilan dedi Navoiy. — Haqiqiy jallodlar, qotillar, eng
qabih jinoyatkorlar Hirotdadirlar. Ular oliy poyalami
ishg‘ol etganlar. G ‘addorlar bu besh kunlik hayotning
qadr-qiymatini bilmaydilar. Ular chamanlardan rang
va num i uchirgan kuz izg‘irinlariga o ‘xshaydilar.
D o‘stlarim, ular g‘oyat baxtsiz maxluqlardir. Hayotda
baxt o‘zgalaming quvonchini ko‘rmoq ekan, ular
umumning baxtini poymol qilib, saodatga erishmoq-
chi bo‘lurlar. Bilmaydilarki, asli badbaxtlik budir.
Hayhot, el-ulusning taqdiri shu zulm-sitam ahlining
qo‘lidadir. Men uchun bu holni ko‘rmoq har kuni
zahar yutmoqdan ming qatla og‘ir va mushkuldir!
Shayx Bahlul yig‘idan qizargan ko‘zlarini yerga
tikib, jim qotdi. Haydar alamiga chiday olmay, goh
o‘tirar, goh sachrab turar edi.
Tusi asliga kelmagan Hasan Sayyoh kirdi: «it holati
razmda... Tepsam ham qo‘zg‘olmaydi», dedi.
Navoiy samimiy achinish bilan boshini tebratib,
dedi:
— It behuda nobud bo‘ldi. Bekor qilgansiz. Bila-
sizmi, it g‘oyat vafodor maxluq!
Haydar notinchlanib, Abdusamadni qidirishga
352
ketdi. U kechqurun navkarlar bilan horib-charchab
qaytdi. Abdusamad izsiz yo‘qolgan! U ni maxsus
odamlar yashirgan, deb hukm qtLdi Navoiy.
Butun kecha qidirish davom etdi. Tongga yaqin bir
jarlikda uning qonga belangan boshsiz gavdasini topdi-
lar...
Dostları ilə paylaş: |