Asr oshgan asarlar


Xotiriga bir vaqt yozgan g ‘aza li tushdi



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Xotiriga bir vaqt yozgan g ‘aza li tushdi:
Nechun may bila bo ‘Imasun ulfatim,
Kim jon qasdi aylar g ‘ami mehnatim.
N azar ayla bu korgah vasfiga,
Ki ortar tamoshosida hayratim.
Quyosh yo ‘qki bir zarra mohiyatin
Topa olmadi sa ’y ila fikratim .
Ne kelmak ayon bo ‘ldi, ne ketmagim,
Ne umid yaqin bo ‘ldi, ne ruj ’atim,
Ne kasbi ulum etti hal mushkulim.
Ne utti ilk taqvoyu toatim.
Topay deb xabar ushbu maqsuddin,
411


Tutashti base qavm ila suhbatim.
Ne qilur bu dardim ilojin hakim,
Ne shayx ayladi d a f’ bu illatim.
Ne qilmoqqa p ir amridan hosilim,
Ne kechmakka bu fîkrdan hayratim,
Mening boshima bas qaîtiq tushdi ish,
Chu îoq o ‘ldi bu dard ila toqatim.
Xarobot aro kirdim oshifîahol,
May istarga ilgimda singan safol.
Ilhomning shavqi bilan aytilgan bu fikrlar shoir- 
ning hozirgi kayfiyatiga ko‘proq mos keldi: asrlar sajda 
qilgan haqiqatlarga qaraganda, bu ma’noliroq kabi 
ko‘rinadi: «Garchi shak falsafaning onasi va haqiqatga 
yo‘llovchi bo‘lsa ham, uni fikr doimiy maskan qilol- 
mas», dedi ichida.
Kirishga ijozat tilagan Shayx Bahlulning tovushi 
bilan u og‘ir solingan boshini ko‘tardi. Qadrdon 
mulozim har vaqtdagi odobli vaziyat bilan uning yoni- 
ga ayri-ayri va turli shaklda buklangan bir necha 
qog‘ozni qo‘yib chiqib ketdi. Navoiy shamdonni 
o ‘ziga tomon yaqin surib, qog‘ozlami ocha boshladi. 
Buxoro va Samarqanddan kelgan ikki tolibi ilmning 
yordam so‘rab yozgan arizalari, yana bir shoiming 
beva va yetimlari o‘z ahvollarining og‘irligini tavsifla- 
gan bir nomadan o‘zgasi dehqonlaming, kosiblarning 
zakotchilardan, tuman va qishloq amaldorlari ustidan 
qilgan shikoyatlari edi. Yana bir shikoyatda Navoiyga 
tanish binokor usta o‘z oilasining nomusini bulg‘a- 
moqchi bo‘lgan shahzoda Abulmuhsin Mirzodan dod- 
lagan. Navoiy bu shikoyatni qaytadan o‘qib, nafrat 
bilan boshini silkidi: «Ilohim, odam qiyofatidagi bu 
hayvon ish boshiga o‘tmasin-da! deb, bu qog‘ozni alo- 
hida juzdonga solib qo‘ydi. Keyin hamma shikoyat va 
ariza egalarining talablarini qanday qilib va nima bilan 
qondirish to ‘g‘risida o‘ylab, har qaysini fikrda hal etib
taskin topdi.
Xufton namozini ado etib, ishga o ‘tirarkan, hovli- 
da shovqin ko‘tarildi. Bir nafasdan keyin, yo‘l kiyimi- 
da Darveshali kirib keldi. Aka-uka samimiy ko‘ri-
412


shishdi. Darveshali Balxdagilar to ‘sindan buyruq olib, 
uni qamoqdan bo‘shatganlarini so‘ylab, «Oxiri baxayr 
bo‘lsin, bilmadim, bu marhamat samimiymi yoinki 
taqdim etilgan gul orasida zahar bormi?» dedi. Navoiy 
ham, bilmayman, degandek qoshini chimirib qo‘ydi. 
Darveshali qulog‘iga qisman chatilgan voqealaming 
tafsilotini bilishga qiziqsindi. Navoiy Majididdin 
masalasi nima bilan bitganini so‘zlarkan, tovushida 
goh g‘azab, goh kinoyali kulgi, goh esa insonning 
zaifliklariga donishmandona achinish sezilar edi. 
Darveshali faqat xursand boldi.
— Majididdin razolatining fosh etilishi, — dedi 
Navoiy, — shubhasiz, katta ish bo‘ldi. Lekin uning 
ildizlari hali qirqilgan emas. Uning haromnamaklari 
hali ko‘p mahkamalarda in qurganlar. To‘g‘ri, ular 
bugun Majididdinni dajjol, shaytoni lain edi, deb 
ayyuhannos soladilar. Ammo ajdaho nafslari el molini 
hali ham sovurmoqdalar. Yangi vazir bulami, bamisoli 
qarmoqday, xalqning bo‘g‘ziga tashlamoqqa harakat 
qilur.
— Nizomulmulk! — hayrat bilan ko‘zini olaytirdi 
Darveshali.
Navoiy kuldi, keyin jiddiy gapirdi:
— Siz g‘oyat soddasiz. Yolg‘iz zohirga qarab hukm 
qilasiz. Zolimlar borki, farishta to ‘nini kiyadilar. 
Shayxlar borki, bang xayolotini elga karomat, deb 
sotadilar. Johillar borki, kitob qo‘ltiqlab olimlik da’vo 
qiladilar. Mamlakat boshida tili bilan dili bir bo‘lgan, 
yolg‘iz xalq manfaatini o‘ylagan, oliy ruhli, pok vij- 
donli insonlar turmas ekan, hayot sabzasi tobora 
so‘lur.
— Davlatni isloh qilish haqida yozilmish muloha- 
zalaringizga podshoh hech iltifot etmadimi?
— Bu mamlakatda isloh so‘zini og‘izga olganlar- 
ni, — javob berdi Navoiy g‘azablanib, — eng muzir 
osiy kabi dor bilan mukofotlaydilar.
Darveshali jim qoldi. Xo‘mrayib yerga qaragan 
Alisherga ko‘z uchini tashlab, unda iztirob sezdi. 
Chiqib ketmoq yoki boshqa mavzu qidirmoq bo‘lib
413


turarkan, Valibek kirdi. Darveshalining kelganini 
eshitib, ko‘rgali oshiqqanini so‘zladi. Navoiy ham uni, 
hamma vaqtdagi kabi, yaxshi qarshiladi. Turli mavzu- 
larda gangir-gungur suhbat boshlandi.
Keyin, orada bir nafas sukunat hukm surgach, 
Valibek aytishga fursat kutib turgan gapini boshlab 
yubordi. Yashirin xabarlarga va ba’zi alomatlarga qara- 
ganda, Badiuzzamon Astrobodda isyon ko‘tarish fikr- 
lari bilan ovora bo‘layotganini, u Qandahor hokimi 
Zulnun Arg‘unbek bilan aloqada bo‘lgani va hokazo 
haqida gapirdi. Navoiy uni berilib tingladi-da, tizza- 
siga urib qo‘ydi, betoqatlanganday, butun gavdasini 
tebratdi.
— Voqea haqiqatga yaqin, — dedi u kuyinib. — 
Badiuzzamondagina emas, hamma shahzodalarning 
ko‘kraklarida bunday qora niyat bor. Xo‘sh, ne uchun 
Zulnun Arg‘unbekdek oq ko‘ngilli, mardona bir bek 
bu fitnaga sherik bo‘lmoqchi? Hirotda unga hasad 
qilg‘uvchilar bor. Arg‘unbek Qandahor viloyatida 
yomon ishlar qilmadi. Navkarlariga yaxshi qaradi, 
ulaming sonini borgan sari oshirdi. Buzuv-yig‘uvdan 
o ‘zga ishga behunar bir guruh uni podshohga yomon- 
ladi. Arg‘unbek o‘zi uchun bir himoyachi qidirdi. 
Badiuzzamon bu fursatni g‘animat bildi, xolos.
— Taqsir, voqeadan xabaringiz bormidi? — taaj- 
jublanib so‘radi Valibek.
— Yo‘q, — javob berdi Navoiy.
— Sabablarini to ‘g‘ri aytdingiz-ku.
— So‘zingizning mazmunidan yolg‘iz shu natijaga 
kelish mumkin edi, — javob berdi Navoiy va davom 
etdi. — Lekin, biz hech vaqt bunday fitnalarga yo‘l 
qo‘ymasligimiz kerak. Behuda qon to‘kmak, yurtni 
parchalamoqdan azim gunoh yo‘q! Qalbaki do‘stlik, 
qardoshlik kuli ostida dushmanlik olovlari yong‘inga 
aylanur. Yeng uchidagi zaharli xanjarlar kinli, g‘azabli 
qo‘llarda birdan yarqirar. Koshki buning badaliga 
biron shahzodadan yurt, el uchun xayrli ishni umid 
qila bilsak... Yo‘q!
— Albatta! — dedi metin gavdasini egib, o‘ylanib
414


Valibek. — Xonadonning barcha a ’zosi it bilan 
mushukka aylanur. Qo‘shin bir-biriga yov guruhlarga 
ayrilur. Biz, beklar, bir-birimizga maydon ochurmiz!
— Temur avlodida bu kasal aslo yo‘qolmaydi-da. 
Oxiri baxayr b o ‘lsin! — dedi o ‘zicha Darveshali.
Dasturxon yozilib, bir lagan yaxna et, bir lagan 
quymoq keltirildi. Ishtahasizlik bilan bir oz totinishdi. 
Valibek va Darveshali xushlashib chiqib ketgach, 
Navoiy darrov qalam va qog‘oz oldi-da, Badiuz- 
zamonga xat yozishga kirishdi. G ‘azabli kayfiyatda 
aytilgan ba’zi jumlalar benihoya achchiq, dilni om- 
burday uzib oluvchi edi. Xatni o‘qib chiqarkan, ular 
ustida o‘ylanib qoldi. Lekin biron nuqtasini o ‘zgar- 
tirishni istamadi. Yuragidagi dud tarqalganday, ancha 
yengillanib, uxlamoq uchun yotdi.
Ertasi nonushtadan so‘ng Navoiy ishonchli chopar- 
lardan birini chorlab, xatni berdi. Astrobodga jo ‘nab, 
shaxsan Badiuzzamonning qo‘liga topshirishni uqtirdi. 
Keyin to ‘g‘ri devonxonaga ketdi. Qalamlarining uchi- 
ni yalqovlik bilan ochib, ish boshlashga erinib, undan- 
bundan gap sotishgan munshilar Navoiy kirishi bilan 
bir onda jim bo‘lishdi. Bulaming orasida Shohrux 
Mirzoning oxirgi yillarida xizmatiga kirib, hozir 
munkillab qolgan chollar bilan, mo‘ylab tuki endigina 
bilingan yigitchalar bor edi. Navoiy munshilar xonasi- 
dan o‘tib, ichkarigi xonaga kirdi. Bu yerda yolg‘iz 
Nizomulmulkni uchratdi. Atlas ko‘rpachalar ustida 
tillado‘zi to‘n kiyib o‘tirgan bosh vazir o'rnidan turib 
ko‘rishib, nazokat bilan shoirni o‘ziga yaqin o ‘tqizdi. 
Qalbaki tabassum bilan: «Zoti oliylarining har nechuk 
xizmatlariga tayyormen», dedi u. Navoiy kissasidan 
bir hovuch ayri-ayri bukilgan qog‘ozlarni Nizomul- 
mulkning oldiga qo‘ydi.
— Shu mushkilotlami tez hal qilmoq kerak!
Nizomulmulk hamma qog‘ozlami bir-bir ochib,
o‘qib chiqdi.
— Bu kabi ishlarga janoblari aziz vaqtlarini sarf qil- 
masalar ham bo‘lar edi, — dedi Nizomulmulk quyuq 
qoshlari uchini biriktirib.
415


— Nechun? — so‘radi Navoiy vazirga tikilib.
— Agar xalqqa quloq solsangiz, shikoyatlarga botib 
ketasiz. Um m i egovlamasdan, o‘zaro bitishinglar, deb 
ketaverish ham mumkin,— javob berdi kulib Nizo- 
mulmulk va davom etdi: — Yana ular ne uchun zoti 
oliylariga murojaat qildilar? Buning uchun mahka- 
malar ham vazifadorlar bor axir.
Navoiy mahkamalardan, vazifadorlardan xalq o ‘z 
yaralari uchun zarra qadar shifo kutmaganini, zulm 
xanjari bo‘g‘ziga qadalganini so‘zladi. Bu shikoyat- 
lami tez tahqiqlashni talab qildi.
— Xalq amaldorlarga yomon ko‘z bilan qaray- 
di. Hamisha shunday bo lgan... — dedi Nizomul- 
mulk.
— Xalq xato qilmaydi, — dedi Navoiy. — Ilonga 
hech kirn o ‘z ko‘ksida joy bermas!
— Ustlariga ayb tushgan zotlar, — dedi Nizomul- 
mulk asabiylanib, — davlatning sodiq xizmatkorlari... 
Ulaming qadri qimmatini unutmoq yaxshi emas, 
albatta!
— Bu mamlakatda,— dedi Navoiy hayajon bilan,— 
zindonlar, jazolar, jarimalar, dorlar bor. Kim uchun? 
Adolatli davlatda bu narsalar yolg‘iz jabrkorlar uchun 
tadbiq etilur. Sadoqatli zolimlaming xizmatlari davlat 
ildiziga bolta urishdan boshqa narsa emas!
Bosh vazir titrab ketdi. Navoiyning avzoyiga razm 
soldi. Unda dahshatli kuch va iroda, yorilib hamma 
yoqni yiqquday bo‘lgan g‘azab nishonasini ko‘rdi. 
0 ‘rnidan ildam turdi. Qo‘l ostidagi m a’murlardan 
birini chaqirib, shikoyat va arizalami unga tutqazib, 
dedi: «Darhol qoziga borib, bu qog‘ozlarning maz- 
munini birlikda tahqiqlamoq kerak». M a’mur chiqar 
ekan, Navoiy qo‘l bilan ishora qilib, to ‘xtatdi:
— Natijalarini bizga qay vaqt ma’lum qilasiz?
Shoshib qolgan m a’mur, ta ’zim qilib, javob berdi:
«Zoti oliylarigami? Tahqiq-taftish bitgan kuniyoq 
o‘zim ogohlantirurmen...»
Navoiy tashqari chiqdi. Quyosh dam bulut orasiga 
kirib, dam keskin yaltirab chiqardi. Murabba shaklli
416


g‘ishtlar yotqizilgan yo‘ldan asta yurib, bosh qasrga 
bordi. Eshik og‘aga podshoh qoshiga kirmoq istagani- 
ni bildirdi. Ko‘p o ‘tmasdan ruxsat oldi. Husayn 
Boyqaro, bu maqrib us-sulton1 bilan nodir uchrasha 
boshlaganligidanmi yoki kayfi chog‘ligi uchunmi, 
ochiq yuz bilan qabul etdi. Bir muddat u-bu to ‘g‘risi- 
da gaplashishdi. Fisq-fujur, may yolg‘iz uning gavdasi- 
ga emas, balki butun m a’naviy siymosiga ham ta ’sir 
etgan edi — so‘zlarida qaror yo‘q: goh birdan asos va 
dalilsiz kimnidir maqtab ketar, go‘yo u odam kelsa-yu, 
o‘pa qolsa... Goh esa kimnidir, yana asossiz, yomon- 
lab ketardi. Lekin ko‘zlarida hali ham makr-hiylaning 
ifodasi kuchli edi. Navoiy fursat kelganda, qo‘ltig‘idan 
qog‘ozni chiqarib unga uzatdi. Husayn Boyqaro mast- 
lik bilan xira yiltiragan ko‘zlariga yaqin tutib o ‘qidi- 
da, tizzasiga qo‘ydi. Qayoqdagi bosh og‘rig‘i narsalar- 
ni topib yurasan, degan kabi salqigan yuzlarini 
qiyshaytirib, jim qoldi. Navoiy, javobni qistaganday
dadil boqib turaverdi. Nihoyat, Husayn Boyqaro 
qog‘ozni yana qo‘liga olib: «Qanday jazo yoki jari- 
mani ma’qul topursiz?» deb so‘radi-da, javobni kut- 
masdan, noqobil o ‘g‘illaridan shikoyat qilib ketdi. U 
gapirib bo‘lgach, Navoiy shoh xonadoni avlodi xusu- 
san axloq, adab bobida hammaga namuna bo‘lishi 
kerak ekan, buning tamom ziddini ko‘rib, afsuslan- 
ganini so‘zlab, keyin dedi: «Bu ishni faqat hazratla- 
rining vijdonlariga havola qilurmen. Davlatning qonun 
va qoidalari oldida shohu gado baravar tiz cho‘kishi 
kerakligi to‘g‘risida sizga benihoyat ko‘p d a f a so‘zla- 
gan edim, buni yana takrorlaymen». Husayn Boyqaro 
bu haqda Shayx ul-islom bilan kengashib, shariati 
Mustafoga muvofiq o ‘g‘lini jazolashga va’da bergach, 
Navoiy qulluq qilib, o ‘midan qo‘zg‘aldi.
Tunda qatqaloq bo‘lgan ko‘cha quyoshda erib, 
pilch-pilch loy b o ‘lgan edi. Shoir kafshini loy qil- 
maslik uchun chetdan ehtiyot bilan yurib ketdi. Ham- 
ma, katta-kichik salom berib, u o‘tib ketguncha adab
! S u ltonning yaqinlari. 
1 4 -4 7 3 3
417


bilan qimirlamay turishaverdi. U «Unsiya»ga kirmay, 
madrasa orqasidagi yordamchi binolardan biriga kirdi. 
Atrofi katta-kichik xonalar, ayvonlar bilan o‘ralgan 
katta hovlida o‘nlab xizmatkorlar ahillik bilan har 
kungi vazifalarini bajarmoqda edilar. Kimi yuzlarcha 
dasta-dasta tovoqlarni, laganlami yuvadi, kimi katta 
ko‘zalarda suv tashiydi. Kimi etagining banni bel- 
bog‘iga qistirib, qator qurilgan haybatli qozonlar osti- 
ga o ‘tin tashlab, tutundan yoshlangan ko‘zini uqalay- 
di. Katta kapggirlami, beso‘naqay yog‘och cho‘mich- 
lami qo‘llarida tutgan, mosh yegan xo‘rozday qip-qizil 
oshpazlar qozon boshida kuymalanmoqda edilar. Bu 
yerda Navoiy har kun kambag‘allar, yetim-esirlar, ti- 
lanchilar uchun osh berar edi. U har bir qozonning 
tepasiga kelib, bukun nima tayyorlanayotgani, qancha 
et, yog‘, qancha don va hokazo solingani to ‘g‘risida 
so‘zlashdi. Pazandalaming hunari haqida kimdir 
to ‘qigan, qay vaqtlar eshitgan bir necha qiziq baytni 
aytib, atrofdagilami kuldirdi. Keyin hazil-mutoyiba 
qildi. Mutoyibada oshpazlar ham, boshqa xizmatkor­
lar ham bo‘sh kelmadilar. Navoiy kulib-kulib: 
«Ko‘plashib ketdingiz. Bittadan cho‘qiganlaringda 
ham meni pora-pora qilib qo'yasizlar», dedi. Keluv- 
chilami aslo kuttirmasdan, ovqatni tartib bilan tor- 
tishni tayinlab, chiqib ketdi.
«Unsiya»ga kirib, o‘z xonasida bir muddat orom 
oldi. Keyin tasodifan kelib qolgan Mir Mirtoz bilan 
shatranj o‘ynadi. Mir Mirtoz bu o'yinda oldingilardan 
edi — o‘yinchi topilsa, har narsani, madrasadagi 
darslami ham unutib yuboradigan shatranjparast bu 
olim bilan Navoiy siyrak o ‘ynar edi. Juda ehtiyot bilan 
o ‘ynab, o‘yinni ikki marta durang qildi-da, shu 
obro‘ni saqlamoq uchun, garchi Mir Mirtoz qistasa 
ham, o‘yinni takrorlamadi. Peshin namozidan keyin 
birga ovqatlanib, xonaqohga chiqishdi.
Xonaqoh, har vaqtdagi kabi, ulug'vor, m a’nodor 
bir sokinlik bilan yashardi. Hamma yoqni top-toza 
qilib, bu yeming ko‘ngli nozik, doimiy mutolaa va 
yozuv bilan injiqlanib qolgan odamlarga kerakli
418


narsalarni muhayyo etib turuvchi xizmatkorlar oyoq 
uchida yurib, o‘z vazifalarini bajarmoqda edilar. 
Navoiy o‘z hamrohini Mirxondning xonasiga boshlab 
kirdi. Keksa hakimona beparvo rind tabiatli olim — 
zamonning eng ulug‘ tarixchisi — nozik va samimiy 
muomala bilan qarshi oldi. Uning o‘n ikki yashar 
nabirasi G ‘iyosiddin M uhammad1 o‘zini kattalardek 
tutib, adab bilan salom berdi. U Navoiyni o‘z 
bobosidek sevar edi. Bobosining atrofiga qalashgan 
kitoblarni nari-beri surib, tartibga soldi. Awalgi o‘tir- 
gan joyidan pastroqda tiz cho‘kib, donishmand chol- 
larning so‘zini tinglamoq uchun aqlli ko‘zlarini diqqat 
bilan ularga tikdi. Navoiy Mirxondning kayfini takal- 
lufsiz, do‘stona ravishda so‘ragandan keyin uning 
nabirasiga murojaat etdi — bu iste’dodli bola bilan 
so‘zlashishdan zavqlanardi.
Tarixdan yana qanday kitoblarni mutolaa qilganini 
so‘radi. Xondamir bir qancha jiddiy kitoblarni aytib 
berdi. Navoiy ham M ir Mirtoz ofarin o‘qishdi.
Xondamir har vaqt bobosi bilan birga o ‘tirardi. 
Atrofi olimlar bilan qurshalgan bobosining huzuriga 
kcluvchi har xil ilm, san’at ahlining suhbatlariga quloq 
solib, ilmlarga, xususan, tarixga katta maroq orttirgan 
edi. Bu sohada ko‘pgina jiddiy asarlarni o‘qib, hazm 
etgan edi. Bobosi, Navoiyning iltimosi bilan, bir ko‘p 
yillardan buyon bu xonada erta-kech yozish bilan 
mashg‘ul bo‘lgan katta tarixiy asarning — «Ravzat us- 
safo»ning hamma tugagan qismlarini bobma-bob bilar 
edi.
Qari Mirxond suyukli nabirasi bilan faxrlandi: 
«Alhamdulillo, menga ko‘makchi bo‘lib qoldi. Ba’- 
zan, yozganlarimni ko‘chiradi, ba’zan ko‘zim zaiflik 
qilib, badxat eski kitoblarni o ‘qimoqqa mushkulot 
cheksam, menga ravon o‘qib beradi. Men tarixga o‘z 
umrimni bag‘ishladim. Bu ilm mendan so‘ng yetim 
qolmas, deb o ‘ylaymen». Navoiy va Mir Mirtoz keksa 
olimning fikrini tasdiqladilar. Mir Mirtoz Xondamir-
1 X ondam ir.
419


ning riyoziy ilmlarda ham bir qadar m a’lumot kasb 
etishning zarurligini uqtirdi.
Navoiy «Ravzt us-safo»ning qanday ahvolda ekani- 
ni tarixchidan so‘radi. Mirxond o ‘ng tomonida, uy- 
ning mehrob shaklidagi taxmonida qalin kitoblar usti- 
ga taxlangan juz-juz qog‘ozlarni olib qo‘ydi: 
«To‘rtinchi jildini tamom qildik. Uyga eltib o‘qishla- 
rini ham fikr va mulohazalarini bayon qilishlarini orzu 
qilamen». Navoiy bilan Mir Mirtoz asta varaqlab, jild- 
ning boblarini qiziqish bilan ko‘zdan kechirdilar. 
Navoiy uyda o‘qib chiqmoq uchun juzdonga solib, 
yoniga olib qo‘ydi.
— Umr barq sur’ati bilan o ‘tmoqda, — dedi Mir­
xond qayg‘urib. — Qolgan jildlami bitirmoqni tangri 
nasib etarmikan?
— Bizga va’da etgan bu asami bitirmasdan qayga 
borasiz? Biz etagingizdan tortqilaymiz! — hazillashib 
kulib dedi Navoiy.
— Bugun ko'nglingizni andak g‘am bosibdi, — 
dedi odatdagi sho‘xligi bilan Mir Mirtoz. — Biror 
ayoqdan chog‘ir ichilsa, ko‘ngil, bahor osmoniday, 
yana ziyodor bo‘lur...
— To‘g‘ri, — dedi Navoiy, d a fi savdo uchun, 
yurakdagi dard-anduh toshini eritmoq uchun ozgina 
may ichish odatingizni tark etmangiz.
Mirxond rindlik shavq-zavqining ko‘ngilga bergan 
tozaligi haqida juda chiroyli, mazmunli va rangdor bir 
uslub va darveshona kamtarin ohang bilan so‘zlab 
ketdi. Navoiy tarixchining chuqur shoirona, sof, xush 
tabiatini sevardi. Ayniqsa, bu tabiat uning keksalik 
davrida m a’navy boylikning yorqin ranglari bilan 
kamolotga erishib, yana dilbar, yana m a’nodor, go'zal 
bo‘lgan edi. Asta-sekin Sultonmurod va bir necha olim 
va shoirlar kirishdi, suhbat gullab ketdi. Olimlar har 
nav fanga, san’atga oid yoza boshlagan asarlari haqida 
gapirdilar. Mavzularning muhim nuqtalari, turli 
muharrirlaming nazarlari bilan ba’zi chigal jihatlar va 
hokazo haqida Navoiy bilan maslahatlashdilar. Har 
kim o ‘z asarining Navoiyga maqbul bo‘lishini istar
420


edi. Sultonmurod hamma fanlaming eng muhim 
xulosalari to ‘g‘risida «Jomi ul-ulum»1 nomli kitob 
yozish orzusida bo‘lganini aytib, Navoiyni quvontirdi. 
Shoir zamon madaniyatining yorqin yulduzlari, fikr- 
ijodiyotning porloq buloqlari bo‘lgan bu odamlami 
yana oliy poyalarga tashviq etdi. 0 ‘z kutubxonasining 
eshiklari ular uchun hamisha ochiq ekanini yana 
takrorladi.
Soat beshni urdi. Muhammad Mirak Naqqosh 
yasagan soat Mirxondning xonasiga yaqin, maxsus 
joyga qo‘yilgan edi. Soat ko‘rinishda katta quti bo‘lib, 
uning ichidagi shakl qo‘llaridagi tayoqchasi bilan 
nog‘orani urib, vaqtni muntazam ko‘rsatib turardi. 
Suhbatning dilbarligidan hech kim uning baralla 
ovozini eshitmadi ham — hatto odatda soat har urgan 
sayin qiziqsinib qo‘yadigan yosh Xondamir ham uni 
tamom unutgan edi. Faqat darichadan ko‘rinib turgan 
va quyosh shu’lasida naqshlari yonib-chaqnagan 
minorada muazzin namozgarga birdan azon aytib 
yuborgach, odamlar shoshib-pishib qo‘zg‘alishdi...

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin