Asr oshgan asarlar



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   161
Navoiy romani. Oybek

O ‘ttizinchi bob
400


ko‘shklar bo‘m-bo‘sh... 
Unda-bunda 
tentiragan 
bog‘bonlardan — marhum qui Nurboboning avlodla- 
ridan o‘zga hech kim ko‘zga chalinmas edi. Katta 
ko‘shkning eshigiga borganda, mis ko‘zada suv tashi- 
yotgan o‘n sakkiz-yigirma yashar chiroyli uyatchan 
cho‘rini uchratdi. Unga yarim hazil-yarim jiddiy 
ko‘zini qisib, xo‘jani chaqirishga buyurdi.
Yozlik yengil, oqish shohi to ‘n kiygan Majididdin 
chiqib, ko‘shkning ikkinchi qatiga taklif etdi, 
darichalari orqali to ‘rt tomonning uzoq-yaqin manza- 
ralarini kaftdagidek yaqqol ko‘rsatadigan xonada 
o‘tirishdi.
Majididdin mansabdan tushgan kundan boshlab, 
go‘yo uning ichida butun gavdasini tutib turgan metin 
bir quwatning singanini sezgan; shuning uchun 
odamlar bilan uchrashganda, awalgidek mag‘rur, 
viqorli ko‘rinishga tirishsa ham, buning sun’iy sox- 
taligini yashira olmasdi. Ammo bugun u ancha tetik, 
chehrasi ochiq, ko‘zlari qandaydir umid bilan to‘la 
edi. U o‘z odamlari orqali hamma hodisadan xabardor 
bo‘lib turardi. Podshoh bilan beklar ham vazirlar 
orasidagi munosabatlar podshohning kimlarga iltifoti 
qanday ekani va hokazo, go‘yo o‘z ko‘zi bilan ko‘r- 
gandek, unga ravshan edi.
Majididdin katta par yostiqqa yonboshladi. Pod­
shohning og‘ir va mashaqqatli safardan ko‘zga 
ko‘rinarli biron ish ko‘rsatmasdan qaytayotganini, 
balki ikki-uch kundan keyin istiqboliga chiqishga 
to ‘g‘ri kelishini so‘zladi. Darveshalini Balxda qamoq- 
da qoldirilganligi podshohning ko‘ngli undan aslo 
uzilmaganligi uchun katta isbot ekanini tushunti- 
rarkan, sersoqol yuzlari umid bilan yonib ketdi. 
To‘g‘onbek safarga ishtirok etgan beklaming noshudli- 
gi, Hisoming qo‘rg‘onlari, garchi juda mustahkam 
bo‘lganda ham, uni bosib olib, Sulton Mahmudning 
ta’zirini berish mumkin ekanligi haqida gapirdi. 
Majididdin podshohning safardan quruq qaytganiga 
xursand edi. Chunki Sulton Mahmud shikast topib, 
podshoh zafar bilan mast bo‘lib, Nizomulmulkka
401


katta ishonch qo‘yishi, hatto Alisher va uning ukasiga 
o ‘z munosabatini o‘zgartishi mumkin, deb o‘ylar edi. 
Shuning uchun Hisor qo‘rg‘onini bosib olish masalasi- 
da To‘g‘onbekka qo‘shilmadi ham, e’tiroz qilmadi 
ham. U To‘g‘onbekdan Xadichabegim bilan Nizo- 
mulmulkning orasida do‘stlik va ishonch barpo 
bo‘lyaptimi, deb so‘radi. To‘g‘onbek nimanidar xotir- 
lamoqchi bo‘lganday, kichik, o‘tkir ko‘zlarini qisib 
turdi-da, keyin bu xususda hech narsa bilmaganini, 
ammo Nizomulmulkning o‘g‘illari Muzaffar Mirzo 
bilan aloqani mahkamlashga urinayotganlarini gapirdi.
— Jonim, bu nima degan so‘z? — qaddini birdan 
ko‘tardi Majididdin, — podshohning suyukli o‘g‘li 
bilan do‘st tutinmoqning m a’nosini tushunmaysizmi?
— Bunday gaplaming m a’nosini ichib yuborgan- 
miz-ku, — kuldi To‘g‘onbek.
— Xo‘sh, qanday chora ko‘rmoqdasiz, bek?
— Chaqirtikanak bo‘lib, ulaming orasini ayirishga 
urinmoqdamen.
To‘g‘onbek bu javobi bilan sobiq vazirning ko‘ngli 
tinchiganini bildi-da, xayrlashib jo ‘nadi.
Uchinchi kun Majididdin Hirotda bo‘lgan shahzo- 
dalar, beklar, baland martabali mansabdorlar ham 
o‘zga e’tiborli kishilar bilan, odat va an’ana bo‘yicha, 
podshohni kutib olish uchun shahardan chiqdi. Bu 
yaltiroq olomon otda ikki qo'nimlik masofani bosib, 
kechga yaqin xushhavo bir manzilga tushdi. Katta 
qozonlarda har xil taomlar pishirilib, kechani shu 
yerda o‘tkazildi. Ertalab hammaning ko‘zi yo‘lda edi. 
Uzoqdan chang ko‘tarildi, ko‘pirgan otlarda yasovul- 
lar yetib kelib, xoqonning kelayotganidan darak 
berishdi. Odamlar shoshib, kiyim-boshlarini tuzatib, 
otlarga mindilar. Bir ozdan keyin yana yangi yaso- 
vullar va maxsus mulozimlar yetib kelib, podshohning 
yaqinlashganini bildirishdi. Lekin yo‘lga tikilaverib, 
ko‘zlar charchadi, sabr-bardosh bitdi — podshohdan 
darak yo‘q edi. Nihoyat, uzoqda zangori ufqlarga 
tutashgan, to ‘lqinlanib cho‘zilgan tepalaming ostida, 
chang g‘ira-shira ko‘zga tashlandi. Otliqlaming beli
402


qotdi. Otlar zerikkanday, boshlarini bir-birlariga urib, 
tishlamchilik qilib, ba’zi urishqoqlari tepishib turardi- 
lar. Chang borgan sari yorqin havoni ko‘proq 
bulg‘adi. Tikilgan ko‘zlarga otlaming, odamlaming 
shakllari borgan sari ravshan ko‘rina boshladi. 
Kutuvchilami hayajon bosdi. Beklar va xos yigitlar 
bilan qurshalub, tantana bilan kelayotgan podshoh bu 
yerga yaqinlashgach, otini sekinlatib, qirq-ellik qadam 
narida to'xtadi. Oldin shahzodalar borib, yukunib, 
ayri-ayri ko‘rishdilar va podshohning uzatilgan qo‘lini 
kamoli ehtirom bilan o‘pdilar. Qo‘l, odatda, hamma- 
ga uzatilavermasdi. Istiqbolga chiqqan yuzlarcha 
davlat arboblaridan faqat bir nechasigina bu inoyatga 
loyiq bo‘lardi. Bu — mansabdorlarga podshohning 
ayrim iltifotining belgisi edi. Majididdinni qaltiroq 
bosdi. Lablari burishib ketdi. Bir necha sarkardalar va 
podshoh xonadoniga mansub ulug‘lardan keyin 
Majididdin borib bukildi. Lekin uning jovdiragan 
ko‘zlari podshoh qo‘lini ko‘rmadi. U go‘yo boshidan 
chaqm oq urib, butun vujudini kul qilganday, 
«Muqaddas jamollarini...», deb bir nima g‘uldiradi-da, 
kalavlanib borib, otiga bazo‘r minib oldi, — bir mahal 
qarasa, Husayn Boyqaro o‘tib ketibdi. Orqadan boruv- 
chilar orasida charchoq, g‘amli, xomush Alisher 
Navoiyni, boshqa do‘stlari va dushmanlarini ko‘rdi. 
Hammasi bilan gangragan holda, shuursiz ravishda 
ko‘rishdi. Paydarpay kelayotgan otliqlar orasida, 
chang-to‘zon ichida qolib ketdi.
Oqshom u charchab-horib, uyga qaytdi. Xonalar- 
dan biriga qamaldi. Shu qamalgancha bir necha kun 
uydan chiqmadi. Nihoyat, podshohning huzuriga 
kirib, uning diqqatini jalb etishga qaror qildi. Yasanib- 
tusanib saroyga bordi. Boboali eshik og‘ani va bir ko‘p 
beklar, a ’yonlami uchratdi. Qabul qilinish uchun 
ijozat olib berishni ba’zilaridan yumshoqqina so‘radi. 
Ulaming hammasi sobiq vazirning kayfiyatidagi paris- 
honlikni, ojizlikni sezib, go‘yo rahmlari kelganday, 
rozilik bildirishdi. Majididdin devondan uzoqlashmay, 
asta aylanib yurdi. Bog‘i Jahon oro awalgiday go‘zal,
403


tantanali bir ruh bilan yashardi. Sobiq vazir
Sultonning noibi, bu yerlarda awallar qanday iftixor, 
qanday shavkat bilan yurardi! Bu yerda uncha-muncha 
beklarni ko‘z uchiga ilmasdi! Oradan ancha vaqt o‘tdi. 
Yuragi hovliqdi, nihoyat, Boboali eshik og‘a kelib, 
maattaassif, orzu muyassar bo‘lmaganini so'zlarkan, 
Majididdin, garchi o ‘zini tutishga urinsa ham, lekin 
allanechuk qizarib-bo‘zarib ketdi. Yana, buning ustiga, 
Bobalining ko‘zlaridagi nozik kinoya uning izzat-naf- 
siga xanjardek qadaldi. U saroydan chiqib, to ‘ppa- 
to ‘g‘ri To‘g‘onbeknikiga bordi. Serhasham xonalar 
bilan o ‘ralgan, gulzorlar bilan yashnagan katta qo‘rada 
hayot qaynoq edi. Yaxshi kiyingan mulozimlar, 
kamarlari, xanjarlari, qilichlari ziynatli yigitlar to‘da- 
to ‘da kirib-chiqib turardilar.
To‘g‘onbek uni, qadimgiday, katta ixlos bilan 
qarshi oldi. Asil buyumlar bilan bezalgan katta, naqsh- 
li xonaga olib kirdi. Majididdin, podshohning 
marhamatsizligidan shikoyat qildi. To‘g‘onbek pod­
shohning ko‘ngli Majididdindan qolganligini ishonch- 
li odamlardan eshitgan va sababini ham surishtirib 
bilgan edi. Shuning uchun sokin tingladi va oxirida 
Nizomulmulkni tilga olib bo‘lmaydigan so‘zlar bilan 
haqorat qildi.
Majididdin uh tortib: «Uni o‘z qo‘lim bilan os- 
monga ko‘tardim. Endi tagimga yetadiganga o‘xshay- 
di», dedi ham podshohning huzuriga kirishi uchun 
Burunduq barlos va uning o ‘g‘li Shujoiddin Muham- 
madni vositachi qilmoqqa qaror berganini bayon qildi. 
Bu narsa To‘g‘onbekka ham ma’qul tushdi.
— Ular biron nima tama qilsalar kerak? — dedi 
To‘g‘onbek.
— Albatta. Besh-o‘n ming dinor va’da qilursiz.
— Kim? Men boramenmi? — so‘radi To‘g‘onbek.
— 0 ‘zim borsam, boshqalarda gumon tug‘ilar, — 
dedi Majididdin. — Sizning ota-bola bilan muno- 
sabatingiz yaxshi. Ham sizdan boshqaga e’timodim 
qolmadi. Behisob do‘stlarimni endi barmoq bilan 
sanash mumkin. Ular ham qo‘rqadilar.
404


To‘g‘onbek qabul qildi. Bu oqshom Shujoiddin 
Muhammad barlos bilan, erta-indin uning otasi 
Burunduq barlos bilan xoli yerda uchrashmoqqa 
harakat qilishini bildirdi.
Majididdin kunlarni dard bilan, sabrsizlik bilan 
kechirdi. Bir oydan keyin barloslardan xushxabar 
keldi. Qabul tayin etilgan kun Majididdin saroyga 
borib, osonlik bilan podshoh huzuriga kirdi. Taxtda 
cho‘kibroq o ‘tirgan Husayn Boyqaro, awalgidek lutf- 
iltifot bilan bo‘lmasa-da, har holda, ochiq yuz bilan 
qarshiladi. Majididdin bor quwayi nutqini ishlatib, 
unga bo‘lgan o‘z sadoqati, muhabbati haqida gapirdi; 
mansab, vazifa to ‘g‘risida og‘iz ochmadi. Lekin uning 
ostonasida it bo'lish bilan faxrlanishini bir necha 
marta aytib o‘tdi. Keyin podshohga yigirma ming 
dinor sovg‘a qildi-da, ijozat so‘rpab, tashqari chiq- 
di. Ko‘ziga olam endi yop-yorug‘ ko‘rindi. Bu baxt- 
li kunning sharafiga bayram yasash uchun uyiga 
yugurdi.
Butun mamlakatda ishlaming ipi Nizomulmulk 
qo‘lida edi. Bu — uning butun umrining g‘oyasi edi. 
Hatto podshoh o‘z yaqinlariga uni davlatimizning eng 
katta bebaho gavhari, deb maqtaganini bir necha bor 
eshitgan edi. Bu mavqeni to o‘lguncha, har qanday 
yo‘llar bilan saqlashga qaror bergan edi. Eng ko‘p 
xavfni Majididdindan kutardi. Majididdinning qabul 
etilganini eshitgach, devondan chiqib, ma’ruza qil- 
moq bahonasi bilan Husayn Boyqaroga kirdi... Pod­
shoh darrov M ajididdindan so‘z ochdi. Uning 
sovg‘asini aytdi. Nizomulmulk yuzini burishtirib:
— Yigirma ming dinor? Bu qanday xasislik! 0 ‘n 
qatla ortiq berganda ham davlati sufrasiga sichqon 
kemirgancha nuqson yetmas edi! — dedi.
— Mubolag‘a qilmaysizmi? — so‘radi Husayn 
Boyqaro taajjub bilan.
— Aslo!— javob berdi Nizomulmulk.— Men uning 
davlatini daftarga yozib-chizib qo‘ygandek bilamen.
— Qayerdan olgan? — birdan qiziqdi podshoh...
— Agar mubolag'ada ayblanmayin, desam, — dedi
405


Nizomulmulk, — eldan kelgan mablag‘ning nisfi siz- 
ning xazinangizga, nisfi uning xazinasiga tushgan!
Husayn Boyqaro, ishonqiramaganday, o‘ylab qol- 
di. Keyin Burunduq barlosning iltimosi bilan qabul 
qilganini, xiyonatlarini tahqiq qilish kerakligini so‘z- 
ladi. Nizomulmulk Majididdin bahonasi bilan Burun­
duq barlosga ham xarsang tosh otmoqchi bo‘ldi.
— Xoqon hazratlarini yana bir mudhish xiyonat- 
dan ogohlantirmoqni farz, deb bilamen, — dedi pod- 
shohga to mon og‘ir gavdasini burib Nizomulmulk. — 
Qunduz safarida yurganingizda, Burunduq barlos va 
o‘g‘li Shujoiddin Muhammad ba’zi kimsalarga degan- 
larki, agar podshoh mag‘lubiyatga uchrasa, u vaqtda 
shahzodalardan Uvays Mirzoni taxtga mindirurmiz, 
sadoqat bilan unga xizmat qilurmiz.
Husayn Boyqaro ilon chaqqanday to ‘lg‘andi, g‘a- 
zablanib, o ‘midan turib ketdi va titrab qichqirdi:
— Nonko‘r ota-o‘g‘ilni, ham Majididdinni ushbu 
soatda hibs qilmoq kerak. Chaqiring kishilami!
Nizomulmulk tashqarida bir necha kishini — 
qamash, so‘roqlash, gunohkorlarning uylarini talon- 
toroj qildirish ishida tajribali mulozimlarni bir zumda 
boshlab kirdi. Husayn Boyqaroning o ‘zi farmon berdi. 
Bular yaxshi sur’at bilan chiqib ketgach, Amir Ali 
«atka« deganni chaqirdi. Bu zolim tabiatli, dag'al 
odam edi. Unga bir necha ko‘makchilar bilan Ma- 
jididdinning mol-mulkini olib kelishga buyurdi 
Husayn Boyqaro.
IkJci kundan keyin Nizom ulm ulk podshohni 
saroydagi omborxonalarga bir nafas ko‘z tashlashga 
taklif qilib, birga olib keldi. Bir necha juda katta 
omborxonalar yerdan shipgacha mol bilan to ‘lgan edi. 
Husayn Boyqaro faqat sandiq-sandiq quyma oltin- 
kumushlami, qimmat baho toshlami, la’l, yoqut, 
gavhar, durlamigina tomosha qilib, hayratdan boshini 
chayqab qoldi. Tepa-tepa uyulgan Hind, Xitoy, Misr 
mollariga, gilamlarga, ipakliklarga, turli-tuman nodir 
buyumlarga qaramadi ham.
— Qiynasak, yashirgan matolar ham qo‘lga kirar
406


edi! — dedi Nizomulmulk Sultonning qulog‘iga va 
ayyorcha kulib qo‘ydi.
Amir Ali «atka» bu ivir-shiviming m a’nosini, go‘yo 
savqi tabiiysi1 bilan eshitganday, tasdiqladi: «Albatta, 
qiynamoq kerak!» Husayn Boyqaro taraddudlanib, 
dedi: «Qiynangiz, lekin zinhor joniga shikast yet- 
masin!» Nizomulmulkning ko‘zlari, norozilanganday, 
allanechuk suzilib ketdi.
Bir oylardan keyin Bog‘i Jahon oroning devon- 
xonasida so‘roq boshlandi. Bu yerda juda ko‘p beklar, 
arkoni davlat, saroy mulozimlari hozir edi. Burunduq 
barlos bilan uning o‘g‘lining ayblari isbot etilma- 
ganidan qamoqdan bo‘shatilgardari uchun aybdor 
yolg‘iz Majididdin edi — uni zindondan zanjirband 
holda olib kelishdi. U qiynoqdan, qayg‘udan, shar- 
mandalikdan xarob va ozgan edi; soch-soqollarining 
oqi ham ko‘paygan edi. Lekin majolsiz bo‘lsa ham, 
savollarga tetik javob berishga tirishdi. Savollardan 
keyin, ko‘proq Nizomulmulkning ishorasi bilan, 
kotiblar va uning qo‘l ostida bir vaqtlar ishlagan 
mayda amaldorlar birin-ketin chiqib, uni qoralay 
boshladilar. Ulaming nutqida, haqiqat bilan baravar 
mubolag‘a poyma-poy ayblashlar ham sezilib turardi. 
Nihoyat, Majididdin butunlay ilojsiz, yordamchisiz, 
hamma ayblami bo‘yniga olishga majbur bo‘ldi. 
So‘roq tugadi.
Majididdin endi hama qilib qamoqdan qutulishga 
tirishdi. U To‘g‘onbek orqali bosh vazirga murojaat 
etdi. Nizomulmulk, agar u yana mablag‘ to‘lasa, 
qutqarishi mumkinligini bildirgach, Majididdin chor- 
nochor qabul qildi. Qolgan yuq-yundini, yerlarini 
sotib to ‘lab, gadodek qup-quruq bo‘ldi. Lekin buncha 
falokatlardan keyin yurtda yashashga tobi qolmadi. 
Nizomulmulkning kutilmagan vaqtda yangi zarba 
berishini ham o ‘ylab, cho‘chir edi.
Bir kecha oilasi bilan yashaydigan xarob bir hovli- 
da To‘g‘onbekni qabul qildi. Miltillagan shamning
1 Ichki sezgi. sh u u rsiz ravishda anglay bilish.
407


yorug‘ida uzoq gapirishdi. Hayot yo‘lini, qilgan ish- 
larini yodladi. Nihoyat, chuqur afsus va qayg‘u bilan 
dedi: «Umrimdagi eng katta xato — Alisher Navoiyga 
dushmanligim bo‘ldi. Men yigirma yildan ortiq Ali- 
sherga qarshi harakat qildim — ne ishlar qilganim 
sizga m a’lum — Alisher yuragi toza odam edi».
— To‘g‘ri,— dedi To‘g‘onbek boshini quyi solib.— 
Alisher Navoiy tulkilikni bilmaydi. Yuragi obdon sof 
odam.
— Balli! — dedi Majididdin xo‘rsinib. — Uning 
qahri ham, rahmi ham samimiy. Har vaqt samimiy. 
Ne qilaylikki, vaqt o‘tdi, xatoni tuzatib bo‘lmaydi.
To‘g‘onbek uning ko‘nglini yupantirishga tirishdi. 
Og‘ir tegmasin degan andisha bilan, mablag‘, mol- 
dunyo jihatdan yordamga tayyorligini juda pardali ra- 
vishda so‘zlab o‘tdi. Keyin, gap ko‘p bo‘lsa ham, vaqt 
kech bo‘lgani uchun, uzr etib, o ‘midan turdi. Ma­
jididdin ham o ‘rnidan turib, To‘g‘onbekni quchoqla- 
di: «Xayr, do‘stim, birodarim, qayta ko‘rishmoq nasib 
bo‘ladimi-yo‘qmi, aytmoq qiyin». To‘g‘onbek sarosi- 
mali ko‘zlarini tikdi.
— Hajga ketamen. Tong otishi bilan jo ‘naymen. 
Safar anjomi muhayyo; ba’zan oilamning ahvolidan 
xabar olib tursangiz, har ikki dunyoda sizdan minnat- 
dor bo‘lurmen, do‘stim, inim, qadrdonim! — dedi 
yig‘lamsiragan ovoz bilan Majididdin.
— Muqarrarmi? — so‘radi To‘g‘onbek hayajon- 
lanib.
— Muqarrar! — javob berai Majididdin xo‘rsinib.
To‘g‘onbek qaytadan quchoqlashdi: «Esonlik bilan
qaytingiz!» deb qorong‘ilikda g‘oyib bo‘ldi.

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin